14
• urs ishida mavzuni tadqiq qilish orqali ishlab chiqilgan xulosa va
amaliy tavsiyalarning saviyasiga
III
Kurs ishi himoyasi bo‘yicha
• Ravon nutqda fikrini ifodalay olishi
• Kurs ishining asosiy qismi bo‘yicha taqdimotning mavjudligi
• Kurs ishi yuzasidan savollarga aniq va ravshan bergan javobi
uchun
5
O’RTACHA (I+II+III) /3
5
Kurs ishi himoyasiga qo‘yilgan ball saralash baho (3 baho)dan kam bo‘lsa,
talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “qoniqarsiz”
(akademik qarzdor) deb hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabaga kurs ishini qayta rasmiylashtirishi
va himoya qilishi
uchun
bir hafta muhlat beriladi. Shu muddat davomida ham kurs ishidan 3 bahodan
kam baho olgan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning
buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.
Kurs ishi himoyasining baholanishidan norozi talabalar natijalar e’lon
qilingan
kundan boshlab
1 kun davomida fakultet dekanatiga elektron shaklda ariza bilan
murojat etishlari mumkin. Bunday hollarda kafedra mudirining taqdimnomasiga ko‘ra
fakultet
farmoyishi bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda appelyatsiya
komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ishtirokida kurs
ishi himoyasi qayta tashkil
etiladi.
Talabalarning kurs ishi himoyasining natijalaridan olgan ballari himoya yakunida
HEMIS tizimida hamda
qaydnoma va
baholash daftarchasiga qayd etiladi.
Talabalarning kurs ishlari electron shaklda kafedrada saqlanadi.