Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


  XI BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

 
344 


XI BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
1-§. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi va turlari 
Bir shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtda bir qancha 
jinoyatlarni sodir etilishi tergov-sud amaliyotida ko‘p uchraydigan 
hodisadir. Jinoyat huquqida bu hodisa bir qancha jinoyat sodir etish deb 
nomlanadi. 
Bir qancha jinoyat sodir etish huquqiy nuqtai nazardan tegishli 
huquqiy oqibatlarga olib keluvchi jinoyatning muayyan shakllarini aks 
ettiruvchi jinoiy-huquqiy atama sifatida tavsiflanishi lozim. 
NOTA BENE ! 
Bir qancha jinoyat sodir etish – bir shaxs tomonidan bir vaqtning 
o‘zida yoki ketma-ket tamomlangan yoki tamomlanmagan bo‘lishidan, 
shaxsan o‘zi yoki ishtirokchilikda sodir etilgan yoki etilmagan bo‘lishidan 
qat’i nazar, ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy-huquqiy 
oqibatlar mavjudlik sharti bo‘lganda, ikki yoki undan ortiq har biri 
jinoyatlarning mustaqil tarkibini tashkil etuvchi jinoiy qilmish sodir 
etishdan iboratdir. 
Quyidagi belgilar bir qancha jinoyat sodir etishga xosdir: 
– JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, turli moddalarida yoki 
moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning shaxs 
tomonidan sodir etilishi; 
– bir qancha jinoyatni tashkil etuvchi qilmishlarning har biri alohida 
jinoyat bo‘lishi; 
– shunday jinoiy qilmishlarni sodir etish faktidan kelib chiqadigan 
jinoiy-huquqiy oqibatlarning mavjudligi (jinoyatlar bo‘yicha sudlanganlik 
tugallangan yoki olib tashlangan bo‘lsa yoxud ular uchun jinoiy 
javobgarlik kelib chiqishi istisno qilinadigan bo‘lsa, bu bir qancha jinoyat 
sodir etishni tashkil qilmaydi). 
Aybdorning biri JK 14-moddasiga muvofiq, jinoyat deb 
hisoblanmaydigan va ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik sifatida 
345 


yoxud axloqqa xilof harakat sifatida kvalifikatsiya qilinadigan, ikkinchisi 
esa jinoyat bo‘lib hisoblanadigan qilmishlari takroran jinoyat sodir etishni 
tashkil etmaydi. Masalan, mayda bezorilik (MJtK 183-moddasida ko‘zda 
tutilgan) va bezorilik (JK 277-moddasi) takroran jinoyat sodir etish (shu 
jumladan, bir qancha jinoyat sodir etish)ni tashkil etmaydi. 
Bir qancha jinoyat sodir etish aybdor shaxsining ham (shaxsning 
jinoyatlar sodir etishga, ko‘pincha professional jinoiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishga ko‘proq moyilligini namoyon qiladi), umuman sodir 
etilgan qilmishning ham (natijada jinoyat huquqi tomonidan 
qo‘riqlanadigan munosabatlarning kengroq doirasi zarar ko‘radi, 
jamiyatning boshqa beqaror a’zolarida jazolanmay qolish mumkin degan 
xomhayol uyg‘otadi, jinoyatlar buzilishi va dinamikasida keng tarqalgan 
hodisaga aylanadi) ijtimoiy xavfliligi kattaroq ekanligidan dalolat beradi. 
Bu JK Maxsus qismining ko‘p normalarida aks etgan bo‘lib, bu moddalar 
sanksiyalarida bir qancha jinoyat sodir etishning turli ko‘rinishlari 
(shakllari) uchun ko‘proq javobgarlik nazarda tutilgan.
Bir qancha jinoyat sodir etishning yuridik mazmuni shundan iboratki, 
u jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi, jazo 
tayinlashning maxsus qoidalarini (bir necha marta sodir etilganda jazo 
tayinlash va bir necha hukm bo‘yicha jazo tayinlash) keltirib chiqaradi, 
javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini hal qilishga, xususan, 
yarashuvga (JK 661-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), jazoni 
o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish (JK 73-
moddasi)ga ta’sir ko‘rsatadi.
JKning Umumiy qismida bir qancha jinoyat sodir etishning uchta 
ko‘rinishi (shakli) ajratib ko‘rsatiladi: takroran jinoyat sodir etish, 
jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat. Bunda mazkur ko‘rinishlarning tasnifi 
va nisbati to‘g‘risida yuridik adabiyotlarda turli nuqtai nazarlar mavjud. 
Biroq ularni tadqiq etish mazkur ishimiz doirasidan chetga chiqib ketgan 
bo‘lar edi. Ta’kidlab o‘tamizki, biz qonun chiqaruvchi tomonidan JKning 
VIII bobida taklif etilgan tasniflashga qo‘shilamiz. Bunday tasniflash 
qoidalariga binoan, bir qancha jinoyat sodir etish shakllari takroran jinoyat 
sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat hisoblanadi. Jinoyat huquqi 
346 


tegishli huquqiy oqibatlarni, ya’ni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo 
tayinlash xususiyatlari, javobgarlik va jazodan ozod qilish xususiyatlarini 
aynan shu huquqiy tushunchalar bilan bog‘laydi. 
Bir qancha jinoyat sodir etish turlarining shakllanishiga jinoyatlarning 
bir xil, turdosh va har xil turlari birlashib ketishi ta’sir o‘tkazadi. 
Asosiy yoki kvalifikatsiya qilinuvchi muhim yuridik belgilari 
bo‘yicha to‘la mos tushadigan jinoyatlar bir xil jinoyatlar deb tan 
olinadi
1
. Masalan, qasddan odam o‘ldirish va o‘ta shafqatsizlik bilan sodir 
etilgan xuddi shunday odam o‘ldirishni bir xil jinoyat deb topish lozim. 
Qilmishning kvalifikatsiya qilinishga ta’sir etadigan ikkinchi yo‘l bilan 
alohida usulda odam o‘ldirish bu jinoyatlarning bir xil ekanligini 
o‘zgartirmaydi, chunki har ikkala holatda ham jinoyat sodir etish usuli 
(boshqa odamni hayotdan mahrum qilish), shuningdek, qilmishning 
boshqa muhim yuridik belgilari (tajovuz obyekti, ayb shakli, subyektning 
belgilari) bir xildir.
Tajovuz obyekti, ayb shakllari bo‘yicha o‘xshash, lekin qilmishning 
obyektiv tomoni belgilari, uning motivlari va maqsadlariga ko‘ra 
farqlanadigan jinoyatlar turdosh jinoyatlar hisoblanadi. Masalan, 
nomusga tegish (JK 118-moddasi) bilan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, 
g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-moddasi), talonchilik (JK 166-
moddasi) bilan o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) turdosh jinoyatlardir. 
Muhim yuridik belgilari bo‘yicha to‘la farq qiladigan jinoyatlar har 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin