Xotira turlari va xususiyatlari



Yüklə 405,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix02.05.2023
ölçüsü405,48 Kb.
#105901
1   2   3
3.2-amaliy ish

Раздел 1.05 Google Chrome  
«Chrome» kesh ham hech qanday muammosiz o‘chiriladi. Birinchi 
Agar bilan belgilangan sozlash, borish kerak , kaliti keyin yorlig'ini 
«Ilg'or» ni tanlang va bosing «Delete Varaqlash ma'lumotlar.»
Bundan tashqari, brauzer kesh maxsus dasturlar-fayllar yordamida 
bilan ketkazilishi mumkin. Vaqtinchalik fayllarni Internet, Dastur 
ma'lumotlar va operatsion tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va qattiq 
diskdan ko‘proq joy ozod ro‘yxatga olish kitobi tozalovchi Bundan 
tashqari.
Kesh, shunday qilib, sifat jihatidan Kompyuter ish faoliyatini 
oshiradi, o‘zini tezlik protsessori huquqi ma'lumot kirish imkonini 
beruvchi yuqori tezlikda xotirasi hisoblanadi. kesh ham brauzerlar 
tomonidan ishlatiladigan va oddiy tozalash koida talab etiladi.
 
• 
Dastlabki kompyuterlarda xotira juda kichik va narxi baland 
bo‘lgan. 1950yillarning oxiridagi eng yaxshi kompyuter IBM-650 ning 
xotirasi 2000 ta so‘zga ega bo‘lgan. ALGOL ning 60 ta kompilyatori 
1024 so‘z xotirali kompyuterlar uchun ishlab chiilgan. U davr 
dasturchilari o‘z dasturini xotiraga joylashtirishni eng asosiy muammo 
deb bilganlar va bunga juda ko‘p vaqtlarini sarflaganlar. Ko‘pincha 
tezkor algoritmning o‘rniga sekinroq algoritmlarni ishlatishgan, chunki 
tezkor algoritm xotirada ko‘p joy egallagan.


• 
Bu muammoni hal qilishda asosan tashqi xotiralarga 
suyanilgan. Dasturchi dasturni overley deb nomlanuvchi bir necha 
qismlarga bo‘lib, xotiraga joylashtirgan. Dasturni to‘liq ishlatish uchun 
dastlab 1-overley ishlatilgan, u ishini yakunlagach, 2-overlay va h.k. 
dasturchi dasturni overleylarga bo‘lish masalasini va qaysi overley 
yordamchi xotiraning qaysi qismida joylashihsi masalasini hal qilgan, 
yana asosiy va tashqi xotira o‘rtasida overleylar almashinishini nazorat 
qilgan, umuman, bu jarayonni kompyuter ishtirokisiz o‘zi bajargan.
• 
Bunday texnologiya juda murakkab bo‘lishiga qaramasdan 
ancha vaqt davomida qo‘llab kelingan. 1961-yilda bir guruh olimlar 
(Manchester, Angliya) bu jarayonni avtomatik bajarilish uslubini taqdim 
etgan. Hozirgi kunda virtual xotira deb nomlanuvchi bu metod 1960-
yillarda ishlab chiqarilgan kompyuterlarda qo‘llanilgan. 1970-yillardan 
keyin esa barcha kompyuterlarda joriy qilingan.
Xotiraning sahifali tashkil qilinishi.
• 
Manchesterlik olimlar adres maydoni va xotira adresi 
tushunchalarini alohidalashni taklif qilishgan. Masalan, 16 bitli adres 
maydonli 4096 so‘zli xotiraga ega mashinani qaraymiz. Bu kompyuterda 
ishlovchi dastur xotiraning 65 536 ta so‘ziga murojaat qilishi mumkin 
(216=65 536). E’tibor bering: adreslanadigan so‘zlar soni adres bitlari 
soniga bog’liq bo‘lib, xotiradagi real so‘zlar soniga esa bog’liq emas. Bu 
xotiraning adres maydoni 0, 1, 2, 3, …, 65535 dan iborat. Xotira esa 
faqat 4096 so‘zni saqlay oladi xolos.
• 
Bu yerda 4095 gacha va 4096 dan keyingi adreslar orasida 
keskin farqlanish yuzaga kelgan. 4095 gacha foydali adres makoni, 4096 
dan keyingilari foydasiz adres makoni deyilgan. Chunki 4096 dan 
keyingi adreslar xotiraning real adreslariga mos kelmagan. Adres 
maydoni va xotira adresi orasida farqlanish mavjud bo‘lmagan, chunki 
ular orasida o‘zaro birxillik munosabati mavjud deb tushunilgan.


• 
Adres maydoni va xotira adresini alohidalash g’oyasi 
quyidagicha tushuntiriladi. Har bir joriy vaqtda xotiraning 4096 ta 
so‘ziga bevosita murojaat qilish mumkin. Bu esa ushbu so‘zlar 0 dan 
4095 gacha adresda joylashishi shart degani emas. Masalan, 4096-
adresga murojaat qilinganda xotiraning 0-adresidagi so‘z ishlatilishi, 
4097-adresga murojaat qilinganda xotiraning 1-adresidagi so‘z 
ishlatilishi, …, 8191-adresga murojaat qilinganda xotiradagi 4095-so‘z 
ishlatilishi lozim va h.k. Boshqacha aytganda adresli maydonni haqiqiy 
xotira maydonida akslanishi kuzatiladi.
• 
1) 4096 dan 8191 gacha so‘zlar diskda joylashadi
• 
2) 8192 dan 12287 gacha so‘zlar asosiy xotiraga yuklanadi.
• 
3) Adreslarni akslanishi o‘zgaradi. Endi 8192 dan 12287 
gacha adreslar asosy xotiradagi 0 dan 4095 gacha yacheykalarga 
moslanadi.
• 
4) Dasturning bajarilishi davom etadi.
• 
Adreslasrni bunday avtomatik yoyish texnologiyasi xotirani 
sahifali tashkil qilinishi deyiladi, diskdan o‘qiladigan dastur qismlari esa 
sahifalar deyiladi.
• 
Adreslarni adres maydonidan xotiraning real adreslariga 
akslantirishining yana boshqa murakkabroq usuli ham mavjud. Dastur 
murojaat qilishi mumkin bo‘lgan adreslarni virtuall adres muhiti 
deyiladi, xotiradagi real adreslarni esa fizik adres muhiti deymiz. 
Xotirani taqsimlash sxemasi va sahifalar jadvali virtual adres va fizik 
adreslarni o‘zaro moslashtiradi. Diskda to‘liq virtual adres muhitini 
saqlash uchun joy yetrali deb hisoblanadi (juda bo‘lmaganda joriy vaqtda 
bajarilib turgan qismini).
Dasturlar virtual adres muhitidan so‘zlarni o‘qishi va/yoki virtual 
adres muhitiga yozishi mumkin, aslida fizik xotira muhitida bunga joy 
bo‘lmasa ham.


Virtual xotira kompyuterning xotirasi katta ekanligi haqida tasavvur 
uyg’otadi xolos. Aslida kompyuterning fizik xotirasi ancha kichik 
bo‘ladi. Katta hajmli xotira tasavvuri xotiraning sahifli tashkil 
qilinishidan kelib chiqqanligini dasturiy vositalar bilan aniqlab 
bo‘lmatdi. Xohlagan adresga xohlagan vaqtda murojaat qilinsa, 
ma’lumotlar yoki komandalar chiqib kelaveradi. Bu mexanizm shaffof 
mexanizm deyiladi.
Virtual adres maydon bir necha bir xil hajmli sahiflarga bo‘linadi. 
Odatda ular 512 baytdan 64 Kbaytgacha, kamdam-kam xollarda 4 
Mbaytga teng bo‘ladi. Sahifaning hajmi ikkining darajasiga teng bo‘ladi. 
Fizik adres maydoni ham teng miqdordagi qismlarga shunday 
bo‘linadiki, har bir qism bitta sahifani sig’dira oladi. Asosiy xotiraning 
bu qismlari sahifali kadrlar deyiladi.
  
Sinov savollari?  
1. Vertual xotira?
2. Doimiy xotira va tezkor xotira munosabati?
3. Xotira manzili bu?
4. Xotira yacheykalari va manzillari?

Yüklə 405,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin