Tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari



Yüklə 369,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.05.2023
ölçüsü369,32 Kb.
#105971
Tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari



1-MAVZU: O’QUVCHILARGA ASOSIY SINTAKTIK 
TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI. 
ORFOGRAFIYANI O`RGANISH METODIKASI. (2 soat) 
Reja: 
1. Boshlang‘ich sinflarda sintaksisga oid materiallarning berilish tizimi, 
2. Gap va So‘z birikmasi ustida ishlash. 
3. Gap bo‘laklari ustida ishlash. 
4. Orfografik malaka va imlo qoidalari ustida ishlash. 
5. Lug’at ustida ishlash va nutq o’stirish.
6. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. 
Tayanch iboralar: sintaksis, morfologiya, leksika, fonetika, orfografiya, qo‘shma 
gap, gap, bilim, ko`nikma, malaka, imlo, leksik imlo. 
“T – sxema” metodini o’tkazish bosqichlari 
O’qituvchi: Yangi mavzuni bayon qiladi va talabalarga mavzu bo’yicha 
boshlang’ich ma’lumotlarni beradi; 
- Tinglangan ma’ruzadan kelib chiqib, talabalarning yangi mavzu haqidagi 
fikrlarini quyidagi sxema asosida tahlil qilishlarini so’raydi; 
O’qitish metodikalari 
Afzalligi Kamchiligi 
Xulosa 
-Topshiriqni yakka tartibda bajarishlarini so’raydi va 10 daqiqa vaqt ajratadi; 
-Vaqt tugagach talabalardan izohlarsiz o’z fikr – mulohazalarini o’qib 
eshittirishlarini aytadi; 
- Barcha xulosalar tinglangach, umumlashtiriladi va yakuniy xulosa 
shakllantiriladi. 
Talaba: -Mavzuni diqqat bilan tinglaydi; 
O’zi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni daftariga qayd qilib boradi; 
Berilgan sxema asosida tushunchaga nisbatan o’zining mustaqil fikrini 
bildiradi; 
Yakuniy xulosasi bilan o’tirganlarni tanishtiradi; 
Reglamentga rioya qiladi. 
Kutiladigan 
natija: 
Talabalar 
mavzu 
yuzasidan 
zaruriy 
bilimlarni 
o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi. 
“Aqliy hujum” metodini o’tkazish bosqichlari 
O’qituvchi: Muammoni aniqlaydi.
1.Talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish; 
2.Bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga 
erishish va ularni yozib olish; 
3. Qog’oz varaqalari g’oyalar bilan to’lgandan so’ng ularning yozuv taxtasiga 
osib qo’yish; 
4. Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash; 
5. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali 
sharxlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik; 


7. Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona 
to’g’ri yechimini aytishga shoshmaslik; 
8. Talabalar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g’oya baholanmaydi; 
9. Talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit 
yaratiladi; 
10. G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi; 
11. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning 
fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan 
xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga 
erishiladi. 
Talaba: O’qituvchi tomonidan yaratilgan shart- sharoitlarga amal qilgan holda 
berilgan vazifani mustaqil bajaradi. Kerakli natijani qo’lga kiritadi. 
Kutiladigan 
natija: 
Talabalar 
mavzu 
yuzasidan 
zaruriy 
bilimlarni 
o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi. 
Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar:1) amaliy 
o‘rganiladigan; 2) nazariy o‘rganiladigan turlarga bo‘linadi. Sintaksis bilimlarni 
amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va to‘rtinchi sinfda ham 
davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda “Bog‘lovsiz”, “Gap”, “Darak gap”, 
o‘quvchilarda “His-hayajon gap”, “Sodda gap”, “Qo‘shma gap”, “Gap bo‘laklari”, 
“Gapning uyushiq bo‘laklari”, “Undalma” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu 
mavzular yuzasidan turli mashqlar o‘rgatiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni 
ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi. 
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida 
o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. 
Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, 
olmosh, fe’l, ularning muhim kategoriyalarning tilimizdagi rolini gap asosida bilib 
oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasi ham gap negizida egallaydilar. So‘zning 
leksik ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum 
bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash 
mumkin). 
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni 
o‘artli ravishda besh yo‘nalishga bo‘ladi: 
1.Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan 
napning muhim belgilarini o‘rgatish). 
2.Gap strukturasini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida 
ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining 
xususiyatlari, yopiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash). 
3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan 
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
4.Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish. 
5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish, (uni bosh harf bilan boshlash, 
tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish. 
Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim 
tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama 
qilinadi. 
Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish 
o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. 


O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish 
ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, 
aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. 
“Gap“ mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi 
bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi-gap 
xaqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda 
so‘zlarning bog‘lanishi, gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganishga o‘tadilar. 
Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri 
keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, 
tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini 
bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh 
bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega 
va kesim gapning qurilishi va mazmuning asosini tashkil etadi. 
Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida 
kuzatish o‘tkazish ma’qul. 
Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq 
ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. 
Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan so‘z birikmasi 
haqidagi tasavvur aniqlanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, 
butun o‘quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda, gap ustida 
ishlab boriladi. 
Dasturga ko‘ra 1-sinfda o‘quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar 
beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning 
oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi. 
2-sinfda esa o‘quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular 
gapdan kim yoki nima haqida aytilganini va u hakda nima deyilganini bildirgan 
so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana 
shundan boshlanadi va bu bosh bo‘laklarni o‘rganishga muqaddima bo‘ladi. 
3-sinf gap ustida ishlash yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy 
o‘rganishdan tushuncha sifatida o‘rganishga o‘tadi. Ular gapning muhim 
belgilarini bilib oladilar. Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va 
kesim terminlari kiritiladi. 
Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar 
gapning asosi (ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni 
farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘zni)ni, so‘zlarning grammatik 
jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishini bilib oladilar. 
4-sinfda uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilimlar 
kengaytiriladi. 
Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish 
gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birichidan, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali 
bo‘laklar)ga bo‘linishini o‘zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo‘laklar 
turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali 
bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil 
qiladi, fikr, asosan gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali 
bo‘laklar esa bosh bo‘laklarning aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini 
bajaradi. 


Ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyatini ochish uchun o‘quvchiliar gapni 
tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib, uni izohlab kelayotganini 
aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyati gapni yoyish (yig‘iq gapni 
yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, o‘quvchilar 
Qaldirg‘ochlar uchib keldi gapini yozadilar. Fikrni to‘liq ifodalash uchun gapga 
qayerga? va qachon? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni qo‘yish topshiriladi. 
O‘quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo‘lagi (ikkinchi darajali bo‘lak)fikrni 
yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar. 
O‘quvchilarda gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasini 
shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko‘nikmalar qatoriga kiradi. So‘z 
birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang‘ich sinflarni uning muhim 
belgilari idrok qilinadi.”So‘z birikmasi” atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta’rifi 
berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o‘quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini 
amaliy bilib olishlari zarur: 
1. So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki so‘z. 
Masalan, Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar gapida ikki so‘z birikmasi 
bor: 
1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar. 
2. So‘z birikmasida bir so‘z hokim ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi. Hokim so‘zdan 
tobe so‘zga so‘roq beriladi, tobe so‘z shu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zdir. Masalan, 
(qanday?) iqtidorli o‘quvchilar (qayerga?) to‘garakka a’zo bo‘ldilar. Ega va kesim 
so‘z birikmasi emas, ular gapning asosini tashkil qiladi. 
Gap tarkibida so‘z birikmalarni ajratish ko‘nikmasi uzoq mashq davomida
shakllantirib boriladi. Buning uchun o‘quvchilarning so‘z birikmasidan bir 
so‘zning boshqa so‘zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan 
foydalaniladi. 
1. Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‘lagi yoyishni talab 
qilishini aniqlash. Masalan, Daraxtlar gullabdi gapini tahlil qilish uchun berilgan 
ega va kesim (gapning asosi)ajratiladi, daraxtlar qachon gullashini aytish uchun 
gapga qanday so‘zni qo‘shish kerak? Bu so‘z gapning qaysi bo‘lagi bo‘ladi? 
(Ikkinchi darajali bo‘lak). U gapning qaysi bo‘lagiga bog‘lanadi? (tobelanadi?) 
(Kesimga bog‘lanadi) Qachon gullaydi? (aprelda gullaydi) Gapga egani 
izohlaydigan yana bitta so‘z qo‘ying. Qanday gap hosil bo‘ldi? (Mevali daraxtlar 
apreldv gullaydi. 
2. So‘zlar aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va 
kesim) tiklandi (aniqlanadi), so‘ng so‘roqdar yordamida ikkinchi darajali bo‘laklar 
(so‘z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada terimchi, teradi, 
paxtani. 
-Gap kim haqida aytilgan? 
(Terimchi haqida, Kim? terimchi) 
U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi-bosh bo‘laklar). 
-so‘roqlar yordamida so‘z birikmasini toping. Nimani teradi?(Paxtani teradi) 
Nimada teradi? (Mashinada teradi). 
Keyin gapda so‘zlarning qo‘lay tartibi aniqlanadi. (Terimchi paxtani 
mashinada teradi). Gap ohangi ustida ishlanadi. 
3. U zluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi 
ongli bo‘lishi uchun har bir gapning bosh bo‘laklarini va so‘z birikmalarini ajratish 
lozim.


4.Gapni tahlil qilish va sxemani tuzish. Gap tahlil qilinayotganda dastlab 
uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, kesimni 
izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, boshqa ikkinchi darajali bo‘lakni izohlovchi 
ikkinchi darajali bo‘lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so‘z birikmalari 
aniqlana boradi. 
5. O‘qituvchi bergan sxema yoki so‘roqlar asosida gap tuzish: kim? kimlarni? 
Nima qiladi? (Shifokorlar kasallarni davolaydi). 
So‘z birikmasi ikki yo‘nalishda olib boriladi: 
1) So‘zbirikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi; 
2) So‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat-
so‘z, oltinsoat, qo‘l soat, osma soat, elektron soat-so‘z birikmalari. 
Quyida gapning bosh bo‘laklarini o‘rganish mavzusi namunasini keltiramiz. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini puntuaktsiya bilan tanishtirish. 
Ma’lumki, puntuaktsiya tinish belgilarni ishlatilishi haqidagi qoidalar 
yig‘indisi. “Puntuaktsiya ham yozuv kabi, kishilar orasidagi aloqaning muhim 
vositalaridan biri sanaladi”. Boshlang‘ich sinflarda to‘rtta tinish belgi: gap oxirida 
nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi hamda uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning 
ishlatilishi haqidagi qoidalar o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladigan 
tinish belgilari kam bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi har bir sinfda puntuaktsiya 
ustida muntazam ish olib borishi zarur, chunki tinish belgilari fikrni aniq va tez 
o‘qib olishga hamda o‘zgalarga uqtirishga beradi”. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish belgilar bilan tanishtirishda o‘qituvchi, 
avvalo, ularning yozma to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun 
muhim ekanini tushuntiradi. 
Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga 
ajratilmagan yaxlit matn o‘qitiladi; o‘quvchilar bunday matnni o‘qish va 
mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. 
Puntuaktsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch 
asos bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, avvalo, 
bayon etadigan fikriningmazmuniga asoslanadi. 
1-sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davridayoq nuqta, so‘roq belgisi va 
undov belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar hali “Alifbe” o‘qimasalar ham, 
rasmga qarab gap tuziladi. 
O‘qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to‘xtam (pauza) bilan 
ajratilishini, gapning oxirida pasayishini tushuntiradi. 
Bolalar, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga 
ajratadilar va ular o‘rtasidagi to‘xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi 
tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to‘g‘ri talaffuz 
qilishini o‘rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo‘yilishi bilan tanishtirish 
uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o‘qishga oldindan 
tayyorlash uchun grafik sxemadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, 
undagi so‘zni sanaydilar va o‘qituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar: 
Biz ertakni sevamiz ( .). Yana boshqa gap tuzib, uni ham chiziqcha bilan 
belgilaydilar: 
Qovun 
pishdi 
(---------------------.). 
O‘qituvchi quyidagi mazmunda 
tushuntiradi: Og‘zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza bilan ajratamiz. (har bir 
gapni talaffuz qilib ko‘rsatadi). 


Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish 
kerakligini ko‘rsatish uchun alohida belgi-nuqta ishlatiladi. 
Bir necha darsdan so‘ng o‘quvchilar gaplarni o‘qiy boshlaydilar. Ular nuqta 
pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap 
tuzishda albatta nuqtali kartochkadan foydalaniladi. O‘quvchilar gapni yozganda, 
o‘qituvchi nuqta qo‘yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta 
qo‘yilmasa, xato hisoblanadi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida nima uchun nuqta 
qo‘yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo‘l bilan gapning oxiriga nuqta 
qo‘yish ko‘nikmasi shakllantiriladi. 
So‘roq va undov belgilari bilan ham savod o‘rgatish davrida tanishtiriladi. 
Bolalar so‘rash mazmunini bildirgan gaplarni o‘qiydilar. O‘quvchilar bunday 
gaplarni ohanggi rioya qilgan holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko‘tarish bilan 
o‘qishga o‘rgatiladi. 
Gapning mazmuni va ohangi so‘roq belgisini qo‘yishni talab etadi. 
Undov belgisini qo‘yishni o‘quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va 
alohida ohangda o‘qilishi bilan bog‘laydilar. 
O‘quvchilar II-sinfda «Gap» bo‘limi mavzularini o‘rganish jarayonida nuqta, 
so‘roq belgisi va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. 
III-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. 
Shu vaqtdan boshlab ular o‘quvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda 
qo‘yilishini anglay boshlaydilar. 
“Darak gap” mavzusini o‘rganish bilan bog‘liq holda nuqta qo‘yilishi, 
“So‘roq gap” mavzusi bilan bog‘liq holda so‘roq belgisi va “Undov gap” 
mavzusini o‘rganish bilan bog‘liq holda undov belgisining qo‘yilishi o‘rgatiladi. 
IV-sinfda o‘quvchilar “Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusi o‘rganilganda 
sanash ohangi bilan bog‘langan bo‘laklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar. 
O‘qituvchi ikki gapni o‘qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday 
berilishini ko‘rsatadi. Masalan, biz o‘z ona tilimizni sevib o‘rganamiz. 
(Gap oxirida ovoz pasayadi. Pauza qilinadi.) Toza, tiniq, kumush suv orom 
berar barchaga (Toza, tiniq so‘zlaridan so‘ng ovoz bir oz pasayadi, xabarning 
davom etishi seziladi). 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali tire va 
ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o‘rgatish davridayoq 
o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, 
matnni o‘qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o‘rgatadi. Masalan, olma, 
olcha, non-meva. Kitob –bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i. 
Ona tili darslarida so‘zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, o‘qituvchi I-
cinf o‘quvchilarini tire va ikki nuqtaning qo‘yilishi bilan amliy tanishtiradi. 
O‘qituvchi aniq misollar bilan sanab ko‘rsatilgan so‘zlardan oldin ikki nuqta 
qo‘yilishini har bir so‘zning vergul bilan ajratilishini ko‘rsatadi. Bunda o‘quvchilar 
tinish belgining nomini aytadilar, o‘qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin 
foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin puntuaktsion xatoning ham oldi 
olinadi. Shunday qilib, o‘qituvchi o‘quvchilarda puntuaktsion ziyraklikni o‘stirib 
boradi.
Dasturga ko‘ra bu sinfda o‘quvchilar qo‘shma gap bilan ham tanishtiriladi, 
elementar o‘rgatiladi. Buning uchun sodda gap bilan qo‘shma gap taqqoslanadi va 
bolalar qo‘shma gapning ayrim xususiyatlari, xususan, bunday gaplarda ikki qism 
mavjudligi bilan tanishadilar:1) qo‘shma gap ikki mustaqil qism (sodda gap ) dan 


tuziladi: Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. (Maqol). Tong hali 
yorishmagan, lekin yulduzlar ancha siyraklashgan edi. (Oybek); 2) Qo‘shma gapda 
bir qism ikkinchisiga ergashadi (tobelanadi): Hamma ahil bo‘lib ishladi, shuning 
uchun ish tez bitdi. 
O‘quvchilar qo‘shma gap tarkibidagi har bir gapning ega va kesimini 
topadilar hamda qo‘shma gap ikki gapdan tuzilishiga ishonch hosil qiladilar. 
O‘quvchilarga qo‘shma gapni o‘rgatish bilan bog‘liq holda, ammo, lekin, biroq 
bog‘lovchilari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplarda, shuning uchun 
bog‘lovchisi yordamida bog‘langan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda (atamalar 
berilmaydi) vergulning ishlatilishi tushuntiriladi.
O‘quvchilarga puntuaktsion qoidalarning to‘la singdirish ularni tinish 
belgilarini o‘z o‘rnida ongli ishlatishga o‘rgatish maqsadida sintaktik-puntuaktsion 
tahlil, tinish belgalari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo‘yish, 
ta’kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini 
izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi. 
Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan bog‘lash sintaksis va puntuaktsiya 
elementlari ustida ishlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilar bu 
darslarda sintaksis sohadagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so‘zni 
aniq ishlatish, o‘z fikrlarini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o‘rganadilar. 
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari
og‘zaki va yozma nutqda ongli foydalanishni ta’minlaydi. 
O‘qituvchi orfografik malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik 
yoshdagi o‘quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash 
metodikasini belgilaydi. 
Orfografik malaka maxsus nutq malakasidir. To‘g‘ri yozuv –maxsus nutq 
faoliyati; yozuvning har bir akti murakkab harakat bo‘lib, uning asosida nutq 
yotadi. Orfografik malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik 
tomondan to‘g‘ri tuzish, so‘zni uslubiy aniq qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. 
Orfagrafik malaka murakkab malaka bo‘lib, uzoq davom etadigan mashqlar 
jarayonida yaratiladi va so‘zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik 
tarkibini aniqlash ko‘nikmasi kabilarga asoslanadi.
“Insert usuli” 
Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi 
hisoblanib, mustaqil o’qib-o’rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, 
kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o’qib 
chiqib, “V; +; -; ? ” belgilari orqali o’z fikrini ifodalaydi.
Matnni belgilash tizimi 
(V) – men bilgan narsani tasdiqlayman. 
(+) – yangi ma’lumot. 
(-) – men bilgan narsaga zid. 
(?) – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur. 
“Debat” usulini o’tkazish bosqichlari 
O’qituvchi: Yangi mavzuni tushuntirishdan avval talabalarga quyidagi 
muammoli vaziyatni og’zaki bayon etadi.
Muammoli vaziyat: 
Boshlang’ich sinflarda tasviriy san’at o’qitish metodikasida didaktik 
printsiplarning mohiyati nimalardan iborat? 


- Talabalardan mazkur muammoli vaziyatni kelib chiqishiga sabab 
bo’lgan holat so’raladi va u tahlil qilinadi, ya’ni muammoli vaziyat, o’quv 
muammosi, o’quv muammosini yechish uchun izlanish, yechim tartibida;
- Fikrlar umumlashtirilib, yangi mavzuni bayonini boshlaydi. 
Talaba: - Muammoli vaziyatni tahlil qilib, o’z munosabatini bildiradi; 
- Fikrlarini misol va sabablar orqali tushuntiradi. 
Kutiladigan natija: Talabalar muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali 
muammoli o’qitish, uni tashkil etish bosqichlarini o’rganadilar. 
Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-sekin 
avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o‘rganilgan 
orfografik qoidaning oson-qiyinligiga bog‘liq. Orfografik malaka o‘z tabiati bilan 
avtomatik hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo‘yilgan ko‘nikma mustahkamlanadi,
takomillashadi, yaxshilanadi (harakat tezlashadi, aniq-to‘g‘ri bo‘la boshlaydi, 
ishonarli va tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning strukturasi qayta 
quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq , butun, qo‘shilgan birliklar bilan 
ishlashga o‘tadi (masalan, so‘zni harflab ko‘chirish, bo‘g‘inlab ko‘chirish bilan, 
keyin so‘zni yaxlit ko‘chirish bilan, so‘ngra u gapni ko‘chirish bilan almashadi.) 
bir imlo malakasi avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o‘rganiladi va asta-
sekin so‘zni to‘g‘ri yozish malakasi hosil bo‘ladi. Umuman olganda, yozuv 
murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi. 
To‘g‘ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o‘quvchidan fikrlash faoliyati 
talab etiladi. Biror to‘g‘ri yozuv hodisasini o‘zlashtirish uchun o‘quv va yodda 
saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tadbiq etiladi. Bunda grammatik va 
orfografik hodisalarning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash 
usulidan foydalanish hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki 
grafik guruhlarga ajratish, muayyan sistemaga solish, tushuntirish va isbotlash 
mashqlaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi.
Shunday qilib, orfografiyani o‘rgatishda, grammatikani o‘rgatish kabi, 
o‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi.
Imlo qoidasi ustida ishlash. O‘quvchilarda to‘g‘ri yozuv malakasini 
shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidasini o‘zlashtirishga asoslanadi. 
Imlo qoidalari bir so‘znigina emas balki umumiylik mavjud bo‘lgan butun so‘zlar 
guruhining yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini 
har bir so‘zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, 
belgilangan qoidaga muvofiq, butun so‘zlar guruhini yozish imkonini yaratadi. 
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so‘zlarning yozilishini bir 
xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengilashtiradi va imlo qoidalarining 
ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi. Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so‘z 
yasalishiga oid materiallarini ma’lum darajada bilmasdan turib o‘zlashtirish 
mumkin emas. Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi. 
Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos bo‘ladigan 
grammatik nazariyaga bog‘liq holda o‘rganiladi. Masalan, shakl yasovchi 
qo‘shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik 
olmoshlari”, “Fe’l” mavzulari ichiga kiritilgan. Materialning bunday 
joylashtirilishi grammatika va orfografiyani bir-biriga bog‘liq holda o‘rganishni 
ta’minlaydi. Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so‘ng 
o‘rganiladi. Masalan, otlarning kelishiklar bilan turlanishi o‘rganilgach, kelishik 
qo‘shimchalarining yozilishi haqidagi ko‘nikma shakllantiriladi. “Sifat” mavzusini 


o‘rganish – roq, qo‘shimchasining va qip-qizil, yum-yumaloq kabi sifatlarning 
yozilishiga, “Fe’l” mavzusini o‘rganish bo‘lishsizlik (-ma) va o‘tgan zamon (-
di) qo‘shimchalarining yozilishiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o‘rgatishga 
bunday yondashish boshlang‘ich sinflarda barcha orfografik materiallarni 
o‘rganishda tipik hisoblanadi.
Imlo qoidalari ustida ishlash – murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini 
ochish, o‘quvchilarning qoida ifodasini o‘rganib olishlari, qoidaning yozuv 
tajribasiga tadbiq etish uning asosiy komponentlari hisoblanadi. 
Qoida mohiyatini ochish qoida so‘zning qaysi qismini, qaysi so‘z turkumi 
yoki grammatik shaklini yozishni boshqarishni, bunda qaysi belgilar yetakchi 
ekanini tushuntirish demakdir. O‘quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun 
material tanlashda o‘qituvchi bu yetakchi belgilarni albatta hisobga oladi. Masalan, 
oxiri yumshatish belgisi () bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda, 
yumshatish belgisi yozilmasligi haqidagi qoidaning (2-sinf) mohiyatini ochishda 
o‘quvchilar oxiri yumshatish belgisi bilan tugagan so‘z aytadilar, keyin o‘qituvchi 
rahbarligida shu so‘z bilan gap tuzadilar. O‘qituvchi doskaga yozib boradi: lager, 
royal. Men lagerda bo‘ldim. Yulduz royalni yaxshi chaladi. Lager – lagerda, royal 
– royalni so‘zlarini taqqoslaydilar; lagerda va royal –o‘zak, -da va –ni qo‘shimcha 
ekanini aytadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga bu so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda, 
qanday o‘zgarish yaratiladi. O‘quvchilar bunday vaziyatni 1-sinfda ham 
kuzatganlar, shuning uchun fahmlab aytib berishlari mumkin. Suhbat xulosalanadi. 
Qoida ifodasi ustida darslik bo‘yicha ishlanadi. Bunda o‘quvchilarning qoida 
strukturasini anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun darslikdagi qoida 
qismlarga bo‘linadi. (Aslida o‘quvchilar bu vazifani mashq jarayonidayoq bajarib 
qo‘yadilar) O‘quvchilar o‘rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni 
bajarish yo‘li bilan uni yangi til materialiga, ya’ni yozuv tajribasiga tadbiq etadilar. 
Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaning xarakteriga qarab tanlanadi. 
Masalan, bo‘lishsizlik qo‘shimchasi (-ma)ning yozilishini deduktiv yo‘l bilan 
o‘rgatish mumkin. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi (-ga) ning oxiri –q bilan 
tugagan otlarga –qa, -k bilan tugagan otlarga –ka shaklida qo‘shilishi haqida 
induktiv yo‘l bilan tushuntirish maqsadga muvofiq. 
O‘quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni 
bajarsalar, uni o‘zlashtirish xiyla qulay bo‘ladi. Chunki bolalar aniq material bilan 
ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim tomonlarini ajratadilar, 
qoidani ongli o‘zlashtiradilar. Nimanidir, masalan, so‘zlarning talaffuzi va 
yozilishini, so‘z turkumlarini, so‘z qismlarini bir-biriga taqqoslash o‘quvchilarning 
aqliy aktivligini aniq yozib ko‘rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks 
ettirilgan muhim fikrni ajratishga o‘qituvchining savollari yordam beradi. Bu 
savollar, o‘z navbatida qoidani shakllantirish rejasi ham hisoblanadi. 
Qoida ustida kollektiv ishlash bilan birga darslikdan foydalanib, mustaqfil 
ishlash usulini qo‘llash ham mumkin. 
Yangi qoidani o‘zlashtirishda o‘rganilgan bilimlarga suyaniladi. Buning 
uchun yangi qoida ilgari o‘rganilgan qoidalar bilan bog‘lanadi. Bunda qarshi 
qo‘yish yoki taqqoslash usulidan foydalaniladi va o‘xshash tomonlari aniqlanadi. 
Masalan, tushum kelishigi qo‘shimchasining yozilishi o‘zlashtirishda u ilgari 
o‘rganilgan qaratqich kelishigi qo‘shimchasining yozilishi bilan taqqoslanadi va 
tushum kelishigi qo‘shimchasi otning fe’l tomonidan boshqarilishini bildirishi 
aniqlanadi. 


Qoidani bilib olish o‘quvchilarda u haqdagi aniq tasavvurning mavjudligiga 
bog‘liq. Qoida asosida hosil bo‘lgan aniq tasavvur so‘zlarda ifodalanadi. Shuning 
uchun o‘quvchilardan qoidani quruq yodlab berish talab etilmasligi, balki so‘zni 
to‘g‘ri yozishdagi xususiyatlar aniq material misolida qayta tushuntirilishi lozim. 
Orfografik malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. 
Faoliyat avtomotlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar 
bajarib boriladi. Orfografik mashqlar orfografik ziyraklik ko‘nikmasini 
shakllantirishga tegishli o‘rinda qoidani tadbiq qilishga, mashqlarning qismlari 
o‘rtasidagi bog‘lanishni belgilash, ularni umumiy yagona faoliyat sistemasiga 
kiritishga, o‘quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllantirishga 
qaratiladi. Qoidani tadbiq qilish davridagina uning mazmunini chuqurroq 
o‘zlashtiriladi. 
Metodika orfografik mashqlarga: 1) grammatik – orfografik tahlil; 2) 
ko‘chirib yozuv; 3) diktantlar; 4) leksik – grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. 
Grammatik – orfografik va leksik – orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika 
yoki leksika bilan bog‘lanishi, ko‘chirib yozuv va diktantda o‘quvchilar faoliyatini 
belgilaydigan omillar, xususan, ko‘chirib yozuvda ko‘ruv va qo‘l – harakat o‘quvi, 
diktantda eshituv o‘quvi hisobga olinadi. 
Ko‘chirib yozuv ko‘rib idrok qilingan so‘z, gap, matnni yozma shaklda 
berishdir. Boshlang‘ich sinflarni husnixat va imlo qoidalariga rioya qilib
tuzatishlarga yo‘l qo‘ymay va tartibli, harflarning tushirib qoldirmay, o‘rnini 
almashtirmay, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llab ko‘chirib, yozuv ko‘nikmasi 
shakllantirishi kerak. O‘quvchilarda bu ko‘nikmani hosil qilish maqsadida 
o‘qituvchi alifbe davridan boshlab, ularga ko‘chirib yozuvni izchillik bilan o‘rgatib 
boradi. 
O‘quvchilardan ko‘chirib yozuv ko‘nikmasini shakllantirishga oid asosiy 
qoidalarda quyidagilar kiradi: 1. Ko‘chirib yozishdan oldin, ko‘chiriladigani yaxlit 
o‘qib chiq. 2. Har bir gapdagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib, ichda bo‘g‘inlab ayt. 3. 
Ko‘chirib yozganingni asliga solishtir. 
Ko‘chirib yozuv uchun so‘z, alohida gap va kichik matndan foydalanish 
mumkin. 
O‘qituvchi qo‘ygan maqsadga muvofiq holda, ko‘chirib yozishdan oldin unga 
tayyorgarlik ko‘riladi; bunda imlosi qiyin so‘zlarni izohlab o‘qish, so‘z nima uchun 
shunday yozilishini asoslash, o‘rganilgan qoida asosida yoziladigan so‘zlarni 
aniqlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu ko‘nikmalar qanchalik 
shakllanganligini aniqlash maqsadida kontrol (tekshiruv) ko‘chirib yozuv 
o‘tkaziladi. 
Ko‘chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so‘z yasalishiga oid 
vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasining tadbiq etishning 
yaxshi bilib olish imkonini beradi, chunki vazifaning xarakteri orfografik malakani 
shakllantirishga nazariy asos bo‘ladigan grammatik, fonetik bilimlarni 
aktivlashtirishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya 
bilan birgalikda nutq o‘stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi. Kompleks 
mashqlarga misollar:
1. Ko‘chirish. O‘zakdosh so‘zlarni aniqlab, o‘zakni ajratish. 
2. Tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni qo‘yib ko‘chirish, qanday qo‘shimcha 
ekanligini aytish; yozilishini tushuntirish. 


3. Matn mazmuniga mos so‘zni qavs ichida berilgan so‘zlardan topib qo‘yib 
ko‘chirish. Shu so‘z qaysi so‘z turkumiga oid ekanini, uning yozilishini 
tushuntirish. 
4. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish va yozish. 
5. Tartibsiz berilgan gaplardan bog‘lanishli matn tuzish. 
6. Tanlab ko‘chirish. (berilgan gaplardan yoki matndan muayyan bir so‘z 
turkumi; ot va fe’ldan yo ot va otdan yoki sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmalarni 
ko‘chiring).
Diktant eshitib, idrok qilingan so‘z, gap, matnni yozishdir. Orfografik mashq 
sifatidan diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.
Diktantlar maqsadiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 
Ta’limiy diktantlar — bilim berishga yo’naltirilgan diktantlar 
Tekshiruv diktantlari — o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini 
nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. 
Ta’limiy diktantlarni o’tkazish vaqtini, o’rnini, turini o'qituvchilar o’zi
belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), 
ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o’quvchilar bilimini mustahkamlash 
maqsadida o’tkaziladi. Ta’limiy diktantda o’qituvchi o’quvchilarga o’rgatilayotgan 
hodisaning imlosini bir nechta tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, 
o’quvchilar so’zlarni to’g’ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat 
beradi. Har qanday yo’l bilan xatoning oldini olish chorasi ko’riladi. Masalan, 1-
sinfda a va o unlilari o’rganilayotgan darsda bo’g’in-tovush, tovusli harf tahlili 
o’tkaziladi. Baho, bahor so’zlarining birinchi bo’g’inida a harfi yozilishini 
o’quvchilar bilib olgach, o’quvchilardan biri shu so’zlarni xattaxtaga yozadi. So’ng 
so’z o’chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. 
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko’ra quyidugi turlarga 
bo’linadi: 
Ta’kidiy diktant. 
O’z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 
Izohli diktant. 
Saylanma diktant. 
Erkin diktant. 
Rasm diktant. 
Lug’at diktant. 
Ijodiy diktant. 
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o’zgarishlar 
bilan yoziladi. 
Ta’kidiy diktantdan qoidani tadbiq etish usullarini yaxshi bilib olish uchun 
foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi 
kabi, o‘quvchilar so‘zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini 
tushuntiradilar. 
O‘z diktant yoki yoddan yozuvda o‘rganilgan orfagrafik qoida asosida 
yoziladigan so‘zlar bo‘lgan matnni o‘quvchilar o‘zlari o‘qib yodlaydilar (ko‘rib 
idrok qiladilar) yoki o‘qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), 
keyin mustaqil ravishda o‘zlari-o‘zlariga diktovka qilib yozadilar. 
Izohli diktantda o‘quvchilar gaplar yoki yaxlit matnni diktovka bilan 
yozganlaridan so‘ng kerakli qoidalarni eslab, ayrim so‘zlarning yozilishini 
tushuntirib, isbotlab beradilar. Diktantning bu turida o‘quvchilar yozganlarini 


kollektiv bo‘lib tekshiradilar, bu o‘rganilgan orfografik qoidalarga ularning diqqat 
e’tiborini jalb etadi. Matnni yozish jarayonida ular tekshiriladigan qoida asosida 
yozilgan so‘zlarning tagiga chizadilar; diktantni yozib bo‘lgach, belgilangan 
so‘zlarning to‘g‘ri yozilganini tekshiradilar. 
Saylanma diktantda o‘quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning 
hammasini yozmaydilar, balki o‘qituvchi topshirig‘iga mos qisminigina 
(o‘rganilgan qoida asosida yoziladigan so‘zlarni. So‘z birikmalarinigina) yozadilar. 
Masalan, bosh harflar bilan yoziladigan so‘zlarnigana yozish (1-sinf), qaratqich 
kelishigidagi so‘zni u bog‘langan fe’l bilan birga yozish (3-sinf) kabi. Saylanma 
diktant o‘quvchilarda orfografik ziyraklikni o‘stiradi. 
Erkin diktant uchun uncha katta bo‘lmagan 3-5 qismli (abzatsli) matn 
tanlanadi. O‘qituvchi avval matnni bir marta ifodali o‘qib beradi. (matn mazmuni 
yuzasidan suhbat o‘tkazilishi, ayrim qoidalar eslatilishi ham mumkin); so‘ngra 
matnnning birinchi qismi qayta o‘qib berilgach, o‘quvchilar uning mazmunini 
yozadilar. Bunda ularga mazmunini buzmay, gap tuzilishini o‘zgartirish, bir so‘zni 
unga yaqin ma’noli so‘z bilan qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan 
birga, o‘quvchilar nutqini o‘stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. 
Rasm diktant predmet rasmini yoki o‘zini ko‘rsatib o‘tkaziladi: predmet rasmi 
ko‘rsatiladi, o‘quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo‘yadilar, ish 
shunday davom etadi. (Birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko‘ra 
yozilishi eslatiladi.) Rasm diktantda o‘rganilgan qoidani, ayniqsa, o‘quv yili 
davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarni to‘g‘ri yozishni puxtalash, 
shuningdek, ularni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklarini sinash maqsadida 
ko‘zda tutiladi. 
Tekshiruv yoki kontrol diktant yaqinda o‘rganilgan va ilgari o‘rganilib, 
mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada 
o‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Avval matn bir marta o‘qib 
beriladi, keyin gaplar agar gap 5-6 so‘zli bo‘lsa, 2-3 so‘z diktovka qilib yozdiriladi. 
O‘qituvchi dlarsning maqsadi va malakani shakllantirish ustida ishlash 
bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan 
foydalaniladi. 
Bayon o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirishga 
qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik 
mavzularni o‘rganishning yakunlovchi bosqichida, o‘quvchilar qoidalarini bilib 
olib, uni tadbiq qilishga o‘rganganlaridan so‘ng o‘tkaziladi. Bayon yozganda 
o‘rganilgan orfografik qoidalarni to‘g‘ri tadbiq etish ularni ongli o‘zlashtirilganini 
ko‘rsatadi. 
Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida „ona tili, o'qish bolalarning lug'atini 
boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, 
nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim 
omilidir", deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o'rganish, mashq 
matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy-grammatik mashqlar orqali 
bajariladi. 
Ona tili o'qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o'rni, vazifasi 
bilan belgilanadi. Til - aloqa vositasi, chunki so'zlovchi fikr-mulohazalarini til 
orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan fikrni 
anglaydi.


Ona tili fani o'quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga 
tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro'yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va 
undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, 
ta’rifini o'zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy 
foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, tushunarli va 
savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug'at ustida 
ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Lug‘at ishida so'zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular 
ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilaming ulardan 
nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. 
Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo'llangan har bir so‘zning va ta’limiy 
jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlaming 
ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ulaming qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini 
belgilab olishi kerak.
Tilning lug'at boyligini o‘quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili 
darslarida so'zlar va ularning ma’nolari quyidagicha tanishtiriladi: 
1. O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish. O'quvchilar 
darslikdagi so'z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu 
so‘z yangi paydo bo'lgan so‘z bo'lmasa ham, o'quvchi uning ma’nosini bilmaydi, 
demak, o'quvchi uchun yangi so'z hisoblanadi. Masalan, 1 -sinf „Ona tili“ 
darsligida xabib (do'st), darparda (oyna o'rniga shaffof qog'ozyopishtirilgan 
derazaparda), mag'rur (kekkaygan, mag'rur — kamtar), kamol (har tomonlama 
yetuk, to'kis, kamol topmoq — xazon bo 4moq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), 
qardosh (do‘si, birodar, qarindosh-urug), safdosh (harbiy xizmatda birga, 
tashkilotda birga), sarkarda (qo'mondan, lashkarboshi), zeb (bezak, ko'rk, husn), 
qasr (hashamatli saroy, ko'shk) kabi so‘zlarga duch keladilar. 
Bunday so'zlaming ma’nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo'li bilan, 
qarama-qarshi ma’noli so'zlar bilan izoh berish yo'li bilan, gap tuzish orqali 
ma’nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish yo‘li bilan tushuntirish 
mumkin. Bunday ishlash o'quvchilarda so‘z ma’nolariga nisbatan sezgirlikni 
yuzaga keltiradi.
2. O‘quvchilami so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O‘quvchilar ko'p 
ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bilmasliklari 
mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o'zlashtirib 
ololmaydilar. Ularning ma’nosini o'zlashtirish bosqichma-bosqich amalga 
oshiriladi. 1—2-sinflarda o'quvchilar ko'p ma’noli so'zning bir-ikki ma’nosi bilan 
tanishsa, 3—4-sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha 
sathlari: fonetika, leksika, so'z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang'ich sinfda 
bu bo'limlar
„Tovushlar va harflar", „So'z", „Gap", „Bog'lanishli nutq" deb nomlanadi)ni 
o'rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli 
so'zlaming ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. Masalan, „niyati 
buzuq"' 
iborasini 
tushuntirishda 
quyidagicha 
savol 
va 
topshiriqlardan 
foydalaniladi: 
— Bu iborani „soat buzuq" birikmasi bilan taqqoslang. 
— Qaysi biri o‘z ma’nosida qoilanyapti? (soat buzuq) 
— Qaysi birikma boshqa ma’noda qo'Ilanyapti? (fikri buzuq) 


— „Niyati buzuq“ birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? (O'quvchilar 
o'ylab, niyati yomon kishilarni „niyati buzuq“ deyishadi, deb izoh beradilar). 
Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. 
„Ouloch otib", „tanbeh yedi“, „ko'zi o'ynar", „qalbi olov“, „til topisluli" kabi 
iboralarning ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi. 
I-sinf darsligida „Xiva ona tarix tilmochi", „urush yo'lini taqqa bekitdik", „biz 
ma’nosiga zeb bersak", „rediskaga akainan", „karvon bo'lib kelamiz" (,,Turnalar“), 
„chehrasiga tabassum yugurdi", „bahor oq bulutni yetaklab ketdi", 2-sinf darsligida 
„dov-daraxtning sochsoqolin qirishdi", „Biz oqlagan daraxtlar oppoq paypoq 
kiyishdi" kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o'quvchini so'z va 
iboralardan nutqda to'g'ri va o'rinli foydalanishga undaydi, nuqtaning 
emotsionalligini oshiradi. 
3. O'quvchilar tilida kam qo‘llanadigan so‘z!ar ma’nosi ustida ishlash. Adabiy 
tilga oid ba’zi so'zlar o'quvchilar nutqida kam qo'llanadi. Bu so'zning ma’nosini 
o'quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o'rnida oddiy so'zlashuvga doir, 
eskirgan yoki shevaga oid so'zlarni qo'llaydi. O'qituvchi ularni kitobiy so'zlar bilan 
almashtirish uchun nutqda qo'llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni 
yuzaga keltirishi zarur. Masalan, jim — tinch — osuda — osoyishta, yurakdan — 
dildan, soat strelkasi — soat millari, garmdori — qalampir, daqiqa — daqiqa, 
rayon — tuman kabi. 
So'zlaming qo'llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar o'tkazilayotganda 
ham o'quvchilar e’tiborni ayrim so'zlarni boshqasi bilan almashtirishlariga 
qaratiladi. 1-sinfda rasmlar asosida og'zaki hikoya tuzayotgan o'quvchilaming nutq 
birliklari bir-biridan farqli bo'lishi, biri ikkinchisining so'zini qaytarmasligi talab 
qilinadi. 
Masalan, Shirinsuxan — shirinso'z, nasim — tonggiyel (shamol), tanbeh 
berdi — dashnom berdi, z'dol suv — tiniq suv, kichik — mo'jaz, tik — adil, nafis 
— nozik kabi. Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) 
so'zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so‘zlar tanlashga e’tibor berish 
lozim. 
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko'chma ma’nodagi badiiy 
ifodalar ko‘p qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi nutqini 
jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi. 
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so'zlar 
darslikda kam qo'llanadi. Bunday so'zlaming bolalar hayoti bilan bog'liq 
bo'lganlarini ajratib olib „Bilib qo'ygan yaxshi" rubrikasi ostida ishlansa, 
o'quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi. 
5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Awalo, Grammatik 
atamalarning to'g'ri talaffuzi, imlosi o'rgatiladi. Shundan so'ng misollar asosida 
uning mazmuni ochiladi, so'ngra o'qitish va mashqlar bajarish orqali 
o'quvchilaming atama ma’nosini to'laqonli anglashlariga erishiladi. 
Lug'at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: 
1. So'z m a ’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko'chma ma’noli 
so'z va iboralar, paronim so'zlar, shakldosh so'zlar ma’nosi, imlosi, talaffuzini 
izohlashda qo'llaniladi Masalan, ziyrak — Zirak: odamning xususiyati (sezgirligi) 
— ziyrak; quloqqa taqiladigan taqinchoq — zirak. Bu so'zlaming talaffuzi ham 
ikki xil. 


2. So'zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va talaffuzini 
o'rgatish. Bu usul o'zakdosh so'zlarni o'rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-
qizil kabi sifatlarning ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o'rgatishda qo'llaniladi. 
Masalan, o'quvchilar guidon, gulchi, guldor, gulli, gulsiz, gulla so'zlarining 
tarkibini kuzatadilar, bu so'zlar ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi 
so'zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shu o'rinda o'qituvchi 
so'zlarni o'z so'ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o'rganish o'quvchining 
burchi ekanini aytishi lozim. 
Kuzatish usuli shakllari o'zgarayotgan so'zlaming imlosini o'rgatishda ham 
qo'llaniladi: og‘iz+im — og'zim, singil+im — singlim, u+ga - unga. 
3. So'zlarni belgilariga ko'ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli 
bo'lib, u ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilaming so'z boyligini oshirishda 
muhimdir. Bu usul so'zlaming anglatayotgan ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, 
uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli 
bilan bog'liq. So'zlarni guruhlash uchun awalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. 
Bu jarayonda ularning o'xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan,
qavmqarindoshlik bo'yicha guruhlash quyidagicha bo'lishi mumkin: 
1. Ota urug'i: ota, amaki, amma, clada, buvi, buva. 
2. Ona urug'i: ona, xola, tog‘a, buvi, buva. 
Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar (sho‘x, og'ir, bosiq, aqlli,aqlsiz, hissiz, 
andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hokazo.), ta’m bildiruvchi 
sifatlar (shirin, achchiq, nordon, taxir, sho'r, mazali, bemaza, chuchmal va hokazo.) 
va shu kabilar guruhlash musobaqasi tarzida uyushtirilishi mumkin. 
Ma’lum bir guruhdagi so'zlar ro'yxatini tuzish ishini alifbo asosida yozdirish 
ham mumkin. Bu jarayonda guruhlash uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish 
mumkin: 
1. Bolalar o'yinlari nomining lug'atini tuzing. 
2. O'zingiz bilgan shoir nomlari ro'yxatini tuzing. 
3. Ertak nomlari ro'yxatini tuzing. 
4. Joy nomlari ro'yxatini tuzing. 
5. Ma’nodosh so'zlar ro'yxatini tuzing va boshq. 
Bular o'rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog'liq holda tashkil 
etiladi. So'zlaming izohli lug'atini sinf yoki maktab miqyosida tuzib, osib qo'yilib, 
umumiste’molga kiritish mumkin. Bunda „O'quvchilar pochtasi“ tashkil etilishi 
ham mumkin. O'quvchilar qaysi so'zning ma’nosini bilib olishda qiynalsalar, shu 
so'zni yozib yashikka tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so'zlar ma’nosi, 
imlosi, izohi ustida ishlanadi. 
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar 
qanday o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. 
Tekshirish o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan 
qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, 
o’quvchilarning yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, 
qo’llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga 
ayrim o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o’quvchilar uchun, 
birinchidan, to’g’ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlcishga xizmat qiladi, 
ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o’z-o’zini tekshirishni o’stiradi. 
Maktab tajribasida tekshirish og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; 
bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. 


Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, 
grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, 
tekshiruv ko’chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir 
chorakda bir marta tekshiruv ishi o’tkaziladi. Bulardan tashqari, o’quv yili 
davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, 
bayon va insho o'tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo’lishi 
mumkin: 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
4-sinf 
Nazorat diktant 
O’quv yilining
I yarmida 

25-30 
40-45 
55-70 
O’quv yilining 
II yarmida 
15-20 
35-40 
45-50 
75-80 
Bayon 

45-60 
70-80 
100-110 
Tekshiruv diktanti, grammatik topshiriq, bayon va insho uchun baho me’yori 
boshlang’ich sinflar ona tili dasturida aniq berilgan. 
Savol va topshiriqlar 
Kichik yoshdagi o’quvchilar uchun sintaktik bilimlarni o’zlashtirishning 
ahamiyatini tushuntiring. Boshlang’ich sinflarda „Gap“ mavzusi materiallarini 
o’rganishdagi izchillikni asoslang. 
O’quvchilarning gapning bosh bo’laklari — ega va kesim bilan qanday 
tanishtirasiz? Darsda qanday ko’rgazmalardan foydalanasiz? 
Imlo qoidalarining ahamiyatini izohlang. Imlo qoidasi ustida ishlash jarayonining 
asosiy komponentlarini aniq misollar bilan tushuntiring. 
O’quvchilar lug’atini boyitishda ona tilining tutgan o’rnini tushuntiring. 
Imlo qoidalari qaysi tamoyillar asosida ishlab chiqiladi? 
Ona tili dastur talablariga ko‘ra qaysi imlo qoidalarini o‘quvchilar amaliy 
o‘zlashtirishlari kerak? 
Qanday gap turlarini bilasiz? 
So‘z birikmasi ustida amallar bajaring. 
Gap bo‘laklari yuzasidan mashqlar bajaring. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. 
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. 
Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b. 
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat 
va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b. 
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf 
service, 2017.- 42-46 b. 
4. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T: Yangi yo‘l poligraf service, 2017. -
46-68 b. 

Yüklə 369,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin