davrlarini o'z ichiga olgan ikki qism G'arbiy Chjou (er.av XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou (er.av
VIII—III asrlar) ga bo'linadi. Sin sulolasi (er.av. Ill asr) o'rniga hukmronlik vaqti g'arbiy va
sharqiy davrlarga bo'linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot
talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat
qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo'yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo'ladigan
arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit
davriga to'g'ri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jezdavriga kiradi. Chun Syu davri
(er.av. VI—V asrlar) oxiridaqadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi.Qadimgi Xitoy tarixini
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimezoni asosida quyidagi davrlashtirishni ko'rish
mumkin:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. av. II ming
yillik).
2. Er. av. VIII—HI asrlarda qadimgi Xitoy.
3. Xitoyda birmchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. av. 221-207-yillar).
4. Qadimgi Xitoy I—III asrlarda.
Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko'p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mayjud.
Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy
yilnomalari, eng avvalo, Lu podsholigi davrida tuzilgan er. av. VIII—V asrlar voqealari
yoritilgan Chun Syu yilnomasi muhim ahamiyatga ega. Chun Syu matni bilan an'anaviy ravishda
uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufl Konfusiya nomi bog'lanadi. Yilnomalar bilan yaqin
bog'langan, eng avalo, Shan-shu (Shiszin-qo'shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy
tarixiy asarlari janridir.
Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so'zlari mavjud. Bizgacha yetib
kelgan Shan-shu matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi
boblari keyingi davrlarga oid. Eramizdan avalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar
paydo bo'ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o'rin tutadi. Ana shunday asarlardan bin
Sima Syanning (er. av. 105-90-yillar) Tarixiy yozishmalari edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida boy ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon
qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanlaydi.
Sima Syanning tarixnavislik usulidan Xan tarixi muallifi Gu Garbiy Xan (er.av. 206-yil)
sulolasining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi sulolalar tarixi
nomini olgan janr asoschisi bo'lgan. Xitoy tarixini arxeologik o'rganishda amalga oshirilgan
ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou
shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. Ill asr) topilgan.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o'ziga xos xususiyat: - Xitoy madaniyatining
boshqa qo'shni madaniyatlardan Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga bog'lab o'ta
qadimiylashtirish ajralib turadi. Xitoy tarixini o'rganishni o'rta asrlarda Yapon olimlan boshlab
berdilar Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o'rganildi. Mashhur xitoyshunos olim
Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarim shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi
hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o'rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa
erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima Syanning Tarixiy yozishmalarini tarjima qila
boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspero Qadimgi Xitoy nomli kapital asarini
yaratdi. AQSHda XX asrning 60-yillari oxirida Qadimgi Xitoy tarixini o'rganish xalqaro jamiyati
tashkil topdi. AQSHda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo'lgan olimlar o'rganadi.
Dostları ilə paylaş: