Dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha 107966/123-22 son shartnoma


IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari



Yüklə 100,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü100,37 Kb.
#108094
1   2   3
4d592091b376a1e9ca1ef5af00ee9bed09c79382

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
8. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir 
qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish zarur bo‘lganda ushbu Shartnomani o‘zgartirishni 
yoki bekor qilishni Ijaraga oluvchidan talab qilish;
Ijaraga beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatga Shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga 
berilishini ta’minlash;
yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan taqdirda Ijaraga oluvchining ko‘rgan 
Norin tumani


zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini to‘lash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxtlarni sug‘orish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda suv berilishini ta’minlash;
Ijaraga oluvchining qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.
Ijaraga beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
10. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda mustaqil ravishda ish yuritish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxt ko‘chatlariga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va uni 
sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish 
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga uchinchi shaxslarga berish huquqisiz ikkilamchi ijaraga berish;
yer uchastkasida mavjud bo‘lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv ob’ektlaridan 
xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini 
ishga solish;
sug‘orish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda 
amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan 
limitlarga muvofiq suv olish;
yerlar olib qo‘yilgan taqdirda o‘ziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani Ijaraga 
beruvchidan belgilangan tartibda talab qilish.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
11. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilan yo‘nalishga 
muvofiq saqlash, shuningdek, yer uchastkalari 10 yil muddatga ijaraga berilgan hollarda ko‘p yillik 
daraxtzorlar barpo etmaslik;
yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini 
oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi va tejamkor texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik 
faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda 
saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni 
amalga oshirish;
yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari 
mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;


belgilangan shakllardagi hisobotlarni vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish;
boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari 
mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda to‘lash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini (uch yil ichidagi o‘rtacha yillik hisobda) yerlarning 
normativdagi kadastr bahosidan past bo‘lmagan darajada bo‘lishini ta’minlash;
o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquq (servitut)laridan foydalanishini 
ta’minlash;
ochiq elektron tanlovda er uchastkalarini ijaraga olish bo‘yichao‘z zimmasiga olgan majburiyatlar 
va kelgusidagi rejalarni o‘z muddatlarida bajarish.
Ijaraga berilgan yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonunchilik hujjatlarida 
nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo‘pol ravishda 
buzilishi hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.

Yüklə 100,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin