Reja: Qoziq ishlarining ahamiyati, ular to’g’risida umumiy tushunchalar va turlari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110987
E61HZSPHfEZaObHfRGWQMr8LER3XsHYWVMQPi3pd




Reja:
1. Qoziq ishlarining ahamiyati , ular to’g’risida umumiy
tushunchalar va turlari.
2. Qoziq qoqishning asosiy usullari.
3. Har xil sharoitli qoziq ishlarini bajarish.
4. Qoziq qoqish mexanizmlarining ish unumdorligi.
5. Qoziq ishlarini bajarishda nazorat.



Gidrotexnika qurilishlarining o’ziga xos hususiyatlaridan biri murakkab

tabiiy sharoitd a bajarilishidir . Ob’yektlarni markaziy aholi yashash joylaridan

olisda joylashishi, injenerlik kommunikatsiyalarining hamma joyda ham mavjud

bo’lmasligi, geologik, metereologik va gidrogeologik sharoitlarning murakkabligi

bilan harakterlanadi. Ko’rsatilg an sharoitlardan kelib chiqib gidrotexnik inshootlar

qurilishida qoziqlardan foydalaniladi . Qurilishda qoziqlar tepadan ta’sir etadigan

kuchni yerni pastki qatlamlariga o’tkazish uchun qo’llaniladi.. 

Agarda qoziq yukni o’ziga qabul qilib yerning ma’lum p astki (chuqur

joyidagi) qattiq qatlamga o’tkazsa, ya’ni yukning asosiy vazni pastki qatlam

asosida tutib turilsa buni ustun qoziq deb tushuniladi (10.1 -rasm,a). Agarda qoziq

311

yukni qabul qilib atrofdagi gruntga, uning ishqalanish qarshiligi hisobiga (atrofi va

pastki uchi) o’tkazsa, uni muallaq qoziq deb tushuniladi (10.1 -rasm,b) .


10.1-rasm.Qoziqlarning turlari va qoziqli asoslar:
A-ustun qoziq; b-muallaq qoziq; v-qiya qoziqlar; g-qoziqli maydon; d-qoziqlar
kusti; e-qoziqni qoqishda uning atrofi gruntini zichlanish sxemasi.



Qoziqning o’z atrof grunt ta’sirisiz ko’tarilish mumkin bo’lgan tashqi kuch

miqdori uning tutib turish qobiliyati deyiladi . Qoziqning tutib turish qobiliyatiga

uning atrofi gruntining zichlanishi ham ta’sir etadi. Inshoot maydoni bo’yicha bir

tekisda taqsimlangan qoziqlarni – qoziqli fundament deyiladi. Bunda qoziqlar

inshoot fundamenti vazifasi va funksiyasini bajaradi.

Qurilish amaliyotida bir nechta qoziqni bir joyga to’plab ishlatish ham 

ma’lum. Qoziqlar to’p–to’p shaklda ishlatiladi. Bularni qoziqlar kusti

deyiladi(10.1-rasm,d). Gorizontal yoki qiya kuchlarni qabul qilish uchun

gorizontal yoki qiya qoziqlar qo’llaniladi(10.1 -rasm,v). Bundan tashqari shpunt

qoziqlar ham gidrotexnik qurilishida ishlatiladi . Buning uchun qoziqlar qulf

moslamasi bilan ishlab chiqariladi. Bir qoziq qoqiladi, uning yondan qiya qilib

qoqiladi va shpunt katorlarini hosil qilinadi. Yo’naltirilgan gorizontal ushlab

turishni quvvatlovchi va shpunt qatorlarini belgilangan y o`nalishda tutadiganlarini

mayak deb tushuniladi. 



Qurilishda qo’llaniladigan qoziqlarni yasaladigan materiallari bo’yicha

quyidagi turlari mavjud: yog’och, temir-beton, metall, beton, grunt va

kombinatsiyalashgan

312

Ularning ko’proq tarqalganlari yog’och va temir-beton qoziqlari hamda

yog’och va metall shpuntlardir. Ko’rsatilganlardan tashqari tiqib (ya’ni
yerga) 

hosil qilinadigan qoziqlar mavjud(10.2 -rasm). 

Qoziq ishlari kompleksiga quyidagilar kiradi: qoziqni yasash; ishni bajarish

uchun hududni tayyorlash va geodizik belgilash; qurilish maydoniga
keltirish, 

yig’ish, asbobni rostlash va sinab ko’rish; tayyor qoziqlarni qoqish joyiga

tashib kelish; quduqni yoki shpunkani botirish (qoqish); qoziqni belgilangan

sathda qirqish; jihozlar demontaji.


10.2-rasm.Qoziqni gruntga botirish usullari:
a-qoqish(mexanik); b-yuvish; v-titratma botirish; g-titratma qoqish; d-
yuvish bilan titratma
botirish; e-bosimli titratish; j-burab kiritish.



Qoziq yoki shtunt qoqishning amaliyotda quyidagi usullari mavjud:

qoqish (mexanik zarba bilan);

yuvib (gruntni) kiritish;

titratish bilan; 

titratish -qoqish;

bosimli titratish bilan;

burab kiritish. 313

Qoziq qoqishda kopr qurilmasidan foydalaniladi. Kopr qurilmasi (10.3 -rasm) qoziq qoqish qurilmasini va qoziqni
belgilangan holatda ushlab turish uchun

qo’llaniladi. Ular yig’ma yechiladigan tuzilma b o`lib, baza mexanizmi va

moslamalari bilan ishlatiladi, asosan bir kovishli ekskvatorlarga almashtiriladigan

ishchi jihoz sifatida hamda universal, yarim universal rels bazali va boshqa

tuzilmali asos qismli tuzilmalari mavju d.

Har qanday kopr qurilmasining asosiy ishchi ko’rsatkichi uning xartum

uzunligidir, chunki u qoziq uzunligi va qoqish mexanizmi o’lchamlarini ishlash

imkoniyatini belgilaydi. Qiya qoziqlar qiyalanadigan kopr qurilmalari yordamida

qoqiladi. Ko’p ish hajmli joylarda yirik o’lchamli katta kopr qurilmalaridan

foydalaniladi. Aksincha, kam ish hajmli joylarda ekskvator yoki traktor bazasidagi

kopr qurilmalaridan foydalaniladi.



Kopr qurilmasi xartumining balandligi, yuk ko’tarish qobiliyati, man 
yovrli

mobilliligi hisobga olinib jamlanadi .

Koprning talab etiladigan balandligi (1 0.1) 

Nk = Ns+1m+ 1ex+ 1 h (10.1)





Qoziqni qoqish (mexanik ta’sir bilan) usuli eng ko’p amaliyotda tarqalgan

bo’lib, unda qoziqning o’tkirlangan uchi gruntga kiradi. Natijada grunt 

zarrachalarini atrofga va qisman pastga siljitadi. Qoziqni qoqishda sarflanadigan

energiyani miqdori ko’p faktorlarga bog’liq: qoziqning o’lchamlariga, gruntning

qurilish hossalariga, qoqish chuqurligi, qoqishning tuzilish ko’rsatkichlari va

boshqalar qoziqni qoqish unumdorligiga ta’sir etadi. Granulametrik tarkibi mayda

donador zarralardan tashkil topgan gruntlarda qoziqni qoqish osonro q, aksincha

bog’lanmagan tarkibida yirik o’lchamli aralashmalar bor gruntlarda qiyinroq

bo’ladi.

Qoziq qoqishda birlik vaqt ichidagi zarbalar soni yoki qoziqni gruntga

kiritishni o’lchov o’tkazish uchun bajarilgan zarbalar seriyasi qoziq qoqish

amaliyotida «zalog» deb tushuniladi. Bir zalogda qoziqni botirilishi (yerga kirishi

miqdori) «otkaz» deyiladi. «Otkaz» miqdori bo’yicha qoziqning tutib turish

qobiliyati baholanadi.

Qoziq qoqishni amalga oshiradigan har xil tuzilmali bolg’alar mavjud (10.4 -rasm). Ularning kiritish
qobiliyatini harakterlovchi asosiy ko’rsatkichlari bo’lib

zarba berish qismining massasi va bir zarbaning energiyasi hisoblanadi. Bu 316

energiya jismning erkin tushish balandligi va siqilgan havo, suv bug’ining

ta’siridan, yoqilg’ining yonishidan olinadigan qo’shimcha ene rgiyadan hosil

bo’ladi.








Qoziq ishlarini quruq joyda yoki suv bosgan joyda bajarishga to’g’ri keladi. 

Birinchi holatda qoziq ishlari bajariladigan joy mexanizmlarini erkin harakatlanish

uchun tekislangan bo’lishi lozim. Agarda tekislash ishlarini bajarish imkoniyati

bo’lmasa bunday holatda vaqtinchalik qoziqlarga yoki taxlangan shpallarga

o’rnatilgan ko’priklardan foydalaniladi (10.6 -rasm). 

324

Bunday inshootlarni tuzilishini jihozlarining og’irlik kuchini hisobga olib

bajariladi. 

Ikkinchi holatda p ioner usulidan foydalaniladi. Bunda suzuvchi koprlardan

yoki chuqur bo’lmagan joylarda vaqtinchalik harraklar, vaqtinchalik qoziqlardan

foydalanib ish bajariladi. Qalin muz qatlami bor joylarda esa muz ustida yurib ish

bajariladi.(10.7-rasm). 

Kopr alohida yo’l qismlari bo’lgan chana yoki relsda harakatlanishi

mumkin. Bunday holatda qoqilgan qoziq ustiga ko’chma yo’l yotqiziladi (10.6 -rasm,a,b. 1 -holat). 
Koprning 1 -uchastkada ishini bajarish davomida navbatdagi

uchastkada 1-uchastkadagidek ish olib boriladi (II-holat). I-uchastkadagi yo’l

qismi ko’chirilib III-qismiga o’tkaziladi va shu tartibda ishni davom

ettiriladi(10.8 -rasm).



Ushbu mexanizmlar ham har qanday mexanizmlar kabi qoziq qoqish qismi

bo’yicha) o’lchanadi. Shpuntlar bo’lsa ular qatorining uzunligida yoki

chuqurligida o’lchanadi. Shu sababli ish unumdorliklarini m/smena, 
dona/smena

da o’lchanishi qabul qilingan. Qoziqni qoqish davriy qaytalanmaydigan TSiklni
tashkil etuvchilar miqdori ustanovkalarning, ishlarning qanchalik

darajada mexanizatsiyalashganlik darajasi bilan bog’liq. Koprning
harakatlanishi, 

harakatlanish masofasi, massasi, xizmat ko’rsatuvchining malakasi va tajribasi

tsiklga tasir etuvchi elementlar hisoblanadi. Bular amaliyotda o’rtacha 50 foizni

tashkil etadi. Shu sababli kopr qurilmasini tanlashda yuqoridagi harakteriga
ko’p

etibor berish kerak bo’ladi.



Qoziq ishlari asosan yopilib ketadagan ish turiga kiradi. Shu sababli ishni

bajarishning har – bir bosqichida nazorat ishlarini olib borish kerak bo’ladi. Qoziq

ishlarining asosiy hujjatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi. Asosni geodezik

tafsiloti akti, qoziqni qabul qilish yoki un i sinash akti, qoziqni sinov namunasining

dinamik va statik nagruzkalar (yuklar) ga tekshiruvi ma’lumotlari, qoziqni qoqish

jurnali, qoziqlarni joylashganligi bo’yicha ijro plani.

330

Qoziqni namuna yukiga tekshiruv uning amaliy tutib turish qobiliyatini

aniqlash maqsadida o’tkaziladi hamda qoqishda «otkaz» miqdori aniqlanadi.

Qoziqni qoqish jarayoni bo’yicha jurnal to’ldiriladi. Unda qoquvchi

mexanizm, uning harakteristikasi, hisobiy otkaz 10 zarba uchun ma’lumotlar

yoziladi. Qoziqni otkaz miqdori hisobiy miqdorga teng kelmaguncha qoqiladi. 

Zalog doimiy qiymatiga (kamida uch marta bir xil miqdorga) etmaguncha qoqish

davom ettiriiladi. Qoqish jarayoni nol qiymatga uchrasa (qoziq qattiq to’siqqa

uchrasa) uni chiqarib olinadi yoki qirqiladi, uning o’rniga uzoq b o’lmagan

masofada 1-2 ta qo’shimcha qoziq qoqiladi.



Ijro chizmasi qoziqlarning amaliy joylashishini, loyihadan farqini

ko’rsatadi. Sezilarli farq bo’lganda qoziqlarni to’g’irlash, sug’urish, 
qayta qoqish

ishlari bajariladi.

Qoziqlarning fazodagi holati, tutib turish qobiliyati tekshiriladi.

Qoziqni tutib turish qobiliyatini asosan statistik usul bilan aniqlanadi. 

Buning uchun qoziqka yuk qo’yiladi yoki maxsus domkratlar bilan ta’sir
etiladi. 

Qoziqka qo’yilgan kuchning miqdori b o’yicha uning gruntga ta’sirini
o’zgarishi

bilan tutib turish miqdori aniqlanadi. Bu ish k o’p mehnat va vaqt talab
qiladi. Shu

sababli k o’pchilik holatlarda dinamik ta’sir k o’rsatish bilan sinov -
nazorat ishlari

olib boriladi

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin