Bilim sohasi


  VIII. Kreditlarni olish uchun talablar (Talabalarning bilimini nazorat qilish va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix03.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#106895
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
1-bosqich namunaviy Oquv dasturi UMUMIY 2022 yil sirtqi

4. 
VIII. Kreditlarni olish uchun talablar (Talabalarning bilimini nazorat qilish va 
baholash mezonlari): 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻla o„zlashtirish, tahlil natijalarini toʻg‟ri aks ettira 
olish, oʻrganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat 
shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat boʻyicha yozma ish yozish. 
Talabalar bilimini baholash 
Talabalarning “Oliy matematika” fanidan olgan bilimlari oraliq nazorat va yakuniy nazorat 
turlari bo‟yicha baholanadi.
Оrаliq nаzоrаt sеmеstrdа ikki mаrtа o‟tkаzilаdi, yakuniy nаzоrаt – sеmеstr yakunidа 
mаzkur fаn bo‟yichа nаzаriy bilim vа аmаliy ko‟nikmаlаrni tаlаbаlаr tоmоnidаn o‟zlаshtirish 
dаrаjаsini aniqlash maqsadida o‟tkaziladi. Talabaning o„zlashtirish natijalari “5” baho tizimda 
baholanadi.
“Oliy matematika” fani bo‟yicha talabaning bilim saviyasi, ko‟nikma va malakalarini 
baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
5 baholik tizim 
Talabalarning bilim darajasi 

A‟lo 
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. 
Mustaqil 
mushohada 
yurita 
olish. 
Olgan 
bilimlarini amalda qo‟llay olish. Mohiyatini 
tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega 
bo‟lish. 

Yaxshi 
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini 
amalda qo‟llay olish. Mohiyatini tushuntirish. 
Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‟lish. 
3 
Qoniqarli 
Mohiyatini 
tushuntirish. 
Bilish, 
aytib 
berish.Tasavvurga ega bo‟lish. 
2 
Qoniqarsiz 
Aniq tasavvurga ega bo‟lmaslik. Bilmaslik. 
‒ ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting 
nazorat jadvallari asosida o‟tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 1 haftasi mobaynida o‟tkaziladi.
‒ JN va ON nazoratlarda “ 2 “ (qoniqarsiz) baho olgan va uzrli sabablarga ko‟ra 


13 
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat 
turigacha, so‟nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‟lgan muddat 
beriladi. 
‒ ON turini o‟tkazish va mazkur nazorat turi bo‟yicha talabaning bilimini baholash tegishli 
fan bo‟yicha o‟quv mashg‟ulotlarini olib borgan professor-o‟qituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi
‒ YaN turini o‟tkazish va mazkur nazorat turi bo‟yicha talabaning bilimini baholash o‟quv 
mashg‟ulotlarini olib bormagan professor-o‟qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan 
bo‟yicha o‟quv mashg‟ulotlarini olib borgan professor-o‟qituvchi yakuniy nazorat turini 
o‟tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 
‒ Talaba tegishli fan bo‟yicha yakuniy nazorat turi o‟tkaziladigan muddatga qadar oraliq 
nazorat turini topshirgan bo‟lishlari shart. 
‒ ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‟yicha “2” (qoniqarsiz) baho 
bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
‒ YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‟yicha “2” 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
‒ Oliy ta‟lim muassasasida nazorat turlarini o‟tkazilishi tegishli oliy ta‟lim muassasasining 
ta‟lim sifatini nazorat qilish bo‟limi tomonidan doimiy ravishda o‟rganib boriladi. Bunda 
nazorat turlarini o‟tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‟tkazilgan nazorat 
turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‟tkazilishi mumkin. 
‒ Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‟lsa, fan bo‟yicha nazorat turi natijalari e‟lon 
qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi 
mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‟ra, rektor buyrug‟i bilan 3 (uch) 
a‟zodan kam bo‟lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. 
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‟rib chiqib, shu kunning o‟zida 
xulosasini bildiradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin