TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
HBA71/22 GURUH TALABASI
OTAQO’ZIYEV MUHRIDDINNING
BIZNESDA BUXGALTERIYA FANIDAN
TAYYORALAGAN
REFERATI
ANDIJON 2023
Mavzu: Ichki nazorat va audit
REJA
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar
2. Ichki nazoratning turlari
3. Korxonada ichki auditni tashkil qilish bosqichlari
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar
Ichki nazorat tizimi va ichki auditning farqi quyidagicha: ichki nazorat
korxonaning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki
audit esa, ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki audit korxonaning ichki
nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit xizmati
va ichki nazorat tizimi bir-biridan farqlanadi.
Birinchi navbatda ichki nazorat tizimiga qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib
o’tamiz:
1.
Har bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi. Korxonada faoliyat
ko’rsatib kelayotgan xar bir sub’ekt nazorat ostida bo’lishi kerak. Har bir
sub’ektning biriqtirilgan ishni bajarishi boshqa sub’ektlar tomonidan tekshirilishi,
lavozim majburiyatida qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki
nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini va holati, avvalo korxona
rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining
nazorati, korxona rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |