O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Tushunchani ta’riflang. 
2. Tushunchalar uchun ko‘rsatilgan quyidagi belgilarning qaysi biri muhimligini 
aniqlang: 
2.1. talonchilik – belgilari: o‘zganing mulkini talon-taroj qilish, ochiqdan-ochiq 
kechasi sodir etilganligi, zo‘rlik ishlatish orqali, pana joyda, fuqaro S.ni talon-taroj 
qilganligi; 
2.2. Aristotel – belgilari: qadimgi grek mutafakkiri, mil. old.384 yilda tug‘ilgan, 
Aleksandr Makedonskiyning ustozi, mantiq fanining asoschisi, Afinada o‘zining 
shaxsiy maktabini tashkil qilgan. 
3. Quyidagi tushunchalarni umumlashtiring: 
– «xonadon o‘g‘irligi», «kriminalistika», «IIV Akademiyasining 1-bosqich 12-
guruh tinglovchisi». 
4. Quyidagi tushunchalarni chegaralang: 
– «fan», «jinoyat», «huquq», «davlat», «inson». 
5. Berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini tekshiring: 
5.1. tushuncha – narsa haqidagi fikr; 
5.2. qonun – insonning xatti-harakatini tartiblashtirishga qaratilgan qoida; 
5.3. advokat – jinoiy ish bo‘yicha sudda himoyachi sifatida ishtirok etuvchi 
shaxs; 
5.4. falsafa – ijtimoiy fan. 
6. Quyidagi misollarda bo‘lish amallarining to‘g‘ri bajarilganligini tekshiring: 
6.1. huquq normasi – gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan iborat; 
6.2. koinot jismlari – yulduz, sayyora, oy va boshqalar; 
6.3. jinoyatlar qasddan sodir etilgan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, harbiy va 
xo‘jalik jinoyatlariga bo‘linadi; 
6.4. hukmlar ayblovchi, oqlovchi va asoslanmagan hukmlarga bo‘linadi.
7. Keltirilgan tushunchalarning hajmiga ko‘ra turlarini aniqlang:
«Toshkent shahri», «jinoiy javobgarlik», «militsioner», «armiya», «brigada», 
«yulduz», «avtotransport o‘g‘irligi», «ajina», «alvasti», «farishta».
8. Keltirilgan tushunchalarning mazmuniga ko‘ra turlarini aniqlang: 
«tadbirkor», «adolat», «vijdon», «janub-shimol», «jinoyat-jazo», «millatchi», 
«aqlsiz», «jonli hujayra», «haykaltarosh».
58


9. Quyidagi tushunchalar o‘rtasidagi munosabatni Eyler doirasida ko‘rsatib 
bering: 
9.1. huquqbuzar (A), balog‘at yoshiga yetmagan (V); 
9.2. bosh prokuror (A), prokuror (V), huquqshunos (S); 
9.3. qonuniy (A), qonuniy emas (A emas); 
9.4. do‘stlik (A), dushmanlik (V).

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin