64
Muammoli ta‘lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini
faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta‘lim texnologiyasi insonning fikrlashi,
muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda
uning muammolarni aniqlash,
tadqiq etish va yyechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli
ta‘lim o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda
jiddiy
ahamiyatga ega.
Muammoli ta‘limning bosh maqsadi — o‘quvchilarning muammoni to‘liq
tushunib etishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli
ta‘limni amaliyotda qo‘llashda asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan
bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish.
Muammoli ta‘lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni
o‘z ichiga oladi:
— o‘quv fani va darslar mavzusini o‘rgatishda ular bilan bog‘liq
muammoli
masalalarni belgilash;
— ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan
rejalashtirib borish;
— o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
— zarur o‘quv vositalarini tayyorlash;
— muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko‘rsatish;
— topshiriqni va uni yyechish uchun etarli shartlarni aniq bayon qilish;
— o‘quvchilarning muammoni hal etishda yo‘l qo‘yayotgan
xatolarini, ularning
sababini va xususiyatini ko‘rsatish;
— o‘quvchilarning noto‘g‘ri taxminlari asosida chiqargan
xulosalari oqibatini
muhokama etib, to‘g‘ri yo‘lni topishlariga ko‘maklashish va boshqalar.
Muammoli ta‘lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish.
2. Muammoni yyechish taxminlarini shakllantirish.
3. Yechimning to‘g‘riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni
tizimlashtirish orqali).
65
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:
1. Isbotlash — bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan
bog‘liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish — buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil
bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish — bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini tasdiqlovchi
sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: