– ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs xulqini muvofiqlashtirib
turuvchi umumijtimoiy normalar, masalan, ona o‘z emizikli bolasini
parvarishlashi va boqishi shart va agar bu harakatsizligi bola o‘limiga
sabab bo‘lsa yoki sog‘ligiga zarar yetkazsa, ona jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Bu holatda konkret harakat sodir qilish majburiyatining yo‘qligi
jinoiy harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga asosning
yo‘qligidir.
Muayyan harakatlarni bajarish majburiyati shaxsning zimmasida
bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Harakatsizlikning
subyekt mezoni – shaxsning ma’lum holatlarda
konkret harakatni sodir qilish uchun real imkoniyat mavjudligidir.
Biror shaxsning konkret harakat sodir qilish uchun real
imkoniyatining yo‘qligi harakatsizlikning subyekt mezonini hamda
harakatsizlikning o‘zini istisno qiladi. Bu imkoniyatning yo‘qligi
shaxsning shaxsiy xususiyatlari bilan, xususan, uning tajribasi, ma’lumoti
va shu kabilarning yo‘qligi bilan yoki obyektiv shartlar tufayli, masalan,
tabiiy ofat tufayli izohlanishi mumkin.
Agar bunday harakatni bajarish majburiyati boshqa bir harakatni
bajarish majburiyati bilan chegaralansa, bunday qarama-qarshilik oxirgi
zaruratga oid (JK 38-moddasi) qoidalar bilan tartibga solinadi.
Biror-bir majburiyatni bajarishda imkoniyat bo‘lgani holda shaxsda
ushbu majburiyatning vujudga kelishi harakatsizlikning boshlanishi
hisoblanadi. Harakatsizlikning tugashi jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi
bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: