Foydalanilgan adabiyotlar 1. Aliqulova N. Adabiyot o‘qitishda adabiy tahlil masalalari // Til va adabiyot ta’limi, 2018, 3-son.
2. Todorov T. What is literature for? // New literary history 38.1, 2007, p. 13.
3. Narqo‘ziyeva G. Ta’lim psixologiyasi va ta’lim psixologiyasining zamonaviy tendensiyalari // Fan va ta’lim, 2020.
4. Shikarimova K.A. Pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratning ta’lim berishdagi ahamiyati // Fan va ta’lim (maxsus
2-son), 2020.
Qadim asrlardan beri jahon va о‘zbek adabiyotida folk-
lordan foydalanib kelinadi. Bu jarayon turli davrlarda turli-
cha kechgan. Xususan, о‘zbek yozma adabiyoti folklordan
janr, sujet, vazn va qofiya qо‘llashni о‘zlashtirgan bо‘lsa-da,
ma’lum qonuniyatlar asosida uyg‘unlashib, badiiy jihatdan
taraqqiy etgan. Shu tariqa mif, afsona, rivoyat va boshqa
kо‘plab folklor janrlarining о‘zbek she’riyatiga ta’sir doirasi
kengaygan. Alla, yor-yor kabi folklor janrlari istiqlol davri
о‘zbek she’riyatiga ham kо‘cha boshladi. Bu esa, mazkur
davr she’riyatida folklorizmning yangi kо‘rinishlarini paydo
qildi.
“Folklor” va “folklorizm” atamalari orasidagi farqni ilk bor
adabiyotshunos Bahodir Sarimsoqov ilmiy asoslab berdi:
“
Biror ijodkor asariga biror maqsad bilan kiritilgan folklorga
xos barcha materialni folklor deb emas, balki folklorizm at-
amasi bilan yuritish lozim, chunki unga ijodkor tomonidan
muayyan bir ishlov berilgan bо‘ladi
” [1: 86]. Demak, badi-
iy adabiyot bilan folklor о‘rtasidagi ijodiy aloqa о‘ziga xos
an’ana bо‘lib, ma’lum estetik qonuniyatlar doirasida kech-
adigan jarayondir. Bu ijodiy aloqalar natijasida badiiy ijodda
yuzaga kelgan sujet va obrazlar, mavzu va badiiy detallar
badiiy adabiyotga, xususan, she’riyatga kо‘chib, ijodkorning
badiiy niyati, individualligi va poetik iqtidoriga bog‘liq holda
talqin qilina boshlagan.
Biz ushbu maqolada she’riyatda folklorizm mavjudligini
badiiy modifikatsiyasining bir turi sifatida isbotlashga urind-
ik. Zero, rus adabiyotshunosligida badiiy adabiyotda (nasr,
nazm) folklor unsurlarining mavjudligi modifikatsiyaning bir
kо‘rinishi sifatida qaraladi: “Yozuvchining ijodiy evolutsiya-
si folklor unsurlari bilan chuqur va fundamental bog‘langan
bо‘lib, shakl va mazmun folklor elementlari bilan boyib bora-
di hamda janr modifikatsiyasini yuzaga keltiradi” [2: 23].
Bundan tashqari, tadqiqotchi Nilufar Sultonova “Adabiyotda
modifikatsiya jarayoni” maqolasida folklorizmning badi-
iy adabiyotda mavjudligi modifikatsiyaning bir kо‘rinishi
ekanligini qayd etadi: “Rus tilida ijod qiladigan yoqut yozu-