foydalanish huquqiga ega» deyilgan.
7
Ushbu vazifalar korxonalarda hodimlarga
tibbiyot xizmati hech bir cheklanishlarsiz, turli-tuman tibbiy xizmatlarni tashkil
etilishi, o‘zlarining davolash muassasalariga ega bo‘lishlari va ishchilarning
malakali tibbiyot xizmatidan foydalanishlariga imkoniyat yaratadi.
Yurtimiz fuqarolarning mehnati muhofazasi O‘zbekiston Respublikasining
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonuni,
Mehnat Kodeksi, vazirlar
mahkamasining
«Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar
salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida
Nizom» vaboshqa meyoriy hujjatlarda turli davlat standartlari va ko‘rsatmalari
asosida huquqiy jihatdan asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi”da(8-24- moddalar)
hodimlarning mehnat muhofazasi, muhofaza talablariga to‘g‘ri rioya qilish, xavfsiz
sharoitlarni ta’minlash, muhofaza xizmatlari va ijtimoiy sug‘urta, me’yoriy
hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari keng o‘rin olgan.
Korxonalarning hayot xavfsizligi yong‘in xavfsizligini, avariya holatlarini oldini
olish, ishchi-xodimlarning salomatligini ta’minlash kabi masalalarni o‘z ichiga
oladi.
Amaldagi qonunchilikda
ayollarning mehnati, ularning muhofazasini
ta’minlash masalasi alohida o‘rin egallaydi Ayollarning oiladagi mavqeni hisobga
olinib ular uchun alohida imtiyozlar belgilangan. Ayollar sog‘ligiga zarar
keltiradigan ishlarga ayollarni jalb qilish ta’qiqlangan. Ayollarning zaharli
moddalar ajralishi bilan bog‘liq bo‘lgan, er osti va boshqa ishlarda ishlashlariga
yo‘l qo‘yilmaydi.Homilador va emizuvchi ayollarga maxsus sharoitlar yaratiladi.
Bunday ayollarni va 8 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarni , dam olish kunlaridan
ishlarga jalb qilish va xizmat safarlariga yuborish taqiqlanadi.Korxona ma’muriyati
bunday ayollarni tibbiyot hakamlari xulosasiga asosan, o‘rtacha
ish haqini
saqlagan holda engil ishlarga jalb qilishi kerak. Ayollarga tug‘ish oldidan va
tuqqandan keyin 56 kalendar kundan haq to‘lanadigan dam olish kunlari
7
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: “Ўзбекисто
н”, 2012
belgilangan. Sanoat mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarida ishlovchi
ayollar uchun maxsus xonalar (bola emizish xonalari, dush xonalari va shaxsiy
gigiena xonalari) tashkil qilinadi.
Mehnat qonunchiligida o‘smirlar
mehnatidan tunggi ishlarda, ishdan keyin
qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida foydalanish qatiy taqiqlanadi.
Qonunchilikda 18 yoshga to‘lmagan o‘smir bolalarga faqat 16 kg gacha, qizlarga
esa 10 kg gacha bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishlari ko‘zda tutilgan.
O‘smirlar ishga qabul qilinayotgan vaqtda albatta tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishlari
shart. O‘smir bajarayotgan ish, uning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani
sezilsa, u darhol xavfsiz va engilroq ishga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi talablari bo‘yicha har bir korxona
o‘z ishchi va xizmatchilariga ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
tadbiriy choralarni ishlab chiqishi kerak. Hodimlarning mehnat xavfsizligi borasida
yo‘l qo‘yilgan har qanday kamchiliklar uchun korxona ma’muriyati jarimaga
tortiladi.
Xulosa
Bugun O‘zbekistonda barcha sohalarda
katta-katta islohotlar, o‘zgarishlar
ro‘y bermoqda. Bu iqtisodiyot sohasi bo‘ladimi, ijtimoiy soha bo‘ladimi, qishloq
xo‘jaligi bo‘ladimi umuman barchasi birdek, jadal o‘sib kelmoqda.
Parrandachilik sohasida xam katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda
faoliyat yuritayyotgan korxonalar soni ham kopayib bormoqda hamda ularning
faoliyati kengayib bormoqda bu borada respublikamizda ushbu faoliyat bilan
shug‘ullanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishimdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,
iqtisodiyotimiz rivojlanishining bugungi bosqichida ishlab chiqarish faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi korxonalar muhim o‘ringa ega hisoblanadi.
Bugungi kundagi
mamlakatimizning iqtisodiyotida rivojlantirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish
sub’ektlari samaradorligini yanada yaxshilash kerak.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimni “Samarqand parranda ” AJ misolida yozdim.
“Samarqand parranda” AJ da bitiruv malakaviy ishni bajarish natijasida nazariy
bilimlarimni korxonaning buxgalteriya malumotlari bilan mustahkamladim.
Buxgalteriya hisobi va auditni o‘rganishda bitiruv malakaviy ishimni o‘rni muhum
ahamiyat kasb etdi.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida menga berilgan vazifalarni
bajarish natijasida nazariy olgan bilimlarimni hisob va audit hisobotlarida aks
ettirilishini yana bir bor o‘rganib chiqdim.
“Samarqand parranda” AJ ning asosiy faoliyati buxgalteriya hisobini
o‘rgangan holda xarajatlar hisobi bo‘yicha ba’zi kamchiliklar borligini e’tirof
etishimiz kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
quyidagi takliflar ishlab
chiqildi:
Dostları ilə paylaş: