Latunlar Л harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, Л96, Л62, Л59 va hakozo. Л
harfi qotishmaning nomini (latun), raqamlar esa qotishma tarkibidagi mis miqdorini bildiradi.
Keng tarqalgan latunlarning yumshatilgan holatdagi mexanik hossalari quyidagicha:
-
latunlar Л 96 (tompak), Л80 (yarim tompak) va Л70:
в
= 240...320 MPa;
= 50...52 %.
+
- latunlar Л62 va Л59:
в
= 360...390 MPa;
= 44...49 %.
Bu
latunlar listlar, tasmalar, polosalar,
trubalar, chiviqlar va simlar tarzida ishlab
chiqariladi.
Maxsus latunlar Л harfi, qо‟shilgan elementlarni bildiruvchi harflar va tegishli raqamlar
bilan markalanadi, masalan, ЛС-74-3, ЛO70-1, ЛAН 59-3-2, ЛMц 58-2 va hakozo. Markadagi
birinchi son misning, keyingi sonlar esa tegishli elementlarning % hisobidagi о‟rtacha
miqdorini kо‟rsatadi. Legirlovchi elementlar quyidagicha belgilanadi:
alyuminiy -A,
qо‟rg‟oshin-С, qalay-O, temir-Ж, nikel-Н, marganes-Mц, kremniy esa-K bilan belgilanadi.
Latun markasining oxirida Л harfi bо‟lsa, uning quymabop latun ekanligini bildiradi, masalan,
ЛK80-3Л, ЛAЖ60-1-1Л va hakozo. Markasi oxirida Л harfi bо‟lmagan latunlar
deformatsiyabop latunlardir.
Quymabop latunlar nam atmosferada korroziyabardosh bо‟ladi
va kesuvchi asboblar
bilan oson ishlanadi. Bu latunlardan podshipnik vtulkalari, turli armaturalar, korroziyabardosh
detallar quyiladi.
Deformatsiyabop
latunlardan radiator naylari, gorflangan trubalar, tug‟ri truba, sim va
boshg‟a buyumlar tayyorlanadi.
17 - rasm. Ikki fazali (
+
) latunning mikrostrukturasi.
Bronzalar. Misning qalay, alyuminiy, qо‟rg‟oshin, berilliy va boshqa elementlar bilan
hosil
qilgan qotishmalari bronza deb ataladi.
Bronzalar
Бр. harflari, tarkibidagi elementlarni bildiruvchi harflar va shu elementlarning
% hisobidagi о‟rtacha miqdorini kо‟rsatuvchi raqamlar bilan markalanadi. Masalan, Бр.
OНС11-4-3 marka bronzaning о‟rta hisobda 11% qalay, 4% nikel, 3% qо‟rg‟oshin va qolgani
misdan iborat ekanligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: