Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Ilmiy maqolalar 
Абзалова Х.М. Роль и значение объективной стороны при 
квалификации преступлений. // Жиноят ишлари юритишда суд 
фаолиятининг самарадорлигини таъминлаш масалалари. Республика 
илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Т.ТДЮУ, 2016. 
– 
Б.15-19. 
Марцев А.И. Общественная вредность и общественная опасность 
преступления // Ж. Правоведение. 2001. № 4. – 150–151-б. 
Рустамбаев М.Х., Ниёзов А. Ответственность за угрозу в 
зарубежном законодательстве // Ж. Давлат ва ҳуқуқ. 2000. №2. – 64–
68-
б. 
Тарасов А. О причинно-следственной связи в современном 
уголовном праве // Ж. Уголовное право. 2002. № 2. – 61-б. 
Хачатуров Р. Время как признак объективной стороны 
правонарушения // Ж. Закон и право. 2006. № 7. – 28-б. 
 
 
175 


VII BOB. JINOYATNING SUBYEKT TOMONI 
1-§. Jinoyatning subyekt tomoni tushunchasi va 
ahamiyati 
Subyekt tomon jinoyatning ruhiy mazmunini ta’riflab, u jinoyat tashqi 
ko‘rinishi, ya’ni obyektiv tomoni bilan chambarchas bog‘langan. Agar 
jinoyatning obyektiv tomoni – bu tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, subyekti tomoni 
esa, teskarisi – ichki mazmuni bo‘ladi. Subyekti tomon o‘zida jinoyat 
tarkibining muhim elementini ifodalaydi. Uning yo‘qligi esa, jinoyat 
tarkibi mavjudligini rad etadi, subyekt tomonni to‘g‘ri belgilash esa, 
aybdorning xatti-harakatlarini to‘g‘ri, asosli va adolatli kvalifikatsiya 
qilinishini ta’minlaydi.
NOTA BENE ! 
Jinoyat tarkibining subyekt tomoni aybdorning jinoyat qonunida 
jinoyat sifatida nazarda tutilgan, aybdor o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli 
qilmishiga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati bo‘lib, uning aybi, motivi, 
maqsadi va his-tuyg‘usini ifodalaydi. 
Jinoyatning subyekt tomonini va uning ayrim belgilarini to‘g‘ri 
aniqlash tergov va sud amaliyotida ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarib, 
bu ko‘p hollarda sodir qilingan qilmishni kvalifikatsiya qilishda xatolarga 
olib keladi. 
Jinoyat tarkibining elementi sifatida subyekt tomon intellektual, 
irodaviy, his-tuyg‘u holati kabi turli vaqtlarda qilmishning o‘ziga bog‘liq 
holatlar va bir vaqtning o‘zida yoki kelajakda yuz beradigan holatlarda 
ifodalanadi. 
Shu bilan birga jinoyat qonunchiligi, eng muhim voqea-hodisa sifatida 
subyekt tomonni ifodalovchi va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda va jazo 
tayinlashda jinoyat-huquqiy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. 
Jinoyat qonunchiligida aybdorning o‘z qilmishiga bo‘lgan ruhiy 
munosabati xarakteriga ko‘ra, jinoyat tarkibining subyekt tomoni o‘z 
ichiga ayb, motiv, maqsad va his-tuyg‘u kabi belgilarni oladi. 
176 


Ayb – bu barcha turdagi jinoyat tarkibi subyekt tomonining majburiy 
belgisi hisoblanadi. Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli 
qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ga nisbatan ruhiy munosabatida va 
ushbu ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatida ko‘rinadi. 
Ayb qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin