Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Murakkab tarkiblarda elementlar sonining ortishi (masalan, ikkita 
obyekt, ikkita qilmish, ikkita oqibat, ikkita ayb shakli); jinoyat sodir qilish 
protsessining uzayishi (davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar); 
elementlarning muqobilligi; bitta tarkib doirasida bir necha oddiy 
tarkiblarning mavjudligi (tarkibli jinoyatlar) bilan bog‘liq ravishda ko‘p 
elementlilik yuzaga keladi.
Ko‘p obyektli jinoyat tarkiblarida tajovuz ikki yoki undan ortiq 
jinoyat-huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadigan obyektga qaratiladi. Mulk 
va ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soluvchi JK 247-moddasida ko‘rsatilgan 
jinoyat tarkibi (o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki 
portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) ko‘p obyektli 
jinoyatga misol bo‘ladi. 
Ikki yoki undan ortiq harakatni nazarda tutuvchi murakkab 
jinoyat tarkiblari aniq bir jinoyatni ikki yoki undan ortiq harakat bilan 
sodir etishni nazarda tutadi. Masalan, nomusga tegishda (JK 118-moddasi) 
jinsiy aloqa zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan 
foydalanib qilinadi. 
Ikki yoki undan ortiq oqibatni nazarda tutuvchi jinoyat tarkibiga 
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast 
yetkazish uchun javobgarlikni belgilaydigan JK 104-moddasi 3-qismi «d» 
bandidagi jinoyat tarkibini misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Ikkita ayb shakliga ega bo‘lgan jinoyat tarkibida obyektiv tomon 
murakkablashgan bo‘ladi. Bunda qasddan sodir etilgan jinoyat oqibatida 
ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqanligi 
uchun qonun javobgarlikni og‘irlashtiradi (JK 23-moddasi). Masalan, 
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast 
yetkazish (JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi). 
142 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin