Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralariga tibbiy yo‘sindagi hamda 
voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy xarakterda bo‘lgan majburlov 
choralarini kiritishimiz mumkin. 
Ushbu majburlov choralarining asoslari, maqsad va vazifalari haqida 
to‘xtalmasdan, ular qaysi hollarda jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirishi va 
buning huquqiy oqibati haqida to‘xtalsak, ularning o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
1) bu choralarni qo‘llash yoki jinoiy jazoni istisno qiladi (muomalaga 
layoqatsizlar va voyaga yetmaganlar uchun) yoki jazoni vaqtincha 
to‘xtatadi (ayblov hukmi kuchga kirganidan so‘ng surunkali ruhiy 
kasallikka duchor bo‘lgan shaxslar uchun) yoxud jinoiy jazoni ijro etish 
bilan bir vaqtda amalga oshiriladi (alkogolizm yoki giyohvandlikka 
chalinganlik tashxisi bor shaxslar uchun); 
2) qaysi shaxslar davlat majburlovining ushbu choralariga tortilishi 
lozim bo‘lsa, ularning xohishidan qat’i nazar tortiladi, bosh tortgan 
taqdirda davlat tomonidan huquqiy ta’sir chorasi ko‘riladi; 
3) bu choralarni qo‘llash sud organlari tomonidan amalga oshiriladi; 
133 


4) mazkur choralarni qo‘llash jazo sifatida ko‘rinmaydi va 
sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi, lekin jinoiy javobgarlikni istisno 
qilmaydi. 
Ushbu huquqiy ta’sir choralarining bir qator jinoiy jazoga o‘xshash 
tomonlari mavjud, ammo ular umumiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. 
Huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazo bilan o‘xshashliklari quyidagilarda 
ko‘rinadi: 
– mazkur huquqiy ta’sir choralari jazo singari jinoiy javobgarlikni 
amalga oshirish shakllaridan hisoblanadi; 
– jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashning asosi – ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etilishi sanaladi; 
– bu choralarni huquqiy tartibga solish va qo‘llash jinoyat qonuni 
bilan amalga oshiriladi; 
– bu ta’sir choralarini qo‘llashning bevosita huquqiy asosi – sud 
organlarining qonuniy hujjatidir; 
– ushbu huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash jinoyat sodir etgan shaxslar 
muayyan huquqlarining cheklanishini nazarda tutadi. 
Mazkur huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazodan asosiy farqi shuki, 
garchi ular jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakli sanalsa ham, bu 
choralar sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi. 
Huquqiy ta’sir choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishning 
huquqiy oqibatidir. Ushbu choralar aksariyat hollarda, umumiy va xususiy 
ogohlantiruv mazmunida bo‘ladi. Aybdor shaxs sud tomonidan aqli noraso 
deb topilgan taqdirda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ko‘rinishida 
huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi. Xolbuki, 
mazkur choralarning asosiy maqsadi kelajakda jinoyat sodir qilinishining 
oldini olishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli huquqiy ta’sir chorasini jazo 
deb baholash noto‘g‘ridir. Shu bilan birga bu huquqiy ta’sir choralari 
shaxsning huquqlarini chegaralab qo‘yadi va hech qanday so‘zsiz ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etgan shaxsning kelajakdagi jinoyatining oldini oladi. 
Jinoiy javobgarlik ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining huquqiy oqibati 
ekan, huquqiy ta’sir choralari ham sodir etilgan jinoyat oqibatidir. 
134 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin