Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud 
bo’ladi. Ular omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va 
zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga 
erishtiradi. 
Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin 
emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot-matonat 
bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi.
Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga 
nisbatan doimo yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik 
yo’li bilan emas, balki xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning 
hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil" - 
degan shiordir. 
Sog’lom shubhalilik - bunday rahbar ko’pincha "har narsada shubhada bo’l" 
degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog’lom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib 
ko’rishdan qo’rqitib, erishishlari mumkin bo’lgan narsalardan mahrum etilishini 
yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular o’z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha 
bilan qarash ishchan mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish 
yo’lida kishi kuchiga kuch qo’shishni yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste'dodga to’g’ri 
mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini 
yaxshi tushunadi. 
Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin 
yurakdan gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular 
samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab 
etishini, shuningdek, kimki o’zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo’lishga 
odatlangan ekan, u pirovard natijada o’z-o’ziga ham samimiy bo’laolmay qolishini 
yaxshi tushunishadi. 
Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo’ladi. Ular boshqalarni 
ko’p narsada kechirishadi, ammo o’zlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular 
rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi 


62
doimo odamlarga yordam qo’lini cho’zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib 
turish lozimligini yaxshi tushunadilar. 
Xushxulqlilik - bunday rahbar inson go’zalligining asosi uning chiroyli 
xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq 
egasidan barcha katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni 
xursand qilishdan tashqari, o’zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa 
o’ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. 
Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya'ni nafs 
balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs 
balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir 
yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o’lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan 
daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. 
Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan
rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori 
turuvchi rahbarlar oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan 
huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim. 
Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida 
salbiy hodisalarga yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkazishi va el 
nazaridan qolishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin