kumir va kon-ma’dan sanoatidagi tozalash zaboylarida, o’rmon yog’ochi tayyorlashda). U brigada bo’lib
xizmat ko’rsatishda, yirik agregatlarni apparat va mexanizmlarni kuzatish va nazorat qilishda ham
maqsadga muvofiqdir.
Mehnatga haq to’lashning mazkur tizimida ishchilarning ish haqini hisoblash butun brigada uchun
mo’ljallangan umumiy jamoa narxlarini tatbiq etgan holda amalga oshiriladi (bunda brigada ichida
qat’iy, barqaror mehnat taqsimoti bo’lmaydi) yoki yakka tartibdagi ishbay narxlarni tatbiq etgan holda
amalga oshiriladi (bunda brigadada ishchilarning mehnati qat’iy taqsimlangan bo’ladi). Birinchi holda
brigada tomonidan bajarilgan ish hajmi, ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun umumiy jamoa narxi
asosida umuman brigadaning ish haqi belgilanadi, keyin esa bu ish haqi uning a’zolari o’rtasida
taqsimlanadi. Ikkinchi holda har bir ishchining mehnatiga u bajargan ma’lum bir ish turiga qarab
belgilanadigan narxlar bo’yicha haq to’lanadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga olish
umuman brigada ishlab chiqargan pirovard mahsulot miqdoriga qarab olib boriladi.
Umumiy jamoa narxlarini aniqlashning ikkita varianti mavjud bo’lishi mumkin. Birinchi variantda
brigada a’zolarining kundalik tarif stavkalari summasi brigadaning smenada ishlab chiqargan mahsuloti
normasiga bo’linadi:
n
I
R
x
- I
c
T
i
• —
t
-1
Dostları ilə paylaş: