Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari.
Masofaviy ta’limning metodik,
iqtisodiy, sotsial yutuqlar va
afzalliklari, hamda
kamchilik va salbiy tomonlari mavjud.
Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Dars jadvalni qulayligi. O‘quvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda o‘quv jarayoniga
qatnashishi mumkin.
Qulay foydalanish manzillari. O‘quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va
boshqa joylardan o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin.
Qulay o‘qish tempi. Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida
o‘tkaziladi.
Qulay o‘quv reja. O‘quv rejani talabalarga individual va davlat ta’lim talablariga mos
holatda tashkil qilish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini to‘planishi. Oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va
undan foydalanish imkoniyati.
Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to‘lik foydalanish imkoniyati.