128
6. O‘z so‘zi va ishining bir-biriga mos kelmasligi.
7. Turli norasmiy atamalardan va iboralardan, masalan, sport
amaliyotida keng tarqalgan jargonlardan foydalanish (misol uchun,
“startoldi lixoradkasi” o‘rniga “mandraj” va hokazo).
Pedagogik muomalani tarbiyalash, murabbiyning bu borada o‘z-o‘zini
takomillashtirishga intilishi – uning pedagogik mahorati oshib borishidagi
muhim jihatidir. Murabbiyning obro‘sini asosan unga xos bo‘lgan
quyidagi fazilatlar ta’minlaydi: mehnatga halol munosabatda bo‘lish,
rostgo‘ylik, haqqoniylik, kamtarlik, intizomlilik, o‘quv va mashg‘ulot
jarayonlariga ijodiy, navatorlik bilan yondashuv, kuzatuvchanlik, analitik
tafakkur yurita bilish, maxsus intuitsiyaga ega bo‘lish va hokazolar.
Bulardan tashqari murabbiyning obro‘si yuqori ishchanlik qobiliyati, sabr-
matonatlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, murakkab vaziyatlarda o‘ziga
ishongan holda harakat qila olish kabilar ham tashkil etadi. Murabbiyning
obro‘si, shuningdek, uning qanchalik muomala qila bilishi, e’tiborliligi,
g‘amxo‘rliligi, boshqalarga nisbatan hurmat va xayrixohlik bilan
munosabatda bo‘la olishi, o‘zaro hamkorlarini tushuna olishi, o‘zgalarga
xolis va adolatli baho berishi, talabchanlikdagi adolatliligi, muomala
madaniyatiga ham bog‘liqdir. Har bir murabbiyning uzoq yillik ish
faoliyati jarayonida sportchilar guruhini yoki alohida sportchilarni
boshqarish borasida faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan individual
boshqaruv uslubi shakllanadi.
Sport psixologiyasida murabbiyning bir-biridan keskin farq qiluvchi
uchta boshqaruv uslubini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Avtokratik boshqaruv ish uslubi murabbiyning yolg‘iz o‘zi tomonidan
boshqarilishini anglatadi, ya’ni barcha qarorlarni qabul qilish faqat
murabbiy zimmasida bo‘ladi. Avtokratik boshqaruv uslubida rahbarlik
qiluvchi barcha murabbiylarning ta’siri asosan buyruqlar, ultimatum
shaklidagi talablar, farmoyishlar tarzida bo‘ladi. Avtokratik boshqaruv
uslubida ish yurituvchi murabbiylar odatda o‘zining har qanday taklifiga
rozi bo‘laveradigan sportchilarga alohida hurmat va hayrixohlik bilan
qaraydi. Shu sababli ular boshqaradigan jamoalarda odatda o‘ziga xos
Dostları ilə paylaş: