Muskul ishi faoliyatida yoki jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
davomida, charchoqqa qarshilik ko‘rsata olish darajasiga qarab, chidamlilik
sifatiga baho beramiz.
4- jadval
Mashg‘ulotlardagi chidamlilikni rivojlantirish uchun jismoniy
yuklama intensivligining YuQCh bo‘yicha zonalari
YuQChning zonalari
“nol”ga teng zona
1- zona
2- zona
3- zona
YuQChsi 130
tagacha
YuQChsi 131- 150
tagacha
YuQChsi 151- 180
tagacha
YuQChni 180 dan
ortiqligi
Aktiv dam olish,
kun davomida
sarflagan
energiyani
tiklashni maqsad
qilib mashq
qilinganda tavsiya
qilinadi
Organizm
“aerob”rejimda,
kislorod bilan to‘la
ta’minlangan holda
bajaradigan ishlar,
mashqlarni
bajarishni
rejalashtirsa
Kislorodga
maksimal muhtojlik
bilan bajariladigan
mashqlar, ishlar
rejalashtirilsa
Chidamlilikni
rivojlantirishni yuqori
pog‘onasi rejalashtirilsa
Jismoniy mehnat, sport faoliyati trenirovkasining mashqlarni bajarayotgan
shaxs sekin asta o‘z faoliyatni davom ettirishi qiyinlashayotganligini sezadi.
Uning tashqi alomatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: ter yirik tomchilar tarzida
quyuilib oqa boshlaydi, avvaliga yuzida qizillik kuchayadi, so‘ng rangi o‘zgaradi,
muskullarida noxushlik, horg‘inilik sezadi, harakat koordinatsiyasi, harakat
texnikasi va uning tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi,
nafas olishi ritmi va uning chuqurligi o‘zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida
qo‘shimcha keraksiz harakatlar paydo bo‘ladi, kerak bo‘lmagan ortiqcha
harakatlar qo‘shilib qoladi. Asosan, bunga organizmda kechayotgan fiziologik,
bioximiyaviy va biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Faoliyatni davom
ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni
konpensatsiyali (tiklash imkoni bor) charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasining ortganligiga qaramay, ish
intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz charchoq (tiklanishi uchun uzoqroq
vaqt ketadigin tiklanish) fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima? Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining
vaqtinchalik susayishi charchoq deyiladi.
Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo‘lishi
amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individ chidamliligining rivojlanganligi
turlichadir.
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida charchash mavzusiga
katta e’tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma
to‘rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit
Tib”
4
da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga kelti-rishiga
to‘xtalib, uni to‘rt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan yoki majag‘langan
gumon qilib, tanasida issiqlik va bo‘shashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo‘lib,
g‘ovlaganga o‘xshash hissiyot sezadi.
4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va
kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha O‘rta Osiyo xalqlari jismoniy tarbiyasi tarixida tan tarbiyasining
ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo‘lib yuqorida qayd qilingan asarda
ifodalanganligiga e’tibor bersak, bu asar charchoqning ichki mexanizmini
mukammal bayon etish bilan cheklanmay, uni organizmda tez tiklanishiga
erishishning usullari haqida ham tibbiy maslahatlar berilgan.
Jismoniy tarbiya amaliyotida charchoqning aqliy, jismoniy, emotsional,
sensor deb nomlanadigan xillarining mavjudligi e’tirof etiladi (sport fiziologiyasi
fanida to‘liq ma’lumotlar olasiz).
Chidamlilik vositali va vositalarsiz o‘lchanadi.
Chidamlilikni vositali o‘lchash uchun ma’lum tezlik bilan yugurish tavsiya
qilinib, masofada shu tezlikni o‘zgartirmay ushlay olish (tezlikni susayishi
boshlangungacha bo‘lgan) vaqti o‘lchanadi. Bu chidamlilikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘lchashning qulay bo‘lmagan usulidir.
4
Абу Али ибн Сина “Канон врачебной науки” Изд., “Фан” УзССР, Ташкент, 1985 г. Стр 323
Amaliyotda chidamlilikni ko‘proq vositasiz o‘lchashdan foydalaniladi.
Sportda - uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan
vaqtiga qarab chidamlilikka baho beriladi.
Insonning harakat faoliyatini turli-tumanligi turlicha charchashga sabab
bo‘ladi. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab, maxsus va umumiy
chidamlilik, deb farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |