Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Xotin eri qaerda bo‘lsa uning yonida bo‘lishligi xususida



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/82
tarix01.05.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#105667
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Xotin eri qaerda bo‘lsa uning yonida bo‘lishligi xususida 
Otalarimiz “ko‘zdan uzoq – ko‘ngildan uzoq”, “mehr ko‘zda” deganlar. Er-xotin bir joyda 
bo‘lishlari muhaqqaqki, ularni yanada mas’ud va baxtiyor qiladi. Bu mavzuda Alloh taolo 
shunday marhamat qiladi: “Ularga (ya’ni, taloq qilinib, idda saqlayotgan 
ayollaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan – qudratingiz yetgan joydan maskan 
beringlar va ularni (turgan joylaridan) siqib chiqarish uchun ularga ziyon 
yetkazmanglar...” (Taloq surasi, 6-oyat). 
Hatto mana shunday holatlarda ham bir joyda yashash muvofiq ko‘rilmoqda. Biz 
to‘xtalayotgan masalada esa er ayolini o‘zi bilan birga boshqa yerga boshqa mahallaga
boshqa bir shaharga olib ketishi masalasidir. Yuqorida ishorat qilganimizdek, er-
xotinning birga yashashi asosdir. Faqat vaqti bilan erining boshqa yerda ishi chiqib
rizqini u yerdan terishi mumkin. Bu holda ayol mutlaqo eriga tobe’ bo‘ladi. 
Faqihlar mana bu qaydlarni ham keltiradi: “Ayolni boshqa yerga olib borish uchun yo‘l 
emin bo‘lishi, ayol chiday olmaydigan darajada mashaqqatli bo‘lmasligi, dushman 
qo‘rquvidan holi bo‘lishi kerak. Agar shu kabi to‘siqlar bo‘lsa, ayol eri bilan ketmasligi 
mumkin”. 
Ayol eri ko‘rsatgan uyda yashashi uchun uy qulay, talabga javob beradigan bo‘lishi 
kerak, ya’ni muvofiq bo‘lishi lozim. Agar uy muvofiq bo‘lmasdan, turmushdan kutilgan 
haqlar zoe bo‘lsa, ayol u uyda o‘tirishga mas’ul emasdir. Chunki, bunday maskanlar 
shariatga muvofiq emas. Nomashru’ maskanlardir. Masalan, uydagi tartib (to‘g‘rirog‘i 
tartibsizlik) zavjiyat muammolarini o‘rinlatishga imkon bermaydigan darajada bo‘lsa, yo 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
ulardan bir zarar yetadigan bo‘lsa, yo narsalarini o‘g‘irlatib qo‘yish qo‘rquvi bo‘lsa, 
bunday hollarda ayolni yashashga majbur etish kerak emas. Bu kabi uylarda yashashga 
imkon bo‘lmasa, ayol u yerda turishdan qo‘rqsa va nihoyat, qo‘shnilar yaxshi bo‘lmasalar 
ham ayol bunday uyda o‘tirmoq bilan javobgar hisoblanmaydi va mas’ul tutilmaydi.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin