8-Mavzu: Zamonaviy pedagog modeli reja: O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari



Yüklə 342,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix06.05.2023
ölçüsü342,17 Kb.
#108876
  1   2   3   4   5   6
8-mavzu



8-Mavzu: Zamonaviy pedagog modeli 
 
REJA: 
1. 
O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari.
2. 
O‘qituvchi shaxsining yo‘nalganligi. 
Insonda 
professionalizmni 
tashkil 
etuvchi 
unsurlardan 
biri 
kompetensiya hisoblanadi. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy olimlar 
tomonidan unga turli-tuman tushunchalar, har xil fikrlar berilayotganligi 
haqida fikr yuritgan edik. Xorij adabiyotlarida kompetensiyani “chuqur 
bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”, 
“faoliyatni dolzarb va tezkorlik bilan bajarish qobiliyati”, deb 
tushuntirishga urinadilar. 
Kasbiy kompetensiya mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi jarayonlarida 
shakllanadi va takomillashib boradi. Oliy o‘quv yurtida olib borilgan ta’lim 
kasbiy kompetentlik asoslarini shakllanishi jarayoni deb qaralsa, malaka 
oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya takomillashuvi va yanada 
chuqurlashuvi jarayoni sanaladi hamda kampetensiyaning oliy darajaga 
ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda, albatta, “kompetentlik” va 
“kvalifikatsiya” – “malaka” tushunchalarining pedagogik mohiyatini bir-
biridan farq qila bilishni talab qiladi. Mutaxassis uchun berilgan malaka 
undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi, balki o‘quv jarayonlari 
davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim standartlari talablariga javob 
berishini ta’minlaydi. Kvalifikatsiya bu, kasbiy ta’limning shunday turi va 
darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis uchun ma’lum bir ish joyida ishlash 
imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga ega 
bo‘lmay turib, malaka oshirishi mumkin. Shulardan ko‘rinib turibdiki
“professionalizm” tushunchasi “kasbiy kompetensiya” tushunchasiga 
nisbatan ancha kengroqdir. Professional 
– 
o‘z kasbining ustasi bo‘lish, nafaqat bilish, ularni qanday amalga 
oshirishni bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq eta olish 
hamda samarali natijalarga erishishi ham demakdir. Professionalizm 
deganda, unga baho berishda, so‘z samarali kasbiy faoliyat to‘g‘risida 
bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va professionalizm haqida va ularni 
bir-biridan ajratib turuvchi jihatlari to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak, 
professionalizm mutaxassis kasbiy jihatdan o‘sishining turli qirralarini aks 
ettiradi va kasbiy kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida ta’minlaydi. 
1. 
Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi kasbiy kompetentlik oliy 
darajadagi kasbiy faoliyat hisoblanib, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus 
bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni amaliyotda qo‘llay olishni bilish 
demakdir. 
2. 
Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladigan faoliyat 
usullarini egallaganlik, kasbiy muloqot usullariga ega bo‘lish. 
3. 
Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini namoyish qilish va 


rivojlantirish, kasbiy deformatsiya, tanazzulni oldini olish, usullarini 
egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni 
rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni anglash 
xususiyatlari ham kiradi. 
4. 
Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini 
egallaganlik, kasbiy o‘sishga tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr- toqat 
xislatlari bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 342,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin