«Hunarmand» uyushmasining aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik
faoliyati subyektlari;
WW
W
.SO
LI
Q
.UZ
«Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari - ular 25 yoshga to‘lguniga qadar ishlagan
davrda; dehqon xo‘jaliklari, shuningdek maydoni 4 sotixdan kam bo‘lmagan dehqon
xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol
yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy
shaxslar. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa
a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan
«Hunarmand» uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi, yuqorida
ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan qolgan shaxslar,
shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning
belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur
imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining
ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida
vujudga kelgan yoki
tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq
yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.