Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
* * * 
Savol: Dajjol Isbahondan chiqadi va unga yetmish ming yahudiy ergashadi (39-
raqamli hadis), deyildi. Ka’bul Ahbor rivoyatida esa, uning Misrdagi Qavs degan joyda 
tug‘ilishi aytilgan. Bu ikki rivoyat bir-biriga zid emasmi? 
Javob: Biz Ka’b rivoyatini sahih deb topadigan bo‘lsak, unda Dajjol Misrda tug‘ilib, 
Isbahondan chiqadi va unga shu yerlik yetmish ming yahudiy ergashadi. Axir Ibn 
Sayyod ham Madinada tug‘ilib, Isbahonga qochmaganmidi?! Uning Isbahonda qaerga 
yashiringanini hech kim bilmay qolgan edi-ku! 
Savol: Dajjolning Payg‘ambar zamonida Ibn Sayyod bo‘lib gavdalanishini qanday 
tushinmoq kerak? Bu yerda qanday hikmat bor? 
Javob: Biz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) faqat ochiq bir yetkazguvchi 
ekanliklarini, hech kimni o‘z ixtiyorlaricha hidoyatga yo‘llay olmasliklarini yaxshi bilamiz 
va bunga iymon keltiramiz. Shuningdek, shayton ham garchi hech kimni o‘zicha 
zalolatga botirib yubora olmasa-da, insonlarga gunoh-ma’siyatlarni imkon qadar chiroyli 
qilib, ziynatlab ko‘rsatuvchi xolos. Alloh taolo Muhammad alayhissalom ashoblarini shu 
Dajjol bilan imtihon qiladi. Toki iymoni kuchli zotlar o‘z iymonlarida yana-da kuchli 
o‘rnashsinlar! Qalblarida munofiqlik kasali bor kimsalar imtihondan yiqilib halokatga yuz 
tutsin! 
* * * 
Agar siz Ibn Sayyod haqidagi hadislarni diqqat bilan o‘rganib chiqsangiz, uning 
tug‘ilishi payg‘ambarlik zamoniga juda yaqin bo‘lganini ko‘rasiz. Ibn Sayyodning yashirin 
tarixi esa musulmonlar boshiga eng katta sinov-balo tushgan kunlarga to‘g‘ri keldi. 
O‘sha kuni hijrat hovlisi ansorlar yurti – Madinaga Shom qo‘shini bostirib kirdi va u yerda 
turli xunuk ishlarga qo‘l urdi. 
Ibn Sayyod mana shu kuni – Harra kunida g‘oyib bo‘lgan. 
Guyo Ibn Sayyod bu kunni ataylab kutganga o‘xshaydi. Musulmonlar boshiga fitna 
balosi ag‘darilganini ko‘rib, qalbi bir oz orom oldi va shu bilan kifoyalanib, ko‘zdan 
yo‘qoldi. Vallohu a’lam! 
Men hadislarni ko‘zdan kechirar ekanman, yana bir bor Umar (r.a.) qasamlarini 
ko‘nglimda tasdiqlayman. Darvoqe, Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Zar 
G‘iforiy va Abdulloh ibn Mas’udlar ham Umar (r.a.) bilan bir xil fikrda bo‘lishgan. 
Dajjol Qizil dengiz bo‘yidagi orollardan birida kishanlab qo‘yilgan. Dajjol Ibn Sayyod 
qiyofasida Madinaga «tashrif buyurgan». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
yuborilgan o‘sha vaqtlarda u ham payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqdi. Ashobi kiromlarni 
fitna domiga tortishga urindi. Lekin Alloh taolo mo‘minlarni uning yomonligidan omon 
saqladi. Dajjol Islom g‘olib bo‘lgach, boshqa yahudiylar kabi shahardan quvilmaslik 
uchun o‘zini musulmon qilib ko‘rsatdi. Musulmonlar orasiga fitna urug‘ini sochishda 
uning qanchalik xizmat ko‘rsatgani yolg‘iz Allohga ayon! Usmonning (r.a.) o‘ldirilishidan 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
boshlab Harra kuniga qadar barchasi uning fitnalaridir. So‘ng u Harra kunida izsiz 
yo‘qoldi. 
Mazkur dalillarga suyanib men ana shunday xulosaga keldim. Yana Allohning O‘zi 
bilguvchiroqdir! 
Butun olamlar Parvardigoriga hamdlar bo‘lsin! 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin