Xulosa
AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy bozorni qisqa va
uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish
va baholash uchun asos yaratadi. Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik
xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar
va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Baholar darajasi va talab qilingan milliy
mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi
AD egri chizig‘i traektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi
tenglamasi bilan hamda baho
omillari bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan
izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga
yoki chapga
siljiydi. AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli
davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD
dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda
turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va
AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy
muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi
baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi. AS egri chizig‘i ishlab
chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi
hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga
siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish
sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin. IS-
LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har ikki bozorda birgalikda
muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi modeldir. IS egri chizig‘i tovar va xizmatlar
bozorida paydo bo‘ladigan daromadlar darajasi va foiz stavkasining
kombinatsiyalarini
ko‘rsatadi. IS egri chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib topadi.
LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz
stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM egri chizig‘ining har bir
nuqtasida pul bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. IS va LM egri chiziqlarining kesishuv
nuqtasi har ikki bozor uchun muvozanat nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat
iste’mol, investitsiya, sof eksport va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq
qanoatlantiradi.Model unda IS va LM egri ichiziqlarining holati aks ettiradigan makroiqtisodiy
vaziyatdan kelib chiqib makroiqtisodiy siyosat usullarning qay birini qo‘llash,
yoki ularni
muvofiqlashtirish masalalarini hal etish imkonini beradi.Tarmoqlararo modellar majmuasi
yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellami o ‘zi ichiga oladi. Tizimning
hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda
moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarining sarmoya qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va
boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy ko‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli
tarmoqlararo balansini tuzish uchun qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Zamonaviy dinamik