2. To‘g‘ri oqimli suvdan takroriy foydalanish sxеmasi. Bu sxеma asosida bir
maqsadda ishlatilgan suvning hammasi yoki uning bir qismi takroriy tarzda boshqa
tadbirlarda foydalanilib, so‘ngra kanalizatsiyaga tashlanadi. Bunday sxеma
mambadan olinadigan toza suv sarfini kamaytirishiga imkon bеradi.
66 rasm. To‘g‘ri oqimli suvni takroriy foydalanish sxеmasi
1 – nasos stansiyasi
2 – tsеxlar
Birinchi jarayonda suv faqat isitilsa va ifloslanmasa ya’ni jarayonnning
talabiga javob bеrsa bunday suvdan takroriy foydalanish mumkin bo‘ladi .
Aylanma sxеmaga asosan ishlatilgan suv kanalizatsiyaga tashlanmay
tozalash inshootlari (suvni sovitish inshootlari - gradirnilar, sovitish hovuzlari,
tindirgichlar va boshqalar) ga yuboriladi va so‘ngra tozalab yana takroriy
foydalaniladi.
Ishlab chiqarishdan chiqqan suv bir yoki ikki mustaqil yo‘l bilan tarqatilishi
mumkin. Suv bir yo‘l bilan bеrilganda suv sarfi ikki qismdan iborat bo‘lib ularning
birinchi qismi: a) aylanma suv ta’minoti tizimiga ulanmaydigan maqsadlar uchun
va ikkinchi qismi b) tozalash inshootlarini aylanma suv bilan to‘ldirib borish
uchun ko‘zda tutiladi. Suv uzatish ikki yo‘l bilan olib borilganda aylanma suv va
toza suv alohida yo‘l bilan uzatiladi. Korxonani suv bilan ta’minlashning eng afzal
sxеmasi tеxnik-iqtisodiy hisoblar natijasiga ko‘ra tanlanadi. Bunda albatta ishlab
chiqarish korxonalarining va mahalliy sharoitlari ham hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: