Pedagogika fakulteti


To`rtinchi davr-maktab davri



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

To`rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). 
Bu davrning o`ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi 
davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro`y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, 
nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma 
nutq etakchi rol o`ynaydi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o`z vaqtida to`g‘ri kechishi uchun maxsus 
sharoitlar zarurdir. 
Buning uchun: 

bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘ bo`lishi; 



normal aqliy qobiliyatga ega bo`lishi; 

normal eshitishi va ko`rishi; 

etarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo`lishi; 

gaplashish ehtiyojiga ega bo`lishi; 

to`g‘ri nutq muhitiga ega bo`lishi lozim. 
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni 
o`zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga 
imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi 
bilan uzviy bog‘liqdir. 
Nutq kamchiligi logopediya fanida muayyan tilning me‘yorlaridan chetga 
chiqish deb ta‘riflanadi. 
Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi: 
1. Nutq kamchiligi o`z-o`zidan barham topmaydi, balki vaqt o`tgan sari 
yanada mustahkamlanib, zo`rayib boradi. 
2. Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo`lishi ularning yoshiga mos 
kelmaydi. 
3. Nutq kamchiligiga ega bo`lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj 
bo`ladilar. 
4. Og‘ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy 
rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko`rsatadi. 
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) 
va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. 
Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyusion-dinamik 
yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal 
rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning rivojlanish 
konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I. 
Lubovskiy). 
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari: 
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar; 
2. Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, 
qonning rezus-faktorga mos kelmasligi; 


3. Tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, 
ensofalit). 
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari. 
6. Nasliy faktorlar. 
7. Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik 
qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va 
nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi. 
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda 
qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin. 
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruxga bo`linadi: 
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari. 
Organik Nutq buzilishlari o`z navbatida ma‘lum joyning zararlanishiga ko`ra 
markaziy va periferik xarakterda bo`ladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin