56
7.Uskunalar – presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik
funksiyalarni bajaruvchi
asbob- uskunalar.
8.Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari- ish stollari, dastgohlar, baklar,
sandiqlar va boshqalar.
9.Ofis mebeli va jihozlari – shkaflar,
stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar,
yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va
boshqalar
10.Ishchi va nasldor hayvonlar – otlar, tuyalar, ho‘kizlar,
sigirlar, bo‘qalar,
qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan
hayvonlar.
11.Ko‘p yillik o‘simliklar – bog‘lar, o‘rmonlar va boshqalar
12.Kutubxona fondi – badiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi
adabiyotlar ( kitoblar).
13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan
mablag‘lar – yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish,
ko‘kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‘rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va
boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar
14.Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar – muzey va
zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga
qilingan kapital sarflar, turli
namunalar va boshqalar.
Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy
vositalarga kiritilmaydi, jumladan :
•
Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari ularning
qiymatidan qat’iy nazar;
•
Yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar;
•
Mahsus
kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa– yostiqlar qiymatidan qat’iy nazar
( mehmonxonalar bundan mustasno );
•
Munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar)
•
Ko‘chatxonalarda ekish uchun o‘stirilayotgan ko‘chatlar;
•
Baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar.
Dostları ilə paylaş: