VII BOB. YEM-XASHAK YIG‘ISHTIRISH MASHINALARI
1-§. Yem-xashak yig‘ishtirish texnologiyalari
Tabiiy o‘tlar, beda, boshqa madaniylashtirilgan o‘simlik
poyalari o‘rilib, quritilgandan so‘ng hosil bo‘ladigan mahsulotdan
yem- xashak sifatida chorvachilikda foydalaniladi.
Chorvachilikda
makkajo‘xori, raps, kungaboqar va boshqa shirali ekinlardan
tayyorlangan silos to‘yimli ozuqa sifatida ishlatiladi.
Yem-xashak yig‘ishtirishda quyidagi texnologiyalar mavjud:
— Pichanni yoyilgan holda yig‘ishtirish texnologiyasi o‘tlarni
o‘rish (ba’zan, o‘rib-ezish),
dalada tabiiy holda quritish, qu-
ritilayotgan pichanni titish, ag‘darish, xaskashlab to‘plash,
uyumlash va saqlashga qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Pichanni o‘ta
quritib yubormaslik muhim ahamiyatga egadir.
— Pichanni presslab yig‘ishtirish texnologiyasida o‘rish (ba’zan,
ezish), titish, uyumlash, uni ag‘darish, yig‘ishtirib presslash va trans-
portlash kabi ishlar bajariladi. Bu texnologiyada ob-havo
va mexanik
ta’sirining salbiy natijasi keskin kamayadi,
pichan tabiiy sifatini
pasaytirmasdan saqlanadi, isrofgarchilik va tannarx kamayadi.
— Pichanni maydalab yig‘ishtirish texnologiyasida o‘t-o‘lanni
o‘rib-ezib, quritish, titish, xaskashlab to‘plash, ag‘darish, terib olish
va 3-5
sm uzunlikda maydalash, uni transportlash va qo‘shimcha
quritish bajariladi.
Senaj tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘rilib eziladi, dalada
qisman quritilib, namligi 50-55%
gacha kamayganida, 20-30 sm
uzunlikda maydalanadi va senaj minorasi yoki transheyaga soli-
nadi, zichlanadi va germetik yopiladi.
Pichan uni tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘riladi, eziladi,
titiladi, uyumlarni to‘plash,
maydalash, transportlash, sun’iy
quritib, servitaminli un yoki granulalar olinadi.
354
Silos tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘rilib
maydalanadi,
yuklanadi, silos minoralari yoki transheyalariga solinadi, tuzlanadi,
zichlanadi va tuproq bilan ko‘miladi.
Dostları ilə paylaş: