Intellektual tizimlar


Mantiqiy xulosalarni chiqarish teskari fikrlash zanjiri (TskFZ)ni



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/99
tarix16.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#114507
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Intellektual tizimlar

 
3.3. Mantiqiy xulosalarni chiqarish teskari fikrlash zanjiri (TskFZ)ni 
mexanizmi. 
 
TskFZ mexanizmi 
“An-1 An” ,“An-2 An-1”, ... ,“A1 A2” 
produktsion qoidalarni shart va oqibatlarni qullash va tahlillash ketma-ketligi yo‘li 
bilan paydo bo‘lgan xolat (xulosa, oqibat)ni sabab(shart)larni aniqlashdan iborat. 
Shunday qilib, TskFZ mexanizmi induktiv xulosa chiqrish 
Ai-1

Ai 
Ai - to‘g‘ri 
Ai-1 - to‘g‘ri 
ketma-ketligini (modus tollens qoidalardan foydalanib) amalga oshiradi. 
 
TskFZ ishlashini umumlashtirilgan algoritmi
1. 
Tadqiqot ob'yektni belgilaydiganAi 

M xolat va Ai-1

Ai qoidalar
to‘plamini shakllantirish. 
2. 
Dastlabki paydo bo‘lgan xolat qiymati (An)ni aniqlash, BBda unga oid xulosa 
qismida An qiymati mavjud bo‘lgan oxirgi (An-1

An) qoidani topish. 
3. 
Bu qoidani shart qismini teskari yo‘nalishda taxlillash va uni (An-1) qiymatini 
topish. U paydo bo‘lgan An xolatni birinchi sababi va yangi An-1 xolat sifatida 
chiqarish. 
4. 
Teskari yo‘nalishda xulosa qismida yangi An-1 xolati mavjud bo‘lgan qoidani 
BBda topish va uning shart qismdagi An-2 qiymatni An-1 xolatni sababi va yangi 
xolat sifatida chiqarish. 
5. 
2-5 pp. protseduralarni BBda mavjud bo‘lgan dastlabki xolat bilan ketma-ket 
ravishda bog‘langan barcha qoidalarni ishlatib bo‘lmaguncha yoki yangi qoida 
uchrashmaguncha takrorlash.. 
6. 
Xulosa chiqarish yo‘lini tashkil etadigan topilgan A1, A2,...,An-1 qoidalar 
ketma-ketligini xar bir xulosasi umumiy yakuniy xulosa chiqarish qoidani AGAR 
qismining o‘zgaruvchanlarning biri bo‘ladi. Ular “I” mantiqiy bog‘lami bilan 
mujasamlashtiriladi. 


30 
7. 
Topilgan umumiy yakuniy xulosa chiqarish qoidani U XOLDA qismiga 
dastlabki (An) xolat qiymati o‘tkaziladi. 
Yakuniy xulosa chiqarish qoidani ko‘rinishi: AGAR An-1 i An-2 i … i A1 , U 
XOLDA An . 
Misol: “Avtomobil joydan qo‘zg‘almayapti”. Uning sabablarini aniqlash 
kerak. Bu uchun quyidagi qoidalardan foydalanamiz: 
1-qoida: AGAR akkumulyator o‘tirib qolgan bo‘lsa(A1), U XOLDA starterga tok 
berilmaydi (A2) . 
2-qoida: AGAR starterga tok berilmasa (A2) , U XOLDA motor yurgizib 
yuborilmaydi (A3). 
3-qoida: AGAR motor yurgizib yuborilmasa (A3), U XOLDA avtomobil joydan 
qo‘zg‘almaydi (A4). 
Ko‘rilayotgan dastlabki (A4) xolat 3-qoidani xulosa qismida mavjud. 
Shuning uchun fikrlashni shu qoidadan boshlab, shart qismdagi A3 xolat A4 oqibati 
sababi sifatida chiqariladi. Keyin xulosa qismda A3 qiymati mavjud bo‘lgan qoida 
qidiriladi va natijada 2-qoida topiladi. Bu qoidani shart qismidagi A2 qiymat A3 
oqibati sababi sifatida chiqariladi. Bundan keyin xulosa qismda A2 qiymati mavjud 
bo‘lgan 1-qoida topiladi. Uning shart qismidagi A1 qiymat A2 oqibati sababi 
sifatida chiqariladi. Keyingi qidiruvlar BBda A1 (hamda A2, A3 va A4) qiymatlarni 
argument sifatida o‘z ichiga olgan qoidalar yo‘qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun bu 
yerda TskFZ prtseduralari yakunlanadi va ko‘rilayotgan paydo bo‘lgan xolatni
dastlabki sababi - ”Aakkumulyator o‘tirib qolganligi” bo‘ladi. 
Yakuniy qoidani ko‘rinishi: 
AGAR motor yurgizib yuborilmasa (A3) 
BA starterga tok berilmasa (A2) 
BA akkumulyator o‘tirib qolgan bo‘lsa(A1),
U XOLDA avtomobil joydan qo‘zg‘almaydi (A4). 
Bu yerda A3 sharti A1 va A2 shartlarini oqibati sifatida ko‘riladi. Ya’ni A3 
oraliq xulosa sifatida yakuniy A4 xulosani chiqarishga asos bo‘ladi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin