Tarmoq topologiyalari: mesh, star, tree, bus, ring va 3-d torus reja lokal va
global tarmoqlarning umumiy ta’rifi
Tarmoq topologiyalari: mesh, star, tree, bus, ring va 3-D torus
REJA
Lokal va global tarmoqlarning umumiy ta’rifi.
Bir rangli va ko‘prangli tarmoqlar.
Tarmoq topologiyalari
1. Lokal va global tarmoqlarning umumiy ta’rifi.
Tarmoq – maxsus vosita yordamida bib-biriga ulangan va ular orasidagi ma’lumot almashinuvini
ta’minlovchi kompyuterlar guruhidir. Ikki kompyuter orasidagi ulanish, bevosita (ikkinuqtali
ulanish) yoki qo‘shimcha aloqa qismlari bilan ulangan bo‘lishi mumkin.
Kompyuter tarmoqlari asosiy qo‘llanishi axborot almashinuvi bo‘lgan logik va fizik, bosqich
yoki tarkibidan tashkil topgan magistral axborot tuzilmalarini ko‘rsatadi.
Fizikaviy sathda kompyuterlar orasidagi fizik ulanishini
ta’minlovchi tarmoq komponentlari bilan ko‘rsatilgan. Bunday
komponentlar asosan: tarmoq interfeysi (tarmoq xaritasi yoki
tarmoq adapteri platasi, standart yoki kengaytirilgan
kommunikatsion yoki parallel port yoki multiport plata),
ma’lumot jo‘natishning tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel,
mis para yoki optik tola) va bog’lama elementlari
(marshrutizatorlar, konsentratorlar, qaytargichlar (takrorlagich-
repiterlar, xablar(hub)), o‘chirib yoqgichlar (switch) va
ohirlovchi elementlari (terminatorlar, konnektorlar, razyomlar,
zaglushkalar).

Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentа-lardan
foydalanish imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta’minotdir.
Ko‘pgina DT ichidan bir nechta turini: operatsion sistemalar
tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari, server-
dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish
mumkin.
коннектор
Тармоқ адаптери
Tarmoqlar lokal va globalga bo‘linadi, lekin faqat bu ularning
yagona klassifikatsiyasi emas.
Tarmoqlar lokal va globalga bo‘linadi, lekin faqat bu ularning
yagona klassifikatsiyasi emas.
Ular birrangli va ko‘prangli, birmartali va ko‘pmartali, ochiq va
yopiq va b. bo‘linadi.
Klassifikatsiyaning ko‘p xilligidan eng muhim va ko‘p
ishlatiladiganlari ko‘rib chiqiladi.
Tarmoqlarni kategoriya va turga ajratishning ko‘pgina
klassifikatsion prinsiplari, dasturiy ta’mi-notning turi va xiliga
asoslangan.
Boshqacha qilib aytganda, birgina jismoniy asosda bir necha xil,
tur va sinf tarmoqlarini shakllantirish mumkin.
Tarmoqqa ulangan kompyuter ish stansiyasi (Workstation) deb
nomlanadi. Qoida bo‘yicha bu kompyuterda inson ishlaydi.
Tarmoqda shunday kompyuterlar borki, ularda hech kim
ishlamaydi. Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va axborot
yig‘uvchi sifatida foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server
deb nomlanadi.

Agar kompyuterlar bir-biridan nisbatan yaqinda joylashgan va
yuqori tezlikdagi tarmoq adapterlari (axborot jo‘natish tezligi
10-100Mbit/s) yordamida ulangan bo‘lsa, bu tarmoqlar lokal deb
nomlanadi.
Lokal tarmoqlardan foydalanishda, kompyuterlar odat-da, bir
xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda joylashgan bo‘lishi
kerak.
Lokal tarmoqlardan foydalanishda, kompyuterlar odat-da, bir
xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda joylashgan bo‘lishi
kerak.
Lokal kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va dasturiy
ta’minot xarakteri bo‘yicha korporativ xarakterga ega bo‘ladi va
biror bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq kompyuter sistemalarini
birlashtiradi.
O‘z tarkibida ko‘pgina kompyuterlarni integratsiyalaydigan va
(asosiysi) ma’lum masofada joylashgan turli arxitektura bazasi
va dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlarni ulash uchun
mo‘ljallangan tarmoq va tarmoq teznologiyalarida
qo‘llaniladigan, zamonaviy talablarga javob beradigan
kompyuter tarmog‘i global hisoblanadi.

Bir-biridan ma’lum masofada joylashgan kompyuterlar yoki
butun lokal tarmoqlarni ulash uchun modemlar, hamda,
ajratilgan yoki sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanallari qo‘llaniladi.
Odatda, bu tarmoqlardagi axborot jo’natish tezligi, lokalga
qaraganda sezilarli darajada pastroq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda bir nechta global kompyuter tarmoqlari va
ularning protokollari mavjud, masalan, RelCom, CompuServ,
Internet va b.
1-rasm. Tarmoq tuzulishiga misol.
2. Birrangli va ko‘prangli tarmoqlar.
Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalar bo‘linishiga qarab,
lokal tarmoq ikki sinfga bo‘linadi: birrangli va ko‘prangli.
Oxirgisi ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb nomlanadi.
Agar kompyuter o‘z resurslarini tarmoqning boshqa foydalanuv-
chilariga taqdim etsa, u server hisoblanadi.
Boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter esa,
mijoz hisoblanadi.
Ilgari aytilgandek, tarmoqda ishlovchi kompyuter, mijoz, server
vazifasini bajarishi yoki ikkala vazifalarni birlashtirishi mumkin.
Birrangli tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda bir-birlarining
resurslariga kirish huquqlari bir xil.
Birrangli tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda bir-birlarining
resurslariga kirish huquqlari bir xil.
Har bir foydalanuvchi o‘z hoxishi bilan kompyuterining biror
resursini ajratilgan deb e’lon qilishi mumkin, shundan so‘ng
boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishlari mumkin.
Bunday tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda hamma kompyu-
terlarga barobar potensial teng imkoniyatlarni beruvchi bitta OT
o‘rnatiladi. Birrangli tarmoqlar misol uchun, LANtastic,
Personal Ware, Windows for Workgroup, Windows NT
Workstation OT yordamida qurilishi mumkin.
Birrangli tarmoqlar tashkil etish va foydalanishda osonroq, lekin
ular asosan, saqlanadigan axborot hajmiga, unga ruxsatsiz
kirishdan himoyalanganligi va kirish tezligiga katta talab
qo‘ymaydigan katta bo‘lmagan foydalanuvchilar guruhini
birlashtirish uchun ishlatiladi.

Ushbu tavsiflarning yuqori talablariga ko‘prangli tarmoqlar
qulayroq hisoblanadi, ularda server foydalanuvchilarga xizmat
ko‘r-satish vazifasini o‘z resurslari bilan echadi, chunki uning
apparaturasi va tarmoq operatsion tizimi aynan shu maqsadda
loyihalashtirilgan.
3. Tarmoq topologiyalari
Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish tartibi tarmoq topologiyasi deb ataladi.
Tarmoqning besh turdagi topologiyalari farqlanadi:
umumiy shina;
yulduz;
halqa;
yacheykali;
aralash.
Umumiy shina (bus) topologiyasi
Bu holda barcha kompyuterlar ma’lumotlar shinasi deb
nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga
ulangan barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi.
Tarmoq tezligi ko’p jihatdan umumiy shinaga ulangan
kompyuterlar soni bilan belgilanadi. Bu kompyuterlar soni
qancha ko’p bo’lsa, tarmoq shuncha sekin ishlaydi. Bundan
tashqari, bunday topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa
bir vaqtda ma’lumot uzatishga harakat qilgan vaqtda, turli
kolliziyalar vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Kolliziya – tarmoq ishi vaqtida sodir bo’luvchi normal holat.
Kolliziyani taxlil qilish va bartaraf etish uchun barcha
kompyuterlar kabelda payo bo’luvchi signallarni o’rganadilar.
Kolliziya – tarmoq ishi vaqtida sodir bo’luvchi normal holat.
Kolliziyani taxlil qilish va bartaraf etish uchun barcha
kompyuterlar kabelda payo bo’luvchi signallarni o’rganadilar.
Agar uzatilayotgan va qabul qilinayotgan signallar bir-biriga
mos kelmasa, kolliziya mavjudligi qayd etiladi.
Kolliziyani sezgan kompyuterlar tarmoqqa 32-bitli jam - ketma-
ketlik deb ataluvchi xabarni jo’natadi.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni ortgan sari kolliziya
paydo bo’lish ehtimolligi ortadi.
1 - rasm. Kolliziya holati
“Umumiy shina” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
“Umumiy shina” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
kabel tejaladi;
oson kengaytiriladi;
soda va kafolatli.
Asosiy kamchiliklar:
Kabelning ishdan chiqishi tarmoq ishini to’xtatadi;
Ma’lumotlarning ko’pligi o’tkazish qobiliyatini pasaytiradi;
Tarmoqda kompyuterlar soni ortishi kolliziya paydo bo’lish htimolligini oshiradi.
Har bir kompyuter tarmoq bo’ylab uzatiluvchi ma’lumotlarni olishi mumkin.
Yulduz topologiyasi
Yulduzsimon topologiyadan foydalanilganda tarmoqning barcha
kompyuter-laridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator
yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga
jo’natilgan barcha paketlar shu qurilma orqali yetib boradi.
Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish
mumkin.
Kompyuter va konsentrator o’rtasidagi aloqa uzilishi tarmoqning
qolgan qismi ishiga ta’sir etmaydi. Agar konsentrator ishdan
chiqsa tarmoq ishi to’xtaydi. Yulduz topologiyasi orqali lokal
tarmoqlarni ham bir-biriga ulash mumkin.
Yulduz topologiyasi ishdan chiqqan elementlarni qidirishda
qulay: kabel, taroq adapter yoki razyomlarning nosozligi oson
aniqlanadi. “Yulduz” “umumiy shina” dan yangi qurilmalarni
ulashda ancha qulaylik tug’diradi. Uzatish tezligi 100 va
1000Mbit/s tarmoqlar “yulduz” topologiyasi orqali qurilganini
ham hisobga olish lozim.

Agar “yulduz”ning markazida konsentrator joylashgan bo’lsa,
tarmoqning mantiqiy topologiyasi “umumiy shina”ga ozgaradi.
“Yulduz” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
“Yulduz” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
Yaratish va boshqarish soddaligi;
Tarmoqning yuqori ishonchliligi;
Tarmoq ichida uzatiluvchi ma’lumotning yuqori darajada himoyalangani (agar yulduzning
markazida kommutator joylashgan bo’lsa).
Asosiy kamchiligi – konsentratorning ishdan chiqishi butun
tarmoq ishini to’xtatadi.
Halqa topologiyasi (ring)
Halqali topologiyadann foydalanilganda tarmoqning hamma
kompyuterlari yagona halqasimon kabelga ulanadi. Paketlar
halqa bo’ylab bir yo’nalishda tarmoqqa ulangan
kompyuterlarning tarmoq platalari orqali uzatiladi. Har bir
kompyuter signalni kuchaytirib, halqa bo’yicha uzatadi.
Halqa topologiyasining markerli usulda tashkil etishni ko’rib
chiqamiz. Marker ikkilik razryadlarining boshqaruv
ma’lumotlaridan iborat ma’lum ketma-ketligini tashkil etadi.
Halqa topologiyasining markerli usulda tashkil etishni ko’rib
chiqamiz. Marker ikkilik razryadlarining boshqaruv
ma’lumotlaridan iborat ma’lum ketma-ketligini tashkil etadi.
Agar tarmoq qurilmasi markerga ega bo’lsa, unda ma’lumotni
tarmoqqa uzatish huquqi bo’ladi. Halqa ichida faqat bitta marker
bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatishga tayyorlanayotgan kompyuter
tarmoqdan markerni olib ma’lumotni halqa bo’ylab uzatadi. Har
bir kompyuter ma’lumotlarni keying kompyuterga uzatadi toki u
adresatga yetib bormaguncha.
Ma’lumotni qabul qilgan adresat uni yuborgan kompyuterga
axborot yetib kelganligini tasdiqlovchi xabar jo’natadi,
ma’lumotni jo’natgan kompyuter yangi marker xosil qiladi va
uni tarmoqqa uzatadi.
Mazkur topologiyani qo’llashning avzalliklari:
Mazkur topologiyani qo’llashning avzalliklari:
umumiy shinadan ko’proq hajmdagi ma’lumotlarga xizmat
ko’rsatadi;
har bir kompyuter takrorlovchi hisoblanadi: u signalni keying
kompyuterga uzatishdan avval uni kuchaytiradi va tarmoq
o’lchamlarini kengaytirish imkonini yaratadi;
tarmoqqa kirishda turli imtiyozlarni berish imkoniyati; yuqori
imtiyozga ega kompyuter markerni uzoqroq vaqt ushlab turishi
va ko’proq ma’lumot uzatishi mumkin.
Kamchiliklari:
tarmoq kabelining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan
chiqishiga ollib keladi;
istalgan kompyuter tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotlarni
olish imkoniga ega.
Yacheykali topologiya (mesh)
Bu topologiya har bir kompyuterni tarmoqdagi boshqa kom-
pyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda tutadi. Bu
usul ma’lumotlarni uzatishda qo’shimcha yo’llardan foydanalish
imkonini beradi.
Biror kabel ishdan chiqqanda ma’lumot boshqa yo’l orqali
uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom etadi.
Biror kabel ishdan chiqqanda ma’lumot boshqa yo’l orqali
uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom etadi.
Bunday topologiya global hamda bir necha uzoqlashtirilgan
tarmoqlarni optic tolali, ajratilgan yoki yo’ldosh aloqa liniyalari
orqali birlashtirishda qo’lla-niladi.
Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada bir nechta tarmoq
interfeyslari hamda ko’p hajmdagi kabellar talab etilgani uchun
qo’llanilmaydi.
Yacheykali topologiyaning avzalliklari:
Yacheykali topologiyaning avzalliklari:
katta ma’lumot oqimlari bilan samarali ishlash;
qo’shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori darajada barqarorligi;
yuqori darajadagi xavfsizlik; ma’umotlar oqimi uzatuvchidan to’g’ri qabul qiluvchiga uzatilib,
nazariy jihatdan ma’lumotni o’g’irlashning imkoni yo’q.
Kamchiliklari:
kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga bo’lgan talab;
tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi.
Aralash topologiya (hybrid)
Aralash topologiya o’zida ikki yoki undan ortiq topologiyani
birlashtiradi ba shu bilan tugallangan tarmoq tuzilmasini hosil
qiladi. Hozirda bu topologiya eng keng tarqalgan bo’lib,
ko’pincha yulduz-simon va shina topologiyasi birga qo’llanadi.
Bunda yulduz topologiyasiga ega bir nechta tarmoq bir shinaga
ulanadi.
Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech
qanday ta’sir ko’rsatmaydi, lekin agar markaziy component
(konsen-trator) ishdan chiqsa, tarmoqlar boshqa aloqa
qilolmaydi.
“Yulduz-halqa” topologiyasida kompyuterlar markaziy
komponentga yulduzsimon tarmoqdagi kabi ulanadi. Shu bilan
birga barcha kompo-nentlar tarmoq bilan halqa topologiyasi
bo’yicha birlashgan.
“Yulduz-halqa” topologiyasida kompyuterlar markaziy
komponentga yulduzsimon tarmoqdagi kabi ulanadi. Shu bilan
birga barcha kompo-nentlar tarmoq bilan halqa topologiyasi
bo’yicha birlashgan.
Avvalgi holatga o’xshash bu holatda ham tarmoqdagi biror kom-
pyuterning ishdan shiqishi tarmoq ishiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Bo’sh markerni uzatish usuliga ko’ra tarmoqning barcha
kompyu-terlari ma’lumot uzatishda teng imkoniyatga ega, bu
esa tarmoq ichidagi axborot oqimlarining soni ortishiga olib
keladi.
3D Torus topologiyasi
Zamonaviy yuqori tezlikdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish
ko’plab yo'nalishlarni qamrab oladi.
Bulardan biri – superkompyterlar.
Torus tarmoqlari eng yaxshi ishlaydigan superkompyu-terlarda
ishlatiladi.
Ularning ma'lum kamchiliklari bor, lekin ularning asosiy foydasi
– xarajat tejalishi, va bu ularni juda katta miqyosda
qo’llanilishini moslashtiradi.
Bundan tashqari, ba'zi hisoblash algoritmlarida hisoblash
tugunlari asosan o'zlarining eng yaqin qo'shnilari bilan ma'lumot
almashishadi va bu holda torus topologiyasi algoritm bilan
yaxshi mos keladi.
Torus misoli 12-rasmda keltirilgan.
3D Torus topologiyasi
Nazorat savollari
Lokal va global tarmoqlarning qangay tarmoqlar?
Bir rangli va ko‘prangli tarmoqlarni farqi nimada?
Qanday kompyuter tarmoqlarini qurish topologiyalari mavjud?
Tarmoq topologiyalarini afzalliklari va kamchiliklarini izohlab berin/
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |