3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Asosiy qism – unda hisoboti berilayotgan hisob ob’ektiga doir yig‘ma ma’lumotlar 
ko‘rsatiladi. 

Rasmiylashtirish qismi  - unda korxona rahbari va bosh hisobchisining familiyasi
ismi-sharifi, hisobot tuzilgan sana ko‘rsatiladi. Shuningdek ushbu qismga ma’lumotlarni 
to‘g‘riligi hamda rahbar va bosh hisobchining imzolarini tasdiqlashga guvohlik beruvchi 
korxona muhri qo‘yiladi.  
Moliyaviy hisobotning realligiga korxona rahbari javob beradi. 
Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining eng oxirgi 
kalendar kuni hisoblanadi.
Hisobot davri bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

Hisobot yilida to‘liq yangi tashkiliy o‘zgarishlarsiz ishlagan korxonalar uchun – 
hisobot yilning 1 yanvaridan shu yilning 31 dekabr kunining oxirigacha olingan davr.

Hisobot yilida tuzilgan korxonalar uchun – tashkil topgan kunidan hisobot yilning 
31 dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan davr, 1 oktyabrdan keyin tashkil topgan 
korxonalar uchun –tashkil topgan kundan boshlab keyingi yilning 31 dekabr kunining 
oxirigacha bo‘lgan davr.

Hisobot yilida o‘z faoliyatini tugatgan korxonalar uchun –hisobot yilning boshidan
tugatilgan kungacha bo‘lgan davr. 
Moliyaviy hisobotda ma’lumotlar ming sum hisobida yaxlitlangan holda 
ko‘rsatiladi. Unda tasdiqlangan Qoidalarga muvofiq ma’lumotlarni o‘chirish, buzib 
to‘g‘rilash hollari bo‘lmasligi shart. 
Moliyaviy hisobot quyidagi instansiyalarga majburiy holda topshiriladi: 

Soliq idorasiga; 

Bankga; 

Statistika organiga. 
Yuqori tashkiloti bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotini unga topshirishlari lozim. 
Moliyaviy hisobotlar tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuqorida nomlari zikr etilgan 
organlarga quyidagi muddatlarda topshirilishi lozim: 

Choraklik hisobotlar –chorakdan keyingi oyning 25 sanasigacha bo‘lgan 
muddatda; 

Yillik hisobotlar – keyingi yilning 15 fevraligacha bo‘lgan muddatda, qo‘shma 
korxonalar esa –keyingi yilning 15 martigacha bo‘lgan muddatda

Vazirliklar –keyingi yilning 1 apreligacha bo‘lgan muddatda. 
Moliyaviy hisobotning alohida shakllarini tuzish tartibi va ulardan foydalanish 
to‘g‘risida darslikning keyingi alohida bobida to‘xtalib o‘tamiz.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


45 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin