1-Mavzu:
Falsafani fan sifatida.
Falsafa va dunyoqarash.
1:Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni
2:Falsafaning funksiyalari va tamoillari
3:«Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati
va tuzilishi
«Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidan olingan
bo‘lib, «Filio» – sevmoq va «sofos» – donishmandlik
so‘zlarining birikuvidan iborat.
Uning lug‘aviy ma’nosi – «donishmandlikni sevish»
demakdir.
Abu Nasr Forobiy o‘zining «Falsafaning ma’nosi va
kelib
chiqishi
haqida»
deb
nomlangan
asarida
«falsafa» atamasi yunon tilidan kelib
chiqqanligini tasdiqlaydi.
Falsafani tadqiqot obyekti
Tabiat,jamiyat,inson va uning tafakkuridir.
Falsafa tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi
eng umumiy bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni
borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik
asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va inson
tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonunlarini
o‘rganadi va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Falsafa bundan 3 ming yil ilgari fan sifatida paydo
bo‘ldi. Uning paydo bo‘lishida jamiyatdagi siyosiy,
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot muhim rol o‘ynadi.
Chunki, falsafa ijtimoiy ongning alohida o‘ziga xos
shakli sifatida jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy
hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni o‘zida
aks ettiradi.
Falsafa fan sifatida borliqni, ya’ni tabiat, jamiyat,
inson va uning tafakkuri taraqqiyotining eng
umumiy qonunlarini o‘rganadi. Bundan
kelib chiqqan holda falsafiy bilimlar doirasi ham
juda keng bo‘lib,ularning tarkibiga quyidagilar
kiradi:
a) ontologiya – borliq haqidagi qarashlar;
b) sotsiologiya – jamiyat haqidagi qarashlar;
v) gnoseologiya – borliqni bilish muammolari;
g) logika – inson tafakkuri qonunlari haqidagi
qarashlar tizimi.
Dostları ilə paylaş: |