4-Mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi


Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi ko‘pxudolik



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix06.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#108880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi ko‘pxudolik. 
Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb 
yuritiladi. “Johiliya” so‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo-
Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu so‘z islom olimlari tomonidan 
islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 
100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash
yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul.
Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez tez bo‘lib 
turadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga 
sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi 
mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi 
Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi 
Ka’baga sanamlar to‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam 
bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir 
necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo‘yilgan 
bo‘lishi mumkin.
Islomgacha badaviy (ko‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini etakchi 
bo‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari 
edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yo‘q bo‘lib ketdi, 
ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab 
kelmoqda. 

asr 
boshigacha 
ko‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda 
ko‘pxudochilik saqlangan bo‘lsa. O‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama 
tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bo‘ladigan katta bozorlarga savdo-
sotiq uchun na faqat ko‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va 
yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga 
kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab 
1
(CD-ROM диск: Энциклопедия стран мира. Version 1.0. Copyright 2001. Studio Korax). 



qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘g‘li 
Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning 
boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka o‘tishga ma’lum ma’noda 
tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga 
singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida o‘rin olishi uchun hayotini 
shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin