29
Spinoza g`oyalar tartibi, xuddi buyumlar tartibiga o`xshaydi, deb ko`rsatadi.
G.V.Leybnits, mexanistik qarash bilan psixikani noyob mohiyat, deb qarashni bir-
biriga aralashtirgan holda psixofizik parallelizm g`oyasini ilgari surdi. Uning fikricha
tana va jon o`z operatsiyalarini bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda bajaradi, lekin ular
o`rtasida nihoyatda nozik kelishuvchanlik mavjud. Ular bir-biriga bog`liq bo`lmay
yurayotgan, lekin bir vaqtni ko`rsatayotgan ikkita soat strelkasiga o`xshaydi.
X1X asrning oxiri XX asr boshlarida psixofizik muammoni mexanizm
yo`nalishida talqin qilish keng avj oldi. Bu oqim jon va
tanani bir xil elementdan
tashkil topgan, deb hisoblaydi.
Juda ko`plab asarlarda psixofizik muammolar, psixikani yuksak darajada
tashkil topgan materiyaning xossasi, ya`ni jonli mavjudot bilan tashqi dunyoning
o`ziga xos ta`siri natijasi sifatida qarash orqali tushuntiriladi. Psixofiziologiya va u
bilan bog`liq ko`pgina fanlarning tarmoqlarida psixik aktlar va ularning fiziologik
substratlarining bog`liqligi haqida boy ma`lumotlar to`plandi.
Sezgirlikni tajriba asosida o`rganishning ahamiyati
qanday?
Tashqi olam haqidagi bilimlar asosi sezgilardir.
Sezgi tashqi olamdagi
predmetlarning sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etish bilan ularning xossalarini inson
miyasida aks ettirilishidir. Sezgi qo`zg`atuvchining maxsus energiyasiga aylantirilishi
natijasidir.
Afferent tizim organizmning umumiy holatini ma`lum darajada aks ettirish
imkoniyatiga ega. eksperimental yo`l bilan bilinar-bilinmas sezgirlikni vujudga
keltiradigan qo`zg`atuvchining minimal kuchini aniqlash mumkin. Bu minimal
intensivlikni psixofizika asoschisi G.T.Fexner sezgi a`zolari sezgirligining absolyut
chegarasi bilan sezgi a`zolari sezgirligi o`rtasida teskari proportsional aloqa mavjud:
chegara qanchalik kichik bo`lsa, sezgirlik shuncha yuqori bo`ladi, deb ta`riflaydi.
Buni quyidagi, formula bilan izohlanadi;
RL
E
1
bu erda E - sezgirlik, RL - sezgirlikning absolyut chegarasi.
Inson sezgi a`zolari
yordamida qo`zg`atuvchilar o`rtasidagi farqni ham ajrata oladi. qo`zg`atuvchining
ikkita kuchi o`rtasidagi bilinadigan farq sezgirlikning farq qilish chegarasi, deb
ataladi. Farq qilish chegarasi DL bilan belgilanadi, u qanchalik yuqori bo`lsa, chegara
shunchalik past bo`ladi.
DL
Ed
1
Nemis fiziologi e.Veber X1X asrda eksperimental yo`l
bilan farq qilish
chegarasining kuchi nisbiyligi, qo`shimcha minimal qo`zg`atuvchi
R
dastlabki
qo`zg`atuvchining kuchiga nisbatan doimiy mikdor ekanligini isbotladi.
Const
R
R
Fexner sezgirlik intensivligining o`zgarishi fizik qo`zg`atuvchining kuchiga
bog`liqligini quyidagicha ifodalaydi:
r
c
Ed
log
.
?
30
bu erda Ed q farq qilish sezgirligi, s- konstanta , r - qo`zg`atuvchining kuchini ( R )
sezgirlikning absolyut chegarasiga nisbati ( RL ) ya`ni
RL
R
r
G.Fexner psixofizik qonunni quyidagicha ifodalaydi. sezgirlik kuchi
qo`zg`atuvchining absolyut qiymatiga emas, balki qo`zg`atuvchi kuchininng
logarifmiga proportsionaldir.
Sezgi qonuniyatlarini kuzatish orqali ham o`rganish
mumkinmi?
G.Fexner absolyut va farq qilish chegaralarini o`lchashning bir necha
metodlarini taklif kildi.
Bunday metodlardan biri minimal o`zgaruvchilar
yoki chegara metodi deb
yuritiladi.
Bu metodning mohiyati uning nomidan ko`rinib turibdiki, oldindan
tayyorlangan qo`zg`atuvchilar shunday berib boriladiki, ular bir-biridan minimal
darajada farq qilishini aniqlash mumkin bo`ladi. Qo`zg`atuvchi goh ortib, goh
kamayib boruvchi tartibda beriladi. Har bir turkum qo`zg`atuvchilar tartibi
javoblarning o`zgarishi bilan belgilanadi. («ha», «yo`q», «ko`ryapman»,
«ko`rmayapman»). Odatda sezgirlikni o`lchash kamayib boruvchi qo`zg`atuvchilar
berib borishdan boshlanadi. Qo`zg`atuvchining ta`siri
sezilmay kolguncha davom
ettiriladi. Ortib boruvchi qator uchun ham shunday tartibda o`tkaziladi. Tajribaning
har bir qismi 6 martadan 15 tagacha takrorlanadi. Sezgirlikning absolyut chegarasi
sifatida ularning o`rtacha arifmetik qiymati (M) olinadi.
N
EL
RL
bu erda RL - o`rtacha sezgirlikning absolyut chegarasi, L - har bir o`suvchi va
kamayuvchi qo`zg`atuvchilar qatorining chegara qiymati, N - qo`zg`atuvchilar
qatorining umumiy soni. Tekshiriluvchilar javoblarining variativligi o`rtacha
kvadratik chetlanish(
)yordamida aniqlanadi o`rtacha xatolar quyidagicha
aniqlanadi.
1
N
d
RL
bu erda - RL - dan o`rtacha arifmetik chetlanish, N - tanlanmalar soni.
Sezgirlik chegaralarini o`rganishda ko`proq qaysi metodga
asoslaniladi?
Sezgirlikning
absolyut
chegarasini
aniqlash
maqsadida
doimiy
qo`zg`atuvchilar yoki konstant metodidan ham foydalaniladi. Bu metodni
boshlashdan avval chegara zonasining diapazonini aniqlab olish kerak.
CHegara
zonasi, tekshiriluvchi qo`zg`atuvchini sezadigan yoki sezmay qoladigan intensivligi
zonasidir. Bu zona teng bir-xil toq bo`lgan intervallarga bo`linib olinadi. (5 dan 9
gacha). SHuning uchun ham qo`zg`atuvchilarning barcha kuchlari o`rtasidagi farq
doimo bir xildir.
Sezgirlikning farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida ham minimal
o`zgaruvchilar metodidan foydalaniladi. Farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida
dastlab etalon qo`zg`atuvchini ajratib olish kerak. Dastlab etalon qo`zg`atuvchi,
Dostları ilə paylaş: