Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Oldindan va’da bermagan holda yo‘l qo‘yib berish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Oldindan va’da bermagan holda yo‘l qo‘yib berish jinoyatga 
to‘sqinlik qilishi shart bo‘lgan va bunga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan 
shaxsning jinoyat sodir etilishga to‘sqinlik qilmaganligidan iboratdir. 
Oldindan va’da qilingan holda jinoyatga yo‘l qo‘yib berish yordamchilik 
ko‘rinishida jinoyatda ishtirokchilikni tashkil qiladi.
340 


Jinoyatga yo‘l qo‘yib berish obyektiv tomondan biror shaxs 
zimmasida xizmat yoki mansab holatiga ko‘ra, qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramay, harakatsizlik, tayyorlanayotgan jinoyatni 
bartaraf etish, sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish yoki jinoyat sodir 
etgan shaxsning kelgusi jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish choralarini 
ko‘rmaslikda namoyon bo‘ladi. 
Yo‘l qo‘yib berish subyekt tomondan to‘g‘ri qasd bilan tavsiflanadi. 
Aybdor o‘z passiv xulq-atvorining (harakat qilishning real imkoni bo‘lgani 
holda) ijtimoiy xavfini tushunadi va shuni xohlaydi. 
Aytish lozimki, oldindan va’da bermay jinoyatga yo‘l qo‘yib berish 
xavf ostida qoldirish (JK 117-moddasi), mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz 
munosabatda bo‘lish (JK 172-moddasi), hokimiyat yoki mansab vakolatini 
suiiste’mol qilish (JK 205-moddasi), hokimiyat harakatsizligi (JK 208-
moddasi) kabi jinoyatlarning alohida tarkibi sifatida nazarda tutilgan. 
«Jinoyatda ishtirokchilik»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 
1. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy 
xavfliligi nimada? 
2. Ishtirokchilikning obyektiv belgilari nimalardan iborat? 
3. Ishtirokchilikning subyekt belgilari nimalardan iborat? 
4. Javobgarlik kelib chiqadigan yoshga to‘lmagan, aqli noraso yoki 
aybsiz holda harakat qilgan shaxs bilan ishtirokchilik vujudga kelishi 
mumkinmi? 
5. Jinoyat ishtirokchilarining qanday turlari mavjud? Jinoyat 
ishtirokchilarining qanday turi eng xavfli ko‘rinadi va nima uchun? 
6. Jinoyatni bilvosita sodir etish nima? 
7. Boshqa shaxsning jinoyatni sodir etish maqsadini qo‘llab-
quvvatlagan shaxs dalolatchi deb topiladimi? 
8. Dalolatchilik intellektual yordamchilikdan nima bilan farqlanadi? 
9. Jinoyat sodir etilishini kuzatgan va uning oldini olish bo‘yicha hech 
qanday choralarni ko‘rmagan shaxs yordamchi deb topilishi mumkinmi? 
341 


10. Ishtirokchilikning qanday turlari va shakllari ajratiladi? Amaldagi 
qonunchilikka muvofiq ishtirokchilikni shakllarga tasniflashning qanday 
mezonlari bor? 
11. Birgalikdagi bajaruvchilik nima? Rollar taqsimoti bilan 
ishtirokchilik nima? 
12. Birgalikdagi bajaruvchilik (oddiy ishtirokchilik) va rollar 
taqsimoti bilan ishtirokchilik (murakkab ishtirokchilik) mavjudligida 
ishtirokchilarning xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday? 
13. Jinoyat sodir etishda oddiy ishtirokchilik deganda nima 
tushuniladi? Bunda kvalifikatsiya qilishning qoidalari qanday? 
14. Murakkab ishtirokchilik nima? Uning jinoyat-huquqiy ahamiyati 
nimada? 
15. Uyushgan guruh deganda nima tushuniladi? 
16. Jinoiy uyushma deganda nima tushuniladi? 
17. Bir guruh shaxslar deganda nima tushuniladi? Agar ikkinchi 
jinoyat ishtirokchisi aqli noraso shaxs bo‘lgan bo‘lsa, guruh mavjud 
bo‘ladimi? 
18. Uyushgan guruh va jinoiy uyushma o‘rtasidagi hamda uyushgan 
guruh va oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslar o‘rtasidagi farq 
nimadan iborat? 
19. Jinoyat ishtirokchilarining javobgarligi asoslari va doirasini 
ta’riflab bering. 
20. Bajaruvchi eksessi nima, uning qanday turlari mavjud? 
21. Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik deganda nima tushuniladi? 
Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilikda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining 
xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday? 
22. Jinoyat ishtirokchilari jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytishining 
o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 
23. Maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilik uchun 
javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? 
24. Jinoyatga daxldorlik nima? Jinoyatga daxldorlik va ishtirokchilik 
o‘rtasidagi farq nimada? 
342 


25. Jinoyatga daxldorlikning qanday turlari mavjud, ularning jinoyat-
huquqiy ahamiyati nimadan iborat? 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin