www.ziyouz.com kutubxonasi
42
– Sizlarni o‘ylab (Dajjol emas), boshqa narsa meni xavotirga solyapti. Agar u (ya’ni,
Dajjol) men orangizda ekanimda chiqsa, o‘zim sizlarning qarshingizda turib, hujjat
keltiruvchi bo‘laman. Agar mening yo‘qligimda chiqsa, unda har kim o‘ziga o‘zi hujjat
keltiruvchi bo‘ladi. Barcha musulmon ustida Alloh xalifadir! U (Dajjol) sochi jingalak,
ko‘zi so‘nuk bir yosh. Men uni Abdul Uzzo ibn Qattonga o‘xshataman. Qay biringiz
Dajjolga yetsa, unga Kahf surasining boshlarini o‘qisin. Dajjol Shom bilan Iroq
oralig‘idagi bir joydan chiqadi. O‘ngu so‘lga fasod tarqatishga kirishadi. Ey Allohning
bandalari, sobitqadam bo‘lingiz!
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! U yer yuzida qancha vaqt turadi, – deb
so‘radik.
– Qirq kun, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). – Bir kuni yildek, yana
bir kuni oydek, yana bir kuni haftadek bo‘ladi. Qolgan kunlari odatdagi kunlaringiz
kabidir.
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), o‘sha yildek bo‘ladigan kunda bir kunlik
namoz bizga kifoyami?
– Yo‘q. Uning miqdorini belgilanglar.
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Dajjolning yer yuzida tezligi qanday
bo‘ladi?
– U xuddi shamol haydayotgan yomg‘irdek (bulutdek) yuradi. Bir qavmning oldiga
kelib, da’vat qiladi. Qavm Dajjolga iymon keltirib, da’vatiga ijobat qiladi. Dajjol osmonga
buyurib, yomg‘ir yog‘diradi, yerga buyurib, o‘simlik o‘stiradi. Qavmning mol-hollari
kechqurun qorinlari o‘tga, yelinlari sutga to‘lib qaytadi. So‘ng Dajjol yana boshqa bir
qavm oldiga keladi. Bu qavm uning da’vatini qabul qilmaydi. Dajjol ularning oldidan
ketadi. Qavm bor-budidan ayrilgan holda tong ottiradi. Ularning qo‘lidan hech narsa
kelmaydi. Dajjol bir xaroba yonidan o‘tayotib unga: «Xazinalaringni chiqar», deya
buyruq beradi. Shunda xuddi arilar o‘z boshliqlarining atrofiga yig‘ilganidek, xaroba
xazinalari uning oldiga to‘planadi. So‘ngra Dajjol bir yosh yigitni da’vat qiladi. Haligi
yigitni qilich bilan urib, qoq ikkiga bo‘lib tashlaydi. Keyin uni (bo‘laklangan yigitni)
chaqiradi. Yigit unga yuzlanadi. Yuzi yorishib kulib yuboradi. Mana shu paytda Alloh
taolo Masih ibn Maryamni yuboradi. Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning
oq minorasi yoniga ikkala kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv
tomchilari) tomchilaydi. Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar
sochiladi. Isoning nafasini sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan
joyga yetadi. Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi yonida quvib yetib o‘ldiradi. So‘ng
Iso alayhissalom Alloh (Masih fitnasidan) ma’sum saqlagan qavm oldiga keladi. Ularning
yuzini mash etadi va jannatda erishajak darajalari haqida so‘zlab beradi. Shunda Alloh
taolo Iso alayhissalomga quyidagicha vahiy qiladi: «Darhaqiqat, men shunday bir
bandalarni chiqardimki, hech kim ularni o‘ldirishga qodir emas. Bandalarimni Tur tog‘iga
olib chiqib ket». So‘ngra Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarni yuboradi. Ular har bir
tepalikdan bosh ko‘taradilar. Ya’juj va Ma’jujlarning avvalidagilar Tabariya ko‘li yonidan
o‘tayotib, uning suvini ichib qo‘yadi. Oxiridagilar ko‘l oldiga kelib: «Ko‘lda suv bor edi»,
deyishadi. Ular Iso alayhissalom va uning ashoblarini o‘rab olishadi. Shunda Iso
ashoblariga hatto ho‘kizning boshi bugun sizlardagi yuz dinordan ham yaxshiroq bo‘lib