Aerodinamika



Yüklə 68,25 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.05.2023
ölçüsü68,25 Kb.
#114064
Aerodinamika - Vikipediya



Aerodinamika
Aerodinamika (aero… va dinamika) — 
Gidroaerodinamikainig
havoning harakat qonunlarini va
jismlar sirtida vujudga keladigan kuch qonuniyatlarini hamda jismlarning havoga nisbatan
harakatini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy masalalaridan biri — uchish apparatlariga taʼsir etuvchi
aerodinamik kuchlarni hisoblash usuli bilan ularning loyihasini ishlab chiqish. 
Aviasiya
rivojlanganligi tufayli Aerodinamika mustaqil fan sifatida 20-asr boshlarida vujudga keldi.
Samolyot qanotining koʻtarish kuchini, 
samolyot
va uning detallari aerodinamik qarshiliklarini,
havo vintining tortish kuchini hisoblash usullari nazariyasini ishlab chiqish va yaratish talab
qilinadi. Qanotning koʻtarish kuchini hisoblash-ga imkon beruvchi nazariyani 20-asr boshlarida
Rossiyada K. E. Siolkovskiy, N. YE. Jukovskiy va S. A. Chapligin, 
Germaniyada
 V. Kuttoy, Angliyada
F. Lanchester ishlab chiqishgan. Uchish nazariyasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda aerodinamik
laboratoriyalar qurila boshlandi. Vujudga keladigan masalalarni echish usuliga koʻra Aerodinamika
nazariy va tajriba Aerodinamikalariga boʻlinadi. Nazariy Aerodinamikada gidroaerodinamikaning
asosiy qonunlari tenglamalar shaklida nazariy taxlil qilinadi. Tajriba Aerodinamikasida harakatning
aylanish qonunidan keng foydalaniladi. Shunga muvofiq v tezlik bilan harakatlanayotgan jismga
taʼsir etuvchi kuch qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan shu jismga taʼsir etuvchi va shu v tezlikda
havo oqimini haydovchi kuchga teng boʻladi.


Aviasiya
va 
raketa
 texnikasining rivojlanishi munosabati bilan yangi fanlar — giper tovush
tezliklari Axi, siyrak gaz Aerodinamikasi va kosmik Aerodinamika vujudga keldi. Aerodinamika
natijalaridan qitʼalararo raketalar, yer sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik kemalarni loyihalash va
yaratishda, issiqlik texnikasi, 
kimyo sanoati
va b.da foydalaniladi.
Sanoat Aerodinamikasida havo haydagichlar, shamol dvigatellari, oqimli apparatlar (ejektorlar),
shamollatish texnikasi (xususan, havo kondisioneri)ni hisoblash bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek
erdagi transportlar (avtomobillar, poezdlar) harakatida vujudga keladigan aerodinamik kuchlar
bilan, bino va inshootlarga shamolning taʼsiri bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqiladi
[1]
.
Traektoriya
Prandtl—Gloert Effektі


Soʻnggi tahrir 1 oy avval Ts12rAc tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000yil
Современные проблемы аэрофизики (http://psj.nsu.ru/lector/fomin/)
«Аэродинамика» (http://www.tvkultura.ru/news.html?id=657650&cid=10524)
Лекция
Юрия Рыжова из цикла 
ACADEMIA
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Aerodi
namika&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Aerodinamika&oldid=2192491

dan olindi
Manbalar
Havolalar

Yüklə 68,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin