О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

5-Mavzu: Legirlangan po’latlar 
Reja: 
1. Legirlovchi elementlarning pо‟lat strukturasiga va xossalariga ta„siri; 
2. Legirlangan pо‟latlarning turlanishi va markalanishi; 
3. Legirlangan konstruktsion pо‟latlar; 
4. Legirlangan asbobsozlik pо‟latlari
 
 
Tayanch iboralar: legirlangan pо‟latlar; austenitli, ferrit-austenitli va ferritli pо‟latlar; 
xromli, marganesli, xrom-marganesli. Xrom nikelli konstruktsion legirlangan pо‟latlar; alohida 
xossali asbobsozlik pо‟latlari: korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh pо‟latlar. 
 
Legirlovchi elementlarning pо’lat strukturasiga va 
xossalariga ta‘siri 
Agar po‟lat tarkibida ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud bo‟lsa, Fe-
Fe
3
C digrammasidagi faza o‟zgarish chiziqlari o‟zgaradi. Ferrit, austenit, sementit fazalaridagi 
uglerodning erishi va ularning muvozanat harorati turlicha bo‟ladi. Demak, qotishmaga o‟zga 
qo‟shimchalar qo‟shib, struktura o‟zgarishlariga erishish orqali po‟lat xossalarini boshqarish 
mumkin. Bunday maqsadda qo‟shiladigan qo‟shimchalarni legirlovchi elementlar
qotishmalarni esa legirlangan po’latlar deyiladi. Po‟lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi 
elementlar sifatida Cr, Mo, Co, Ni, V, Ti, W, Zr, Nb, Mn va Si kabi elementlar qo‟llaniladi, ular 
po‟latning fizik, mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi. 
Legirlovchi elementlar po‟lat polimorfizmiga ham ta‟sir qiladi. Polimorf o‟zgarish 
harorati temirda erigan elementlarning xususiyati va miqdoriga bog‟liq bo‟ladi. 
Legirlangan po‟lat uglerodli po‟latda yo‟q xossalarga ega, uglerodli po‟latdagi 
kamchiliklar legirlangan po‟latda bo‟lmaydi. Legirlangan po‟latlardan foydalanish metall 
sarfini kamaytiradi, buyumning puxtaligi va uzoq muddat ishlashini ta‟minlaydi. 
Quyida legirlovchi elementlarning po‟lat xossalariga qanday ta‟sir etishi ko‟rsatilgan: 
1. 
Xrom – po‟latning qattiqligi, mustahkamligini oshiradi, plastikligini esa ozgina 
kamaytiradi. Xrom miqdori 13% dan ortiq bo‟lsa, po‟lat korroziyabardosh bo‟ladfi; 
2. 
Nikel – po‟latning mustahkamligi, plastikligi, korroziyabardoshligi va zarbga qarshiligini 
oshiradi
3. 
Volfram – po‟latning qattiqligi va qizdirilgan holatdagi chidamliligini keskin oshiradi; 
4. 
Vanadiy – zichligini, mustahkamligini, mayda donli bo‟lishini, zarb ta‟siriga, ishqalanib 
yeyilishga, uzilishga qarshiligini oshiradi; 
5. 
Kobalt – issiqbardoshligini, magnit singdiruvchanligini oshiradi; 
6. 
Molibden – qizdirilgan holatdagi chidamliligini, elastikligini, yuqori haroratlarda 
oksidlanishga qarshiligini oshiradi; 
7. 
Kremniy - miqdori 1% dan kam bo‟lganda po‟latning plastikligini kamaytirmagan holda 
mustahkamligi, egiluvchanligi, kislotabardoshligi va magnit singdiruvchanligini oshiradi; 
8. 
Marganes – uning 1% va undan ortiq miqdori po‟latning plastikligini kamaytirmagan 
holda yeyilishga chidamliligini oshiradi; 


9. 
Alyuminiy – po‟latning kuyindi hosil bo‟lishga bardoshliligini oshiradi; 
10. 
Titan – mustahkamligini oshiradi, kristallararo korroziyalanishini kamaytiradi
11. 
Niobiy – korroziyaga qarshiligini va kislotabardoshligini ko‟paytiradi; 
12. 
Seriy – mustahkamligi va plastikligini oshiradi; 
13. 
Sirkoniy – mustahkamlik beradi, donalarining mayda bo‟lishiga yordam beradi; 
14. 
Mis – korroziyalanishini kamaytiradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin