Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
“...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning)
zimmasidadir...” (Baqara surasi, 233-oyat). Dori ham rizq atamasining ichiga
kirmoqda. Zero, dori ham yegulik kabi vujudni muhofaza qiluvchidir.
2 – Kiyim: kiyim – nafaqaning eng muhim moddasidir.
Bu xususda Alloh marhamat
qiladi:
“......Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning)
zimmasidadir hech kimga toqatidan ortiq (ma’suliyat) yuklanmaydi...” (Baqara
surasi, 233-oyat).
Bu yerda kiyim o‘lchovi keltirilmagan (yaxshilik bilan deyilmoqda). Bu zaminu zamonga
qarab o‘zgaradi. Rasululloh (s.a.v.) buyurmoqdalar: “Kiyinganingizdek kiydiring...”. Bu
bichim
jihatidan emas, sifat va nav jihatiga ishoratdir. Imkoni keng bo‘lgan va holiga
yarasha mato kiygan kishi oilasiga ham shunday sifatli gazlamadan kiydirmog‘i kerak.
Qur’on hukmiga ko‘ra, qozi ibn Abi Laylo ayol kiyimi sifatida yillik ikki ko‘ylak, ikki
ro‘mol, ba’zan chorshaf ta’yin etardilar.
Erning vaziyatiga qarab bu o‘zgarishi mumkin. Agar er faqir bo‘lsa, ayolga bir ko‘ylak,
bir pecha va bir chorshaf ta’yin etiladi. Agar boy bo‘lsa, bularning
sifatlisidan olinishi
so‘raladi. Bu yoz uchun, qish uchun ham erning
boy yoki faqirligiga qarab, bir qishlik
kiyim, ba’zan shalvor tayin etiladi. Ayol qish uchun ko‘rpa,
erning sharoitiga qarab,
yopinchiq va to‘shak so‘rasa bu ham berilishi kerak. Chunki, bular sog‘lik uchun
muhimdir.
3 – Maskan (boshpana): bu xususda Alloh taolo marhamat qiladi:
Dostları ilə paylaş: