Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Legirlangan po’latlarning turlari va markalanishi Legirlangan pо‟latlar kimyoviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish sohasiga kо‟ra
turlarga bо‟linadi.
Legirlangan pо‟latlar kimyoviy tarkibidagi legirlovchi elementlar soniga qarab xromli,
molibdenli, kremniyli, xrom-nikelli, xrom-nikel- molibdenli va h.k. turlarda bо‟linadi.
Legirlovchi elementlarning miqdoriga kо‟ra kam legirlangan (2,5 % gacha LE), о‟rtacha
legirlangan (2,5...10 % LE) va kо‟p legirlangan (10 % dan kо‟p LE) pо‟latlar guruhlariga
bо‟linadi.
Legirlangan pо‟latlar muvozanat (yumshatilgan) holatidagi va havoda sovitilgandan
keyingi (normallangan) holatdagi strukturasiga kо‟ra turlanadi.
Нavoda sovitilgandan keyin hosil bо‟ladigan strukturasiga kо‟ra legirlangan pо‟latlar
uchta asosiy sinfga (Giye klassifikatsiyasi): perlit, martensit va austenit sinflariga bо‟linadi.
Muvozanat holatidagi strukturasiga kо‟ra legirlangan pо‟latlar evtektoidgacha bо‟lgan
(ferrit kо‟proq), evtektoid (perlit) va evtektoiddan keyingi (karbidlar kо‟proq) pо‟lat sinflariga
bо‟linadi.
Legirlangan pо‟latlar qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab konstruksion (mashinasozlik), asbobsozlik pо‟latlari va alohida xossali pо‟latlar sinflariga bо‟linadi.
Кonstruktsion pо‟latlar mashina detallari tayyorlash uchun, asbobsozlik pо‟latlari esa
kesuvchi, о‟lchov asboblari va shtamp asboblari tayyorlash uchun ishlatiladi.
Legirlangan po‟latlar tegishli harflar va raqamlar bilan markalanadi. Legirlangan po‟lat
markasidagi harflar legirlovchi elementlarni, raqamlar esa ularning % hisobidagi miqdorini
bildiradi. Po‟lat markasida oldin turgan raqamlar shu po‟latning tarkibidagi uglerod miqdorini
foizning yuzdan bir ulushlari hisobida ifodalaydi, harflardan keyin turgan raqamlar esa shu
harflar bilan ko‟rsatilgan elementlarning foiz hisobidagi o‟rtacha miqdorini bildiradi. Masalan,
15X18H22B6M2L markali legirlangan po‟lat 0,15%C; 18%Cr; 22%Ni; 6%W; 2%Mo bo‟lgan
quymakorlik po‟latidir. Legirlovchi elementning miqdori 1% dan kam bo‟lsa, raqam
yozilmaydi. Po‟lat tarkibidagi fosfor miqdori 0,03% dan, oltingugurt miqdori ham 0,03% dan
kamligini, shuningdek, po‟latning yuqori sifatli ekanligini ko‟rsatish uchun shu po‟lat
markasining oxiriga A harfi yoziladi.
Ba‟zi hollarda markadagi belgilar sonini kamaytirish uchun GOST dan bir qadar chetga
chiqiladi. Masalan, tarkibida 1% dan ortiq uglerod bo‟lgan po‟latning markasida shu uglerod
miqdorini ko‟rsatuvchi raqamlar yozilmaydi. Masalan, X12M – bu po‟lat tarkibida uglerod
miqdori 1,45
1,70 %.
Agar po‟lat markasining oldida ikkita raqam bo‟lsa, uglerodning miqdori foizning
yuzdan bir ulushi hisobida, bitta raqam bo‟lsa o‟ndan bir ulushi hisobida ekanligini bildiradi.
Masalan, 9XC – markali legirlangan asbobsozlik po‟latlarida o‟rta hisobda 0,9% uglerod bor.
Legirlangan po‟lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,04% gacha bo‟lsa, po‟lat markasi oldiga ikkita
nol, 0,04
0,08% gacha bo‟lganda esa bitta nol yoziladi. Masalan, 00X18H10 markali po‟latda
uglerod miqdori 0,04% dan kam.
Legirlangan po‟latni markalashda legirlovchi elementlar quyidagi harflar bilan
belgilanadi: X – xrom; H – nikel; A – azot; B – volfram; Ф – vanadiy; Г – marganes; П –
fosfor; Д – mis; Ю – alyuminiy; Ц – sirkoniy; Б – niobiy; E – selen. Bu belgilardan tashqari
po‟latlarning butun boshli guruhini xarakterlovchi harflar ham qabul qilingan: Ш – sharikli
podshipnikbop, Е – magnitlanadigan va Э – elektrotexnik.
Standatga kirmagan po‟latlar ЭИ va ЭП harflari va undan keyin qo‟yiladigan
tartib raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, ЭИ 154, ЭП 398 (bu yerda, Э – zavod nomini, И –
po‟latning tadqiqiyligini, П – po‟latning sinaluvchan ekanligini bildiradi).