Hakamlik blanklari o‟z vazifasiga ko‟ra guruhlarga bo‟linadi.
Talabnoma hujjatlar:
- talabnoma (erkaklar va ayollar uchun alohida);
- ishtirokchi varaqasi (umumiy, o‟nkurash uchun, yettikurash uchun, estafeta jamoasi
uchun);
- ishtirokchi so‟rovnomasi, jamoa tarkibi haqida so‟rovnoma – ma‟lumotnoma.
Yugurish va sportcha yurish uchun hujjatlar:
-
umumiy qaydnoma;
- final
qaydnomasi;
- marra qaydnomasi;
- vaqt o‟lchovchi qaydnomasi;
- fotomarra qaydnomasi;
- oraliq vaqt qaydnomasi;
- davralar bo‟ylab yugurish qaydnomasi;
-
masofadagi hakam qaydnomasi;
- sportcha yurish bo‟yicha qaydnoma (hakamlik yozuvlari, jamlovchi qaydnoma,
uslub
bo‟yicha hakam qaydnomasi);
- marafoncha yugurish va sportcha yurish trassasida ovqatlanish joyini tashkil etish uchun
talabnoma.
Sakrash va uloqtirishlar uchun hujjatlar:
- uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‟yicha 6 ta urinishga, shuningdek, uloqtirishlar uchun
musobaqa qaydnomalari;
- balandlikka va langarcho‟p bilan sakrashlar bo‟yicha musobaqa qaydnomasi;
Yordamchi hujjatlar:
- qo‟shimcha talabnoma – qayta talabnoma blanklari;
- boshlang‟ich balandliklar haqida ma‟lumotlar;
- shamol tezligini o‟lchash qaydnomasi;
- hakamlarning tayinlanish qog‟ozi;
- musobaqa g‟oliblari va sovrindorlari to‟g‟risida ma‟lumotlar;
- rekordlarni qayd etish dalolatnomalari blanklari;
- sportchilar uchun ko‟rsatilgan natijalar haqida ma‟lumotlar.
Dostları ilə paylaş: