2.8-rasm.Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan sug’urta shartnomalari
dinamikasi.
Mol-mulk sug’urtasi kompaniyaga tushgan sug’urta mukofotlarining eng katta
qismini tashkil etadi.
2012-yilda bu yo’nalishda 4,3mlrd.so’m sug’urta mukofoti yig’ildi, bu o’tgan
yilgi bilan solishtirganda 128,1% ni tashkil etadi.
46
Kompaniya bu yo’nalishda tarkibida sug’urta bozorida yangi maxsulot
hisoblangan axborot xavfini sug’urtalash kabi keng spektrdagi sug’urta xizmatlarini
ko’rsatadi.
Sug’urta tushumlarining katta qismi quyidagi sug’urta xizmatlari hisobiga
amalga oshirildi:
-Mol-mulk sug’urtasi;
-elektron tehnika va qimmatbaho uskunalar sug’urtasi;
-qurilish-montaj xavfini sug’urtalash;
-yuklarni sug’urtalash;
Sug’urtaning bu turi bo’yicha xizmatlarga asosiy talablar korporativ mijozlar
hisoblanadi.
Shular bilan bir qatorda, kompaniya jismoniy shaxslar uchun sug’urta
xizmatlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish ham alohida e’tibor qaratadi.
2012-yilda yangi sug’urta maxsuloti turar joy, uchastka va fuqaro mulklarining
boshqa turlarini sug’urtalashni ishlab chiqdi va joriy qildi.
2012-yilda sug’urta mukofotlarining transport sug’urtasi yo’nalishdagi umumiy
miqdori 3,8 mlrd.so’mni tashkil etdi, bu o’tgan yilgiga qaraganda 147,8%ga o’sgan
edi, sug’urta majburiyatlarining hajmi 53,4%ga o’sdi. Ko’rsatgichlardagi bu
o’sishlarga transport vositalari egalarining fuqaroviy javobgarligini majburiy
sug’urtalash, mijozlarga xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, sug’urta polislarini
zamonaviy dasturiy maxsulotlar va assistant yordamida rasmiylashtirish hisobiga
erishiladi. “Alskom trans servis” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
Kompaniyaning transport bo’yicha majburiy va ixtiyoriy sugurta turi keyingi
yillarda sezilarli darajada oshgan.(2.9-rasm). 2012-yilda kompaniya ixtiyoriy tibbiy
sug’urtalash uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi litsenziyasini oldi.
Talabgorlarga sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida tibbiy assistanc
xizmatini ko’rsatuvchi “Global Assist” MCHJ bilan hamkorlik o’rnatildi, Ixtiyoriy
tibbiy sug’urta bo’yicha ixtisoslashtirilgan bo’lim tashkil etildi. Faoliyat tashkil
etilishining birinchi yilidayoq bu xizmatdan 1490 mijoz foydalandi.
47
0
500
1000
1500
2000
2500
3000
3500
4000
Dostları ilə paylaş: |