Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdda



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdda subyekt kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan zararning hajmi va xususiyati to‘g‘risida aniq tasavvurga 
ega bo‘lib, muayyan ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini oldindan 
ko‘ra oladi, qandaydir bir jinoiy natijaga erishishni istaydi. Masalan 
olaylik, ko‘krak yoki bosh qismiga o‘q otish orqali aybdor butunlay 
konkret bo‘lgan individual aniqlangan jinoiy natija – jabrlanuvchining 
o‘limi kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi. 
Aniqlangan qasdda aybdorning qilmishi qasdning yo‘naltirilganligi 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Aniqlanmagan (konkretlashtirilmagan) qasd aybdorning o‘zi sodir 
etayotgan qilmishi oqibatlari to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, 
ya’ni ularning individual aniqlangan bo‘lmaganligi, yetkaziladigan 
zararning hajmi va xususiyati konkret bo‘lmasligi bilan ifodalanadi. 
Masalan, jabrlanuvchining boshiga va gavda qismiga urish orqali, aybdor 
unga tan jarohatlari yetkazayotganligini anglaydi, biroq uning tasavvuri 
yetkazilayotgan zararning og‘irlik darajasini, ya’ni og‘irmi, o‘rtacha 
og‘irmi yoki yengil tan jarohati bo‘ladimi buni qamrab ololmaydi. 
Aniqlanmagan qasddan sodir etilgan jinoyatlarni faktik kelib chiqqan 
oqibatlarga bog‘liq holda kvalifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. 
Alternativ qasd aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdning bir turi 
bo‘lib, aybdor o‘zining sodir etgan huquqqa xilof qilmishi natijasidagi ikki 
yoki ancha individual aniqlangan ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib 
chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi va anglab yetadi, shuning bilan 
subyektning irodasi teng darajalarda oqibatlardan xohlagan biriga 
erishishga qaratiladi. Masalan, jabrlanuvchining bosh qismiga urish orqali 
197 


aybdor, jabrlanuvchining o‘limi yoki unga og‘ir tan jarohatlari yetkazish 
kabi oqibatni bir xil darajada oldindan ko‘ra bilishi va ularning kelib 
chiqishini istashi mumkin. Bunday holatlarda sodir etilgan qilmishni kelib 
chiqqan faktik oqibatlar bilan bog‘langan holda kvalifikatsiya qilish lozim. 
Agar subyektning bunday harakatlari natijasida jabrlanuvchiga o‘rtacha 
og‘irlikdagi shikast yetkazilgan bo‘lsa, javobgarlik aybdorning qasdi ancha 
og‘irroq zarar yetkazishga qaratilgan bo‘lganligi sababli og‘ir tan jarohati 
yetkazishga suiqasd deb belgilanishi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin