Ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylaridagi hisobi. Korxonalarda ishlab
chiqarish zaxiralarining saqlanish joylari bo‘lib omborlar, sexlar, maydonchalar,
uchastkalar, molxonalar va boshqalar hisoblanadi. Barcha saqlash joylarida zaxiralar
bo‘yicha aniq moddiy javobgar shaxslar belgilanadi va ular bilan moddiy javobgarlik
to‘g‘risida shartnomalar tuziladi.
Moddiy javobgar shaxslar bo‘lib ombor mudirlari, sex boshliqlari, xo‘jalik bo‘limi
mudirlari, prorablar, garaj boshlig‘i, mol boqar cho‘ponlar, bo‘rdoqichilik bazalari
mudirlari va boshqalar hisoblanadi.
Moddiy javobgar shaxslarning asosiy vazifalariga ishlab chiqarish zaxiralarini o‘z
vaqtida kirim qilish, korxona raxbari farmoyishi bilan ularni ishlab chiqarish sexlari va
uchastkalariga ko‘rsatilgan miqdorda berish, moddiy boyliklarni butligini to‘liq
ta’minlash, talon-tarojlikga yul qo‘ymaslik, zaxiralarning kirim va chiqimini to‘g‘ri va
o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ularning holati va harakati to‘g‘risida
hisobotlarni belgilangan muddatlarda to‘g‘ri tuzish va buxgalteriyaga topshirish kiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralari ularning saqlanish joylarida soniy va summaviy jixatdan
miqdor va pul o‘lchovlarida hisobga olinadi. Buning uchun har bir ishlab chiqarish
zaxirasiga inventar kartochka ochiladi yoki umumiy obmor kitobi yuritiladi. Bunda
quyidagi boshlang‘ich va jamlama hujjatlar ishlatiladi:
•
Kirim bo‘yicha: 1. Schyot faktura – tashqi ta’minotchilardan olingan ishlab chiqarish zaxiralarini
qabul qilishda.
2. Nakladnoy- ichki bo‘linmalardan kirim qilishda.
3. Qabul qilish dalolatnomasi – ta’sischilardan, boshqa shaxslardan qaytarib
bermaslik sharti bilan qabul qilinganda, ichki almashuvda, yordamchi ishlab chiqarishdan
olinganda, ilmiy izlanishlar va tajriba –konstruktorlik ishlanmalari natijasi sifatida kirim
qilinganda va boshqa hollarda.
4. Inventarizatsiya varag‘i va taqqoslama qaydnoma – inventarizatsiyada
ortiqchalar aniqlanganda, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinsisiga topshirilganda
•