Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Tayanch iboralar: cho‟yan, oq cho‟yan, kulrang cho‟yan, bolg‟alanuvchan cho‟yan, juda
puxta cho‟yan.
Umumiy ma’lumot Temir-uglerod qotishmasi tarkibidagi uglerod miqdori 2,14% dan ko‟p bo‟lgan
qotishmalar shartli ravishda cho’yanlar deb ataladi. Cho‟yanlar tarkibida po‟lat tarkibiga
qaraganda qo‟shimchalar (kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt) ning miqdori ko‟p bo‟ladi.
Shuning uchun cho‟yanning xossalari ana shu qo‟shimchalar miqdoriga bog‟liq bo‟ladi.
Qotishma tarkibidagi uglerodning miqdori va shakli cho‟yan strukturasi va xossalarini
belgilaydi, ana shunga qarab cho‟yanning turlari quyidagicha bo‟lishi mumkin: 1) agar uglerod
qotishmada asosan kimyoviy birikma holida bo‟lsa, bunday qotishmalar oq cho’yanlar deb
ataladi; 2) agar qotishmada uglerod sof grafit holida bo‟lsa, grafitning shakliga qarab, qotishma
kulrang, bolg’alanuvchan va yuqori mustahkamlikka ega cho’yanlar deyiladi.
Cho‟yan tarkibidagi uglerod karbid (Fe
3
C), grafit (C) va qattiq eritma holatida bo‟ladi.
Cho‟yanlar metall asosiga ko‟ra perlit, ferrit va perlit–ferrit strukturalarga ega bo‟lishi mumkin.
Cho’yan xossalariga qo’shimcha elementlarning ta’siri Cho‟yanlarning oq yoki kul rang bo‟lishi, asosan, ular tarkibidagi qo‟shimcha
elementlarning miqdoroga, bu elementlarning o‟zaro munosabatiga bog‟liq. Cho‟yanlarda
doimo bo‟ladigan elementlar (C, Si, Mn, P va S) ning cho‟yan strukturasiga qanday ta‟sir etishi
bilan tanishib chiqamiz.
Uglerod. Uglerod cho‟yan tarkibidagi muhim elementlardan biri bo‟lib, uning miqdori
oddiy quyma cho‟yanlarda 3,2% dan 3,5% gacha, sifatli cho‟yanlarda esa 2,7% gacha yetadi.
Cho‟yanda uglerod ikki xil ko‟rininshda: grafit ko‟rinishida, ya‟ni erkin holatda va kimyoviy
birikma (Fe
3
C) – sementit ko‟rinishida bo‟ladi. Cho‟yanda uglerod qancha ko‟p bo‟lsa, grafit
ajralib chiqishi ham shuncha ko‟p bo‟ladi.