hukmlar chin bo‘lsa, unga bo‘ysunuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo‘ladi.
Masalan, «Har qanday huquqiy munosabatlar huquq normalari orqali
tartibga solinadi» degan fikr to‘g‘ri bo‘lsa, «Ayrim huquqiy munosabatlar
ham huquq normalari orqali tartibga solinadi» degan fikr ham to‘g‘ri
bo‘ladi. Agar umumiy hukm xato bo‘lsa, juz’iy hukm ham xato bo‘ladi.
Juz’iy hukmlarning (I, O) to‘g‘riligidan umumiy hukmlarning
to‘g‘riligi kelib chiqmaydi. Masalan, «Ba’zi tinglovchilar a’lochilardir»
degan hukmda «Hamma tinglovchilar a’lochi» degan hukmning to‘g‘riligi
kelib chiqmaydi.
Umumiy hukmning (A, YE) xatoligidan juz’iy hukmning (I, O)
xatoligi kelib chiqmaydi. Chunki umumiy hukm xato bo‘lsa, juz’iy hukm
ham to‘g‘ri, ham xato bo‘lishi mumkin. Masalan, «Barcha
tinglovchilar
chet tilini a’lo darajada biladi» degan xato fikrdan «Ba’zi tinglovchilar
chet tilini a’lo darajada biladi» degan to‘g‘ri fikrga o‘tish mumkin.
Qisman mos kelish munosabati. Sifat jihatidan farq qiluvchi juz’iy
hukmlar (I, O) o‘rtasida qisman mos kelish munosabati qam mavjuddir.
Bunda fikrlar birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, biroq birdaniga xato
bo‘lishi mumkin emas. Masalan, «Ba’zi o‘simliklar zaharlidir» (I). «Ba’zi
o‘simliklar zaharli emas» (O). Bu hukmlarning ikkalasi ham to‘g‘ri, biroq
xato emas.
Dostları ilə paylaş: